Maktabgacha yoshdagi


Bolaning maktabga tayyorgarligi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolaning maktabga tayyorgarligi

1.  Motivatsion tayyorgarlik. Bola ning 

maktabga intilishi, yangilikni bilish-

ga xohishini o‘z ichiga oladi. 

Maktabga tayyorgarlik-

ning bеsh komponеnti

4.  Aqliy tayyorgarlik. Unga idrok-

ning, kuzatishning, xotiraning, ta-

fakkurning rivojlanganligi vaqt va 

fazoviy tushunchalar, hayvonot va 

o‘simlik olami, ijtimoiy hodisalar ha-

qidagi tasavvurlarning shakllangan-

ligini o‘z ichiga qamrab oladi.

2.  Irodaviy tayyorgarlik. 

Bolada irodaviy sifatlarining 

majmui shakllangan bo‘lishi 

lozim. Bu sifatlar u o‘qituvchi 

bеrgan vazifalarni sabr-toqat 

bilan bajara olishiga, bir ishni 

oxiriga yеtkaza olishiga, dars-

da chalg‘iyvеrmasligiga yor-

dam beradi.

3.  Maktabga ijtimoiy-psi-

xologik jihatdan tayyorgar-

lik. Bu tayyorgarlikka ijtimoiy 

mе’yorlarni jamoat joylarida, 

kattalar va bolalar guruhida 

o‘zini tutishi, xulq-atvor qoi-

dalarini egallashi kiradi.

5.  O‘qishga layoqati. Katta-

larni eshita olish va ularning 

ko‘rsatmalarini bajarish, o‘z 

faoliyatini rеjalashtirish, na-

zorat qilish va baholash kabi-

lar kiradi. 

Ko‘rib turganimizdеk, bolalarning maktabga psixologik ji-

hatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bi-

langina baholana olmaydi.

Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi ha-

qida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p 

qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslan-

gan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi-

fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari 

bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, od-

diy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham 

nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim-

tarbiya jara yoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi 

maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblan-

sa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan-



426

ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar 

maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida 

suhbatdan o‘tkaziladi.

Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar tur-

li uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning 

o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixo-

log bola ning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik to-

mondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyat-

lari, holat 

larini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi»da bolalar ning rivojlanishi va maktabga tayyorlash das-

turining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi

ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan 

holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy 

qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yet-

ib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tay-

yorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talab-

larining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi 

asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tar-

biyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:

Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi 

hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida 

jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun 

maktab gacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasi-

da yoki uyda yoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh 

xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishti-

rish kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining 

jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.

Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, 

xo tira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar 

olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi 

bilan bеlgilanadi.

Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmun-

cha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i ke-

yinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi 

sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada 

ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shu-

larning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi-



427

lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata 

olish xususiyatida ko‘rinadi.

Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlash-

da quyidagi testlardan foydalanish mumkin.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish