Darija kiri



Download 241,98 Kb.
bet1/7
Sana20.09.2021
Hajmi241,98 Kb.
#180209
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
matematika 2


Mavzu:1-sinf o’quvchilarida asosiy matematik tushunchalarni shakllantirish metodlari

MUNDARIJA

Kirish

I bob Matematika darslarining pedagogik tamoyillari

1.1 1-sinflarda matematika darslariga qo’yiladigan pedagogik talablar

1.2.1-sinf o’quvchilarni bilish qobilyatlarini rivojlantirish usullari

II bob. Didaktik o’yinlar va ularga qo’yiladigan talablar

2.1. Matematik o’qitishning didaktik tamoyillari



2.2. O’quvchilarga matematika fanini o’qitishda didaktik o’yinlardan foydalanish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish.

Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo’naltirilayotgan yillik harajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotgani va bu sohaning davlat byudjeti harajatlaridagi ulushi 35 foizdan ziyod ekani, bunday ko’rsatkichlarni dunyoning boshqa davlatlarida kamdan-kam uchratish mumkinligi bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YUNISEF, YUNESKO va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e‟tirof etilmoqda.Hozirgi kunda yuz berayotgan ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar, xalq ta‟limi tizimida bo'layotgan O'zgarishlar “Ta‟lim to'grisida” gi qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko'rsatib o'tilganidek, hamda har bir boshlang‟ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda. “Bugungi kunda ta‟lim tizimiga qo’yilgan talablar mustaqil fikrlay oladigan, milliy merosimizni qadrlaydigan, ijodkor, ahloqli, har tomonlama kamol topgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirishda bo’lib, hozirgi zamon o’qtuvchisidan tinmay ijodiy izlanishni, o’qishga yangicha munosabat va fidoyilikni talab etadi. Boshlang‟ich sinf o’qtuvchisi dars jarayonida, darsdan tashqari mashg‟ulotlarda, matematika to’garaklarida, turli kechalar, uchrashuvlar, qiziqarli mavzular yoki mashhur olimlarning ijodi, faoliyatiga bag‟ishlab turli tadbirlar tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir. Bular bilan bir qatorda o’qituvchi dars vaqtida, mavzuga bog‟liq bo’lgan matematik tushunchalarning fanga kiritilishi ularning rivojlanib borishi va ta‟limda qo’llanilayotga ilg‟or usullar va didaktik o’yinlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Bizga ma‟lumki, amalda bolalarning quyidagi o’yinlari mavjud: ijodiy harakatli, didaktik, predmetli, ijrochilik. Bolalar bu o’yinlarning hammasiga (vaqti bilan) qatnashib, qoniqish hosil qiladilar. Bolaning o’yin faoliyati o’quv jarayoning biror ko’rinishida nomoyon bo’libgina qolmasdan, balki o’qitish metodi hamdir. Boshlang‟ich sinf o'qituvchisining metodik matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik pedogogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog‟lanishda tayyorlanishini tushunamiz.Metodik matematik tayyorgarlik boshlangich sinflar o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta‟limiy-tarbiyaviy faoliyatida ajralgan holda qarash mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‟ich sinflarga matematika o'qitish birinchi bosqichdir, ya‟ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir yoki matematikadan tayyorgarligidir. Matematikadan boshlangich ta‟limning bu ikki jihati o'qitish metodikasida o'zining munosib aksini topishi lozim. Boshlang‟ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‟ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarini va fikirlashni mantiqiy tuzilishlarini shakillantirishga yo'naltirilgan. Bolalikning mana shu davrida shakillantirilmagan bilimlar poydevorini keyinchalik to'ldirish juda qiyin shu sababli, boshlang‟ich ta‟lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlash bolalarnng aqliy rivojlanishlariga ta‟sirlarini jadallashtirishdan iborat.Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan boshlang‟ich ta‟limni rivojlantirishga ayniqsa boshlang‟ich sinf o’qtuvchilarini tayyorlashga katta e‟tibor berilmoqda. Umumta‟lim maktablarida boshlang‟ich sinf o’qtuvchilari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Boshlang‟ich sinf o’qtuvchilari yosh o’quvchilarga shu kunning talabi darajasida ta‟lim tarbiya berishlari uchun, ular boshlang‟ich sinflarda matematika o’qitishning pedagogik va didaktik tamoyillarini yaxshi bilishlari kerak. Bitiruv malakaviy ishi uchun mavzu tanlashda va uni yozishda yuqoridagi fikirlarga asoslangan. Ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda metodik adabiyotlardan ilg‟or boshlang‟ich sinf o’qtuvchilarining ish tajribalaridan unumli foydalangan. Natijada u boshlang‟ich sinflarda matematika o’qitishning pedagogik va didaktik tamoyillarini atroflicha yoritib bera olgan. Boshlang‟ich sinflarda ta‟lim-tarbiyaviy vazifalar, nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash psixologiya didaktika va ularning xususiyatlarini o'z ichiga oluvchi metodologik o'qitish nazariyasini tashkil qiladi. Biroq birgina nazariy bilimlarining o'zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O'qitishning mazmuni va o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishga ta‟sir etadigan u yoki bu o'quv varianti uchun eng samarali usullarini qo'llashni bilishi, darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigon aniq metodik vazifalarini hal etishni bilish zarurdir. Boshlang‟ich sinf o’qituvchisi boshlang‟ich sinflarda matematika o’qitishning pedagogik va didaktik tamoyillarini to’liq bilsagina u o’quvchilarni matematika faniga qiziqtira oladi va ta‟lim tarbiya ishlarini shu kunning talabi darajasida bajaradi. Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishning mavzusi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Didaktik o’yinlarga qoyiladigan talablar atroflicha o’rganilgan, lekin shunday bo’lishiga qaramasdan hozirgi kunda boshlang‟ich sinf matematika kursining barcha mavzularini didaktik o’yinlar yordamida o’tish usullari hamda har bir mavzu uchun alhida alohida didaktik o’yinlarni tuzish ishlari talab darajasida emas.Ayni shu boshlang‟ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‟ich sinflar o'qituvchisi uchun o'quvchilarining aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat seminar amaliy va laboratoriya mashgulotlarida matematika o'qitish metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi. O'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini o'qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi.


Download 241,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish