Darija kiri



Download 241,98 Kb.
bet2/7
Sana20.09.2021
Hajmi241,98 Kb.
#180209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
matematika 2

I Bob. Matematika darslarining pedagogik tamoyillari.

1.1. Matematika darslariga qo’yiladigan pedagogik talablar.

Umumiy o’rta ta‟limning yangi ishlab chiqilgan Davlat ta‟lim standarti va o’quv dasturida qo’yilgan asosiy vazifalar ta‟lim va tarbiya ishlarining sifatini tubdan yaxshilashni talab qiladi.Maktabda o’qitish va tarbiyalash o’quvchilarda ham jismoniy, ham aqliy mehnatga qobilyat, hayotning turli sohalarida faol ishlashga qobilyat paydo qilish maqsadini ko’zda tutish kerak. Bolalarga boshlang‟ich sinflarda beriladigan ma‟lumotlarga ham shu nuqtai nazardan qaralishi kerak. Boshlang‟ich ma‟lumotlar berish sohasida erishilgan va erishilayotgan yutuqlar, muvaffaqiyatlarga qaramay, tajribaning ko’rsatishiga bu sohada hali muhum kamchilik mavjud. Bunday kamchiliklar, jumladan, matematika o’qitishda ham ochiq oydin ko’rinadi.Maktabning boshlang‟ich sinflarida matematika o’qitishdagi nuqsonlarning bir qancha sabablari bo’lib, ular pedagogik, metodik tadqiqotlarda aniqlanmoqda. Jumladan matematika o’qirish metodlarini ratsionallashtirishga asos bo’ladigan metodik tekshirishlarning natijalari maktablar tajribalariga hozirgacha yetarli joriy qilinmagan va metodik qo’llanmalarda ham zaruriy darajada aks ettirilmagan. O’qituvchilar uchun mo’ljallangan metodik qo’llanmalar hanuzgacha anchagina retsepga o’hshash dogmatik harakterdadir. Ularda bayon qilingan metodik tavsiyalar ilmiy jihatdan asoslanib berilmaydi, metodik kurslarning bayonida o’qituvchilar oldiga yechilishi amaliy tajribasini talab qiluvchi muammoli masalalar qo’yilmaydi. Undan tashqari, bu tavsiyalar o’quvchilarning faolligini o’ztirish zarurligini yetarli darajada hisobga olmaydi. Shuning uchun o’qitish tajribasida o’quvchilarni aktivlashtirish uchun mavjud imkoniyatlarning hammasidan ham hamisha foydalanmaslik tasodif emas. Bo’lg‟usi boshlang‟ich sinf o’qituvchilari tayyorgarligida yuqoridagi keltirilgan mulohazalarni e‟tiborga olgan holda, biz tanlangan ushbu bitiruv malakaviy ishimiz dolzarb mavzulardan biri ekanligini asoslaymiz.Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar “Ta'lim to'g'risida” gi qonunda hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalar qo'ymoqda.

Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinflar o'qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, unga ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatdan ajralgan holda qarash mumkin emas.Boshlang'ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuasini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan.Olti, etti yoshli davr bolalarining fikrlash qobiliyatlari va tasavvurlari shakllanishida eng mas'ul va muhim davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Bolalikning mana shu davrida shakllantirilmagan bilimlar poydevorini keyinchalik to'ldirish juda qiyin. Shu sababli, boshlang'ich ta'lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining asosiy vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlash, bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalar nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etilishi mumkin. Bu bilimlar ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematika va ularning xususiyatini o'z ichiga oluvchi metodologik o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o'zi har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O'qitishning mazmuni va o'quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishga ta'sir etadigan u yoki bu o'quv varianti uchun eng samarali usullarini qo'llashni bilishi, darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinflar o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat seminar, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarida matematika o'qitish metodikasida bajariladigan topshiriqlar orqali egallanadi. Amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanishda va mashg'ulotlarning o'zida o'qitish amaliyotida yuzaga keladigan va nazariy bilimlardan foydalanishni talab etadigan turli-tuman metodik masalalar yuzaga keladi. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini o'qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi. Shu sababli, mazkur qo'llanmada keltirilgan metodik masalalar va shular jumlasidan darsda bevosita yuzaga keladiganlari ham iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. O'quvchilarning xato javoblari munosabati bilan yuzaga keladigan metodik masalalarga alohida e'tibor berilishi lozim. Xatoliklar mohiyatini aniqlash va tushuntirish muhim ta'limiy vazifani bajaradi. Fakultativ mashg'ulotlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o'quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo'ladi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilariga to'la-to'kis bilim berishda har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini o'rganishda o'quvchining qobiliyati namoyon bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni birinchi navbatda, matematika darslarida tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Shu o'rinda o'qituvchi birinchi bosqichda o'quvchilar orasidan matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlar didaktik o'yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o'tkazishga yordam beradi. Umiy texnik taraqqiyot matematikaga bog'langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o'rganishga imkoniyat beradi. Masalan, EHMda, mikrokalkulyatorda hisoblashlar o'rganiladi.Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarda o'quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Fakultativ mashg'ulotlarni boshlang'ich sinflarda turli xil tarzda olib borish mumkin, ayniqsa, III - IV sinflarda qiziqarli, ya'ni: o'quvchilarning matematikaga bo'lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim. Fakultativ mashg'ulotlar I sinfda 20 soat o'tiladi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarni qiziqishi va o'zlashtirishiga qarab fanlar aro aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi. II - IV sinflarda 34 soat o'tiladi. Yillikda matematika, 2 yarim yillikda ona til va hokazo. Boshlang'ich sinflarda fakultativ mashg'ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg'ulotlarda darslik materiallarini takrorlamaydigan materiallar o'rganilib, lekin e'tibor boshlang'ich sinf o'quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.

Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o'rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg'ulotlarda tavsiya etiladi.

Masalan,

1-mashg'ulotda Abu Rayhon Beruniy;

2-mashg'ulotda Ibn Sino, keyingisida Al-Xorazmiy, Ulug'bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang'ich sinfga xos tomonlari o'rganiladi.

IV sinfda fakultativ mashg'ulotlarda o'rganish mumkin bo'lgan taxminiy reja.

Abu Ali ibn Sinoga bag'ishlangan mashg'ulot namunasini sizlarga havola etamiz.

2-mashg'ulot. Abu Ali ibn Sinoning “Al-hisob” nomli asari. Ibn Sinoning “Ash-shifo” nomli asari bo'limlaridan biri riyoziyot, hisob (arifmetika), handasa (geometriya) va aljabr (algebra) faniga bag'ishlangan Ibn Sino arifmetikasi arab tilida yozilgan bo'lib, to'rt bo'limdan iborat.

Birinchi bo'limda turli ketma-ketlik sonlar xossalari bayon etilgan.

Ikkinchi bo'limda sonlar tengligini tengsizligi bilan solishtirish amallari ko'rsatiladi.

Uchinchi bo'limda arifmetikaning geometriya qonunlaridan ayrimlari bilan bog'lanish ifodalanadi.



To'rtinchi bo'limda arifmetik va geometrik ko'rsatmali vositalar aniqlanadi.

IV sinfda matematikadan fakultativ mashg'ulotlarda quyidagi xossalardan



foydalanish mumkin.Sinfdan va darsdan tashqari mashg'ulotlar o'tkazish Matematikadan to'garak mashg'ulotlari.Matematikadan to'garak mashg'ulotlari asosan 2, 3, 4- sinflarda o'tkazilib, 2-sinfda bir yilda ikki marta, 3- sinfda har chorakda bir marta, 4-sinfda esa har oyda bir marta amalga oshirish mumkin.Ayniqsa, to'garak mashg'ulotlarida matematikaga oid boshlang'ich tarixiy (boshlang'ich sinf o'quvchilari yoshiga xos holda) ma'lumotlar va sharq mutafakkirlari merosidan foydala-nish maqsadga muvofiqdir 4- sinf uchun mo'ljallangan to'garakning taxminiy rejasini.

1.Ziyrakligingizni tekshirib ko'ring

Stolda 6 ta stakan qator qilib qo'yilgan. Ulardan 3 tasi bo'sh bo'lib, 3 tasiga

suv quyilgan. Stakanlarni shunday joylashtiringki, suvli va bo'sh stakanlar bir-biri bilan almashib kelsin.2. Uzunligi 78 metr bo'lgan simni, 12 sm li va 15 sm li bo'laklarga shunday bo'lingki, natijada sim ortib qolmasin. Buni qanday bajarish mumkin?



3. Jamoa xo'jaligida quyon va tovuqlar boqiladi. Ularning hammasida 28 bosh va 88 oyoq bor. Nechta quyon, nechta tovuq

4. boqilgan? Masalani bir o'zgaruvchili tenglama yordamida yeching.

5. Bir son o'ylang, unga birni qo'shing, 3 ga ko'paytiring, yana birni qo'shing. Natijaga o'ylagan soningizni qo'shing, qanday son hosil bo'lganini ayting, siz o'ylagan sonni topaman.

6. Raqamlar yashiringan olam (hikoya). 7. Qiziqarli savollar.

1.Qay biri uzun, chizmaga diqqat bilan razm soling vatez javob topishga intiling.



2. Katta yarim doira uzunligi kattami yoki 3 ta kichik yarim doira yig'indisimi?

3.Tomoni 40 m kvadrat shaklidagi yer maydoni 16 ta kvadrat jo'yaklardan iborat. 100 metrlik quvurni kvadrat tomoni o'rtasidan boshlab o'tkazing, shunda maydon teng 2 ga bo'linsin.

4.1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarning yig'indisini qisqa va tez topish usulini ayting.

5. Men bir son o'yladim, uni 3 ga bo'lib, hosil bo'lgan songa 3 ni qo'shsam va yangi hosil bo'lgan sonni 3 ga ko'paytirsam, 999 chiqadi. Men o'ylagan sonni toping.

1. Vali maktabga velosipedda ketyapti. Dars soat 9 da boshlanadi. Soat 8.40 da u yarim yo'lga yetdi. Agar shu tezlik bilan yursa, u maktabga darsdan 10 minut oldin yetib keladi. Vali maktabga necha minutda yetib boradi?




Download 241,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish