Darija kiri



Download 241,98 Kb.
bet3/7
Sana20.09.2021
Hajmi241,98 Kb.
#180209
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
matematika 2

1.2. O’quvchilarni bilish qobilyatlarini rivojlantirish usullari.

Bilimlarni o’zlashtirishning samaradorligini oshirish maqsadida ba‟zi bir-biriga o’hshash, o’zaro bog‟langan mavzularni (yoki masalalarni) o’rganishni bolalarga o’rganilayotgan o’quv materialining o’hshashlik va farqining yahshi tushunarli bo’lishini ta‟minlash uchun ularni o’tish vaqtini bir-biriga yaqinlashtirish haqida gab borgan edi. Shu bilan birga mavzular o’qish yillari bo’yicha va har bir sinfning dasturi ichida to’g‟ri gruppalanganmi, mavzularning tartibini o’zgartirishning keragi yo’qmi ekanligi masalasini hal qilish juda muhimdir.

Ammo bu dastur tuzilishidagi murakkab muammoning faqat bir tomonidir.



Hozirgi baqtda mavzularning bir hil gruppalanishi bilan cheklanish mumkin emas, maktab dasturlarini jumladan boshlang‟ich sinflarning arifmetika dasturini yanada asosliroq o’zgartirish ehtiyoji tug‟ildi. Bu ehtiyoj, hammadan ko’ra, fan va texnikaning juda ildam tarqaqiy etishi va maktab kursiga birqancha yangi mavzular kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Bu sharoitda bunday savol tig‟ilishi tabiiy: o’quvchilarga birinchi sinfdan boshlab, o’zlashtirish uchun yanada murakkabroq material berib, ulardan kelinadigan talab saviyasini ko’tarish mumkin emasmikin?

Bu sovolga javob berish uchun, o’quvchilarning o’zgartirilgan murakkabroq o’quv material kiritilgan arifmetikani o’zlashtirish jarayonini o’rganish kerak.Boshlang‟ich sinflarda algebra elementlarini o’qitishni tajriba qilib ko’rgan tekshiruvchilarning hammasi boshlang‟ich sinflarning o’quvchilari uchun bu batamom mumkin ekan, degan hulosa keldi. Demak, mavjud dasturlar boshlang‟ich sinf o’quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini pasaytiradi, bu imkoniyatlardan to’la foydalanilmaydi.

Biroq, bunday savol tig‟iladi: maktab dasturlarini tuzishda faqat bolalar o’zlashtiradigan materialni asos qilib olish kerakmi? Bolalar juda ko’p narsani o’rganishlari mumkin, lekin ularga nimani o’rganish kerak, degan savol tug‟iladi. Bolalarga beriladigan bilimlar mazmuni masalani hal qilishda, eng avval, maktablarimiz oldida turgan maqsadlarni asos qilib olish, ilm-fanning zamonaviy holatini hamma sinfda o’quv materialning tuzilish sistemasini e‟tiborga olish zarur, faqat, nimani o’zlashtirish munkinligi masalasini qarash lozim.Shunday qilib, bolalar bilim olish imkoniyatlaridan to’la foydalanish talabi, ta‟limning ham pedagogik, ham ilmiy mazmuniga bo’lgan boshqa talablarni ham e‟tiborga olish bilan amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinflarda matematik materialni bir tizimga keltirish hatto tamoyilga ko'ra ham mumkin emas, chunki EMM darajasi va o'quvchilarning mantiqiy madaniyati yuqori emas. Shuning uchun ham MMMTEni o'rgatish empirik topilgan va matematikalashtirilgan xossalar to'plamida ushbu qism to'plamlarni ajratishga keltiriladi: zarariy shartlar (ularni o'quvchilar “majburiy” shartlar deb atashlari mumkin), yetarlilik shartlari “kuchli shartlar”, unday ham, bunday ham bo'lmagan xossalar “tasodifiy xossalar”. MMMTE uchun yuqorida belgilangan hajmdagi misollardan foydalaniladi. Ular yordamida to'g'ri to'rtburchakni o'rganishda hosil qilingan xossalarning mantiqiy teng qiymatli emasligini o'quvchilarga ko'rsatish oson: 1 va 2- xossalar zaruriylik xossalari, 3- xossa yetarlilik xossasidir. Boshlang'ich sinflar o'quvchilari MMMTEga da'volarning rostligini hisoblashlarga, o'lchashlarga murojaat etmasdan asoslash talab etiladigan qator mashqlarni bajarish vaqtida ham o'rgatilishi mumkin. Bunday mashqlar asosan II sinf uchun darslikda mujassamlashgan. Quyidagi bir necha mashqni ko'raylik.

1.Hisoblashlarni bajarmasdan ifodalarning qiymatlarini taqqoslang:

56 : 4 □ 56 : 8.

Javobning asoslanishi: 1) chapdagi ifoda ham, o'ngdagi ifoda ham bo'linma; 2) bo'linuvchilar bir xil; 3) o'ngdagi ifodadagi bo'linuvchi chapdagi ifodadagi bo'linuvchidan katta; 4) birinchi bo'linmaning qiymati ikkinchi bo'linmaning qiymatidan katta.

2.Hisoblashlarni bajarmasdan, ifodalarning qiymatlarini

taqqoslang:(42 + 36) : 642 : 6 + 36.

Chap tomonda bo'linma, o'ng tomonda yig'indi. O'quvchilar faqat bir ismli ifodalarni taqqoslay oladilar (amallarning komponentlari va tashkil etuvchilari orasidagi bog'lanishni bilish asosida), shuning uchun chap tomonni yig'indi ko'rinishida, yoki o'ng tomonni bo'linma sifatida ifodalash lozim. Bulardan birinchisi quyidagi ko'rinishda bo'lishi mumkin:

(42 + 36): 6 = 42 : 6 + 36 : 6.



Keyingi mulohazalar 1- topshiriqni bajarishda qilingan mulohazalarga o'xshash.Boshlang'ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo'nalgan-ligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba'zi masalalari nazariy xarakterda bo'lsa, boshlang'ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa, qonun amaliy faoliyat natijasida kiritiladi. IV sinfda, masalan, o'quvchilarning to'g'ri to'rtburchak tushunchasini o'zlashtirishlari, ular endilikda to'g'ri to'rtburchak ta'rifini bilishlarini, uning alomatlarini keltirib chiqarishni va ba'zi xossalarini isbotlashni bilimlarini, ta'rifi, alomatlari va xossalaridan amaliy masalalarni rechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar to'g'ri to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari tengligini o'lchash yo'li bilan aniqlaydilar va to'g'ri to'rtburchakni yasash, uning perimetri va yuzini o'lchash va hisoblash ilmini egallaydilar.

O'quvchilarda boshlang'ich maktabda shakllanadigan amaliy ko'nikmalar butun o'rta maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin tasavvurlar haqida bunday deyish mumkin anas. Masalan, son haqida III va IV sinflar o'quvchilari ega bo'lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq quyi sinflarda shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og'zaki bajarish jarayonidagi malaka va ko'nikmadan o'quvchilar yuqori sinflarda matematikadan oladigan bilimlariga asos bo'ladi.

Masalan: 1+3 +5 + 7 + 9+11 +13 toq sonlar yig'idisini eng qulay usulda hisoblang. Bunday misollardan IV sinfda fakultativ mashg'ulotlarda foydalaniladi. Buni quyidagicha hisoblash tavsiya etiladi:

1 +3 + 5 + 7 + 9 + 11 + 13 = 49

((1 + 13): 2)-7 = 7-7 = 49 yoki

2+ 4 + 6 + 8 + 10+12 = 42

[(2+ 12): 2] 6 = 7-6 = 42

Shunday qilib, o'quvchilarda puxta amaliy o’quv vamalakalarni shakllantirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda u o'zaro bog'langan ikkita metodik muammoni hal etishi kerak:

1) ma'lum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmunini detallashtirish va konkretlashtirish;

2) o'quvchlarning bu ishlarni o'zlashtirish metodikasini va o'zlashtirish ustidan samarali nazoratni ishlab chiqish.

Aytaylik, biror jarayonni elementar ishlarning chekli, qat'iy ketma-ketligi sifatida tasvirlash mumkin bo'lsin (elementar ish deb bajarilish jarayoni ma'lum bo'lgan ishni tushunamiz). Berilgan jarayonni amalga oshirish uchun qaysi elementar ishlarni va qaysi ketma-ketlikda bajarish tartibini ko'rsatuvchi buyruq al-goritm deb ataladi.



Agar biror ishni bajarish algoritmi ma'lum bo'lsa, u holda uni amalga oshirish uquvni shakllantirishdan iborat bo'lishi mumkin. Shunday qilib, algoritmlarni ishlab chiqish muhim metodik “Analiz va sintez”, bir tomondan, bilish jarayonlari bo'lib, barcha aqliy faoliyat turlari hisoblanadi. Mana shu jihatdan ular psixologiyaning o'rganish obektlaridir. Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari didaktikada ishlab chiqilgan o'qitish tamoyillari va usullari asosida yotadi. Ikkinchi tomondan, analiz va sintez fanda yangi bilimlarni hosil qilishning mantiqiy yo'llaridir. Maktab o'quvchilarining bu yo'llarni egallashlari o'quv materialini faol o'zlashtirish, mantiqiy, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zaruriy sharti ekanligi ravshandir. O'quvchilarni analiz va sintezga o'rgatish vazifasi ko'p darajada boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitishda hal etiladi. Matematikada analiz deyilganda asosan isbotlanayotgan da'vodan rostligi ilgari isbotlangan yoki isbotsiz qabul qilingan da'volarga olib keladigan fikrlashni tushuniladi. Analiz isbotning tuzilishiga emas, balki faqat uning g'oyasiga olib keladi. Sintez, bu topilgan isbotlash g'oyasi asosida rost da'volar shartida berilgan ma'lumotlardan qanday qilib isbotlanayotgan da„vo hosil bo'lishini ko'rsatuvchi fikrlashdir. Boshlang'ich sinflarda analiz va sintezdan foydalanish arifmetik xossalar, tenglamalar va isbotlashi talab etiladigan jumlalar to'plamidan iboratdir. Bulardan so'ngisi sifatida, masalan, ushbu turdagi topshiriqlar keladi:

Hisoblamasdan, ifodalarni taqqoslang:

24-16 - 8. 24-8 : (12-4) -6; 12-6-4-5.

Ushbu ifodalarning qiymatlari nima uchun harflarning istalgan qiymatida



tengligini tushuntiring:


Download 241,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish