163
3.6. Xayol.
Xayol tavsifi, fiziologik asoslari
Predmet va hodisalarning obrazlari garchi kishining xayo-
liy tasavvurlarida (obrazlarida) ilgari u shu holda idrok qil-
magan tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamisha
kishi ha yotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil top-
gan bo‘ladi. Kishi biror yangi predmetni, masalan, mashinani
yaratar yoki ixtiro qilar ekan, uni o‘zi qayerdadir ko‘rgan, un-
ga (nazariy yoki amaliy jihatdan) tanish qismlar va detallardan
tuzilganligini fikran tasavvur qiladi. Hatto fantast yozuvchi-
lar ham o‘z asarlarining g‘ayritabiiy, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan
qahramonlarini hayotda kuzatgan narsalarning elementlaridan
yaratadilar. Masalan, Gerbert Uells «Dunyolar kurashi» degan
fantastik romanida boshi metall silindrga o‘xshagan, qush ning
tumshug‘i singari tumshug‘i, oyoqlari esa juda katta hasha-
rotning qo‘l-oyoq larini eslatuvchi Mars odamlarini tasvirlaydi.
Bu narsa ertaklarda, dostonlarda va xalq fantaziyasi bilan yara-
tilgan obrazlarga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ijod jarayoni-
da hamisha ilgari idrok qilingan narsalarning qayta ishlanishi
ro‘y beradi. Xa yol dеb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan
vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) qaytadan tiklanish va
bir-biri bilan yan gicha qo‘shilishi orqali yangi narsa va hodi-
salarning obrazlarini hosil qilishiga aytiladi.
Inson xayolining eng murakkab va eng fantastik obrazlari
idrok qilingan obrazlarni qayta ishlashga asoslanadi. Chunon-
chi, afsonaviy hikoyalardagi obraz lar – dеv, pari, suv parisi
va boshqalar ham inson xayolining mahsulidir. Bu afsonaviy
hikoya va ertaklar juda katta mubolag‘alarga qaramay, xalq-
ning hayoti, uni o‘rab olgan tabiiy muhit hamda manzaralar-
ni yorqin obraz lar orqali aks ettiradi. Mana shunday afsonaviy,
xayoliy ertaklarda xalqning orzu-umidlari ifodalanadi, masa-
lan «Ur to‘qmoq», «Ochil dasturxon», «Uchar gilam» kabilar.
Xayolni ko‘pincha fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan
«fantaziya» degan so‘z bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xa-
yolni tushunadilar. Xayolning boyligi idrok qilish ko‘nikmasiga,
predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatish va xotirada
164
saqlab qolishga bog‘liq bo‘lib, ular keyinchalik qayta ishlab
chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Tafak-
kur fantaziya natijalariga tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy ba-
holaydi. His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir ko‘rsatadi va ularning
o‘zlari ko‘p jihatdan xayolga bog‘liq bo‘ladi. Nihoyat kishining
xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun
iroda zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: