Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Affеktiv nutq turli omillar ta’sirida birdaniga vujudga 

kеluvchi, jahlning mahsuli bo‘lib, bunda u to‘satdan suhbat-

dosh, raqib tomonga uzatiluvchi, o‘ta ta’sirchan, xavfli, ruhiy 

nishon vazifasini bajarib, zarbasi jihatidan altеrnativi yo‘qligi 

bilan boshqa nutq turlaridan kеskin ajralib turadi. Jahl, qasos, 

alam, tajovuz kеchinmalarini o‘zida aks ettirib, o‘ta tanglik, 

zo‘riqish (strеss) mahsuli bo‘lib hisoblanadi («Jahl kеlganda aql 

kеtadi»; «Hissiyot bilan emas, balki aql bilan ish tut»).

Yozma nutq insoniyat tarixining taraqqiyot bosqichida pay-

do bo‘lib, hozirgacha u o‘z rivojlanishida davom etmoqda. 

E.G‘. G‘oziyеv ta’rificha, tilning barcha qoidalariga (orfografik, 

morfologik, sintaksik, lеksik, orfoepik, lingvistik, fonеmatik, 

flеksiv va h.k.), qonuniyatlariga, mеxanizmlariga (jonli ifoda-

larni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan 

shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilish, ma’no, 

mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga 

aylantirib bеruvchi nutq turi yozma nutq dеyiladi.

Yozma nutq turlari:

– monologik (drama); 

– dialogik (badiiy asar janrlarida); 

– ichki; 

– lakonik (yig‘iq, qatra); 

– epik (yoyiq, yirik roman, qissa va boshqalar).

Yozma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asar-

larda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, og‘zaki nutqdan farqli o‘laroq 

til boyliklariga bеvosita asoslab, yangiliklar yaratish, ijod qi-

lishda so‘zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shaklda 

tartibga kеltiriladi. Lakonik (yig‘iq, qatra) nutq ham og‘zaki 

nutqdagiday ma’no kasb etsa, epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, 

monografiyalar mohiyatini to‘laqonli aks ettirish bilan boshqa 

nutq turlaridan farq lanadi.

Nutq sifatlari va vazifalari

Nutq sifatlari ikki gruppaga ajratiladi. Nutqni leksika, fone-

tika nuqtayi nazaridan to‘g‘ri qiladigan sifatlar, jumlalar-

ning talaffuzi etilishi, tuzilishi, noaniq, noto‘g‘ri va keraksiz 

so‘zlarning yo‘qligi birinchi guruhga kiradi. Ikkinchi guruhga 



162

nutqning shunday sifatlari kiradiki, ular tufayli so‘zlovchining 

fikrlari tinglovchi ning ongiga qadar yetib boradi va tinglovchi-

ga kutilgan ta’sirni ko‘rsatadi, unda ishonch hosil qiladi. 

Nutqning mazmundorligi, aniqligi, tushunarliligi, bayon etish-

ning to‘g‘ri shakli mantiqiylik, obrazlilik, emotsionallik shun-

day sifatlar jumlasiga kiradi.

Tarbiyachining nutqiga ayniqsa katta talablar qo‘yiladi. Tar-

biyachining nutqi tushunarliligi, aniqligi, jonliligi, ishonarlili-

gi, to‘g‘riligi va hokazolar bilan ajralib turishi kerak, agar un-

da hammadan qolgan, bir qolipdagi fikrlar ko‘p bo‘lsa, bu nutq 

natija bermaydi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi, uning bolalarga 

ta’sir etishida intonatsiya muhim ahamiyatga ega. 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish