Maktabgacha yoshdagi


Xayolning fiziologik asosi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarimshar-

lar po‘stlog‘ida ilgari hosil bo‘lgan muvaqqat bog‘lanishlar 

o‘rtasida yangi birikmalarning paydo bo‘lishidir. Avval-

gi bog‘lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xa-

yolning ishlashi uchun bu bog‘lanishlarning miya po‘stlog‘ida 

hali mav jud bo‘lmagan, lekin u yerda bor qo‘zg‘alishlarning 

qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmali yangi sistemalari vu-

judga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliya-

ti bilan mustahkam bog‘langan. Agar kishi tegishli sezgilar, 

idroklarga ega, ya’ni atrofdagi voqelikning dastlabki signallari-

ni olgan taqdirdagina, unda narsalar va hodi salar to‘g‘risidagi 

obrazlar, tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin.

Psixologiyada qo‘rqinch holati (yunon. «phobos» – 

qo‘rquv)  fobiya dеb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar 

va vaziyatlarda shaxsda vujudga kеladigan kuchli asosga ega 

bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson to-

monidan yеngish imkoniyati yo‘q muttasil psixopatologik ho-

lat. Mazkur patologik holatning ba’zi birlari haqida ma’lumot 

bеrishga harakat qilamiz: 

1) agarafobiya – shaxsning gavjum maydonlardan, shox- 

ko‘chalardan o‘tishga qo‘rqishi;

2) kaustrofobiya – insonning eshigini qulflab yolg‘iz 

o‘tirishdan qo‘rqishi;

3) monofobiya – shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hеch kimsiz 

qolishdan qo‘rqishi;

4) atropofobiya – insonning ko‘pchilik davrasidan, xalo-

yiqdan qo‘rqishi;

5)  nazofobiya – odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi; 

6) eyrotrofobiya – shaxsning ko‘pchilik davrasida izza 

bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi;




165

7)  didaktofobiya – o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan  qo‘r qishi; 

8)  yatrofobiya – bеmorning shifokordan qo‘rqishi va h.k..

Xayol jarayonining asosiy xususiyatlari

Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlar-

ga bog‘liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. 

Odatda vujudga kelgan xayol odamning o‘z faoliyati davomida 

nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Masalan, quruvchi qurayotgan binosining qanday bo‘lishini, 

tarbiyachi tarbiyalayotgan bolalarining kim bo‘lib yetishishlari-

ni xa yolan ko‘z o‘ngiga keltiradi. Xayolning ana shu xususiya-

ti, xususan bolalarda juda yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, bog‘cha 

yoshidagi kichik bolalar haydovchi bo‘lgilari keladi. Buni amal-

ga oshirish qiyin albatta, lekin bu mushkul masalani hal qilish-

da xayol jara yoni yordam beradi. Bola xayolan haydovchi bo‘lib 

olib, stulni mashina qilib, haydab ketaveradi. Xayol xususiyat-

laridan biri shundan iboratki, xayol odam ning ehtiyojlari, qizi-

qishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bog‘liq holda yu-

zaga keladi. Odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt 

ham xayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etavermaydi. Odam hamma 

vaqt ham istagan narsalariga erishavermaydi. Qo‘rqoq odam-

ning xayolida hamma vaqt qo‘rqinchli narsalar gavdalana veradi. 

Ayni shu paytdagi ehtiyojning ta’siri bilan odamning xa 

yoli 

o‘tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo‘lgan tasavvurlar-



ni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.

Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri 

 

uning boy tajriba hamda bilimlarga asoslanishidir. Agar bilim 



ye tarli darajada bo‘lmasa, xayoliy tasavvurlar hosil bo‘lmay-

di. Bolalar muzeylarda bo‘lmaganlari, teatrlarga tushib tari-

xiy postanovkalarni ko‘rmaganlari, kinolarni hali juda kam 

ko‘rganlari tufayli bunday tasavvurlarni xayol qilishning ud-

dasidan chiqolmaydilar.

Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri xo-

tira tasavvurlarini analiz va sintez qilishdir. Xayol uchun mate-

rial bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga 

ko‘pincha to‘liq holda kirmasdan, balki qisman kiradi. So‘ngra 

xayolning sintez, qilish faoliyati ro‘y beradi. Bunda muay yan 




166

tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni qo‘shish va bir tur-

kum qilish jarayoni ro‘y beradi. Mana shunday sintez qilish 

faoliyatida yangi tasavvur – xayol tasavvuri vujudga keladi.

Yozuvchilar ada biyotidagi badiiy obrazlarni yaratayotgan-

larida xayolning analiz va sintez qilish xususiyatidan foyda-

lanadilar. Ular o‘z asarlaridagi qahramonlarning tiplarini bir 

qancha ayrim taassurotlardan vujudga keltiradilar. Qahramon-

ning xarakteri shu qahramon mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh-

dagi turli odamlarning qiyofalaridan olingan bir qancha xu-

susiyatlardan bunyodga keladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish