Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Fuqarolik  qonunchiligada  omonat  saqlovchining



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1.4.  Fuqarolik  qonunchiligada  omonat  saqlovchining 

javobgarligi

Omonat  saqlovchi  saqlash  uchun  qabul  qilingan  ashyo  yo‘qolganligi, 

kam  chiqqanligi  yoki  shikastlanganligi  uchun  Fuqarolik  kodeksining  333- 

moddasida  nazarda  tutilgan  asoslarga  ko'ra  javobgar  bo'ladi.

Professional  omonat  saqlovchi  ashyoning  yo'qolishi,  kam  chiqishi 

yoki  shikastlanishi:

?  yengib  boimas  kuch  ta’siri  oqibatida;

?  ashyoning  uni  saqlash  uchun  qabul  qilish  chog'ida  omonat 

saqlovchi  bilmagan  va  bilishi  shart  bo'lmagan  yashirin  xossalari  tufayli;

?  saqlanayotgan  ashyoning  yo'qolganligi,  kam  chiqqanligi  yoki 

shikastlanganligi  yuk  topshiruvchining  qasddan  qilganligi  yoki  qo'pol 

ehtiyotsizligi  natijasida  yuz  berganligini  isbotlamasa  javobgar  boiadi.

Shartnomada  nazarda  tutilgan  saqlash  muddati  yoki  omonat 

saqlovchining  talabiga  ko'ra  ashyoni  qaytarib  olishi  shart  boigan  vaqt 

tugagach,  yuk  topshiruvchi  saqlanayotgan  ashyoni  qaytarib  olmasa, 

omonat  saqlovchi  bundan  buyon  ashyo  yo'qolganligi,  kam  chiqqanligi 

yoki  shikastlanganligi  uchun  qasddan  harakat  qilgan  yoki  qo'pol 

ehtiyotsizlik  qilgan  taqdirdagina  javob  beradi.

Shartnomada omonat saqlovchining javobgarlik darajasi ham muhim 

ahamiyatga  egadir.  Fuqarolik  kodeksining  890-moddasida  omonat 

saqlovchining javobgarlik  darajasi  belgilangan.  Ya’ni  ashyo  yo'qolganligi, 

kam  chiqqanligi  yoki  shikastlanganligi  tufayli  yuk  topshiruvchiga 

yetkazilgan  zarar,  agar  qonunda  yoki  saqlash  shartnomasida  boshqa  hoi 

nazarda tutilgan  bo'lmasa,  Fuqarolik  kodeksning  324-moddasiga  muvofiq 

omonat  saqlovchi  tomonidan  qoplanadi.

Ashyo  tekin  saqlanganida  uning  yo'qolishi,  kam  chiqishi  yoki 

shikastlanishi  tufayli  yuk  topshiruvchiga  yetkazilgan  zarar:

-  ashyolar  yo'qolganligi  va  kam  chiqqanligi  uchun  -  yo'qolgan 

yoki  yetishmayotgan  ashyolarning  qiymati  miqdorida;

-  ashyolar  shikastlanganligi  uchun  -  ularning  qiymati  qancha 

summaga  kamaygan  boisa,  shuncha  summa  miqdorida  qoplanadi.

Agar omonat saqlovchi javobgar boigan holda shikast etishi natijasida

www.ziyouz.com kutubxonasi



ashyoning  sifati  undan  dastlabki  vazifasi  bo'yicha  foydalanish  mumkin 

bo'lmaydigan  darajada  o'zgargan  bo'lsa,  yuk  topshiruvchi  undan  voz 

kechishga  va  om onat  saqlovchidan  ushbu  ashyoning  qiymatini, 

shuningdek,  agar  qonunda  yoki  omonat  saqlash  shartnomasida  nazarda 

tutilgan  bo'lsa,  boshqa  zararni  ham  qoplashni  talab  qilishga  haqli.

Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan 

paytida  uning  xossalarini  bilmagan  va  bilishi  shart  bo'lmagan  bo'lsa, 

yuk  topshiruvchi  saqlash  uchun topshirilgan ashyoning  xossalari tufayli 

yetkazilgan  zararni  omonat  saqlovchiga  to'lashi  shart  (FKning  891- 

modda).


Qonun  hujjatlarida,  shartnomada  yuk  topshiruvchining  talabi  bilan 

omonat  saqlash  majburiyatining  bekor  bo'lishi  ham  nazarda  tutiladi.

Agar  shartnomada  yukni  qaytarib  berishning  boshqacha  muddati 

belgilangan  bo'lsa  ham,  omonat  saqlovchi  yuk  topshiruvchining  talabi 

bilan saqlashga  qabul  qilingan  ashyoni  darhol  qaytarib  berishi  kerak.  Bu 

holda,  agar  omonat  saqlash  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda 

tutilgan bo'lmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor 

qilishi tufayli omonat saqlovchiga yetkazilgan zararni to'lashi shart (FKning 

892-moddasi).


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish