Omonat saqlash shartnomasida taraflarning
huquq va majburiyatlari.
Omonat saqlovchining huquq va majburiyatlari
Omonat qabul qiluvchining asosiy burchi omonat tarzida qo'yilgan
narsani saqlashdir. Uning boshqa burchlari o'sha asosiy burchga bog'liq
bo'ladi.
Omonat saqlashni tadbirkorlik yoki boshqa professional faoliyat
sifatida amalga oshiradigan omonat saqlovchi omonat saqlash shartnomasi
bo'yicha o'z zimmasiga yuk topshiruvchining ashyolarini saqlashga qabul
qilish va yuk topshiruvchi bergan narsalami ushbu moddada nazarda
tutilgan qoidalarga muvofiq saqlash majburiyatini olishi mumkin.
Omonat saqlash shartnomasi bo'yicha ashyoni saqlashga qabul qilish
majburiyatini olgan omonat saqlovchi bu ashyoni saqlash uchun o'ziga
berishni talab qilishga haqli emas. Biroq, ashyoni omonat saqlash
shartnomasida nazarda tutilgan muddatda saqlashga topshirmagan yuk
www.ziyouz.com kutubxonasi
topshiruvchi, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo'lmasa, ashyoni saqlashga topshirmaganligi munosabati bilan
yetkazilgan zarar uchun omonat saqlovchi oldida javobgar bo'ladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lm asa, ashyo shartnom ada kelishilgan m uddatda saqlashga
topshirilmagan hollarda, bordi-yu, bu muddat belgilanmagan bo'lsa,
shartnoma tuzilgan kundan boshlab uch oy o'tganidan keyin omonat
saqlovchi ashyoni saqlashga qabul qilish majburiyatidan ozod etiladi
(FKning 876-moddasi).
Omonat saqlovchining asosiy majburiyatlaridan biri omonatga
topshirilayotgan ashyoni to'liq saqlanishini ta’minlashdan iboratdir. Bu
haqda Fuqarolik kodeksining 880-moddasida shunday deyiladi.
Omonat saqlovchi saqlashga topshirilgan ashyoning to'liq saqlanishini
ta’minlash uchun omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan,
shuningdek, boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart.
Agar shartnomada egasizlantirib saqlash nazarda tutilgan bo'lmasa,
omonat saqlovchi saqlash uchun o'ziga berilgan ashyoni yuk topshiruvchiga
yoki u oluvchi sifatida ko'rsatgan boshqa shaxsga topshirishi shart. Ashyo
saqlashga qanday holatda topshirilgan bo'lsa, o'sha holatda, uning tabiiy
yomonlashuvini yoki tabiiy kamayishini hisobga olib qaytarib berilishi
shart.
Omonat saqlovchi ashyoni qaytarish bilan bir vaqtda, basharti omonat
saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, uni
saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart.
Fuqarolik kodeksining 881-moddasiga ko'ra omonat saqlovchi o'ziga
saqlash uchun topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz
foydalanishga, shuningdek, uchinchi shaxslarga undan foydalanish
imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish
uning to'liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo'lgan hollar bundan
mustasno.
Omonat saqlovchi ashyoni saqlash shartlarini o'zgartirish zarurligi
haqida darhol yuk topshiruvchini xabardor qilishi va uning javobini
kutishi shart.
Ashyoning yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfi paydo bo'lgan taqdirda,
omonat saqlovchi saqlash shartnomasida nazarda tutilgan saqlash usuli,
joyi va boshqa shartlarni yuk topshiruvchining javobini kutmasdan
o'zgartirishi shart.
Agar saqlash vaqtida ashyoning buzilish xavfi aniq bo'lib qolsa yoki
ashyo buzilgan bo'lsa, yoki uning to'liq saqlanishini ta’minlashga imkon
www.ziyouz.com kutubxonasi
bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan boisa, yuk topshiruvchi esa o‘z
vaqtida choralar ko'rishini kutish mumkin boimasa, omonat saqlovchi
ashyoni yoki uning bir qismini saqlash joyida amalda boigan bahoda
mustaqil sotishga haqli. Agar mazkur vaziyatlar omonat saqlovchi aybdor
boimagan sabablarga ko'ra vujudga kelgan bo'lsa, u sotish uchun qilgan
o'z xarajatlarini xarid bahosidan undirish huquqiga ega.
Yuqorida ta’kidlab o'tkanimizdek, omonat saqlashga faqat fuqarolik
muomilasida erkin harakatda bo'lgan ashyolargini topshiriladi. Ayrim
ashyolar xavfli xossalarga ega boisada, omonat saqlash uchun topshirilishi
mumkin. Agar omonat saqlash uchun shunday xavfli xossalarga ega
ashyolar topshiriladigan bo'lsa Fuqarolik kodeksining 883-moddasida
nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
Agar yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi bo'lgan yoki
o'z tabiatiga ko'ra xavfli bo'lgan ashyolarni saqlash uchun topshirayotgan
vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan bo'lsa,
omonat saqlovchi bu ashyolarni ko'rilgan ziyonni yuk topshiruvchiga
toiamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yo'q qilib tashlashi
mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan
saqlovchiga va uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javob beradi.
Xavfli xossalarga ega bo'lgan ashyolar saqlash uchun professional
omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida
nazarda tutilgan qoidalar bunday ashyolar saqlash uchun noto'g'ri nom
bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chog'ida
sirtidan ko'zdan kechirish yo'li bilan ularning xavfli xossalarga egaligini
bila olmagan taqdirda qoilanadi.
Ashyolar haq evaziga saqlangan taqdirda, Fuqarolik kodeksining
883-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda
ashyolarni saqlash uchun toiangan haq qaytarib berilmaydi, bordi-yu,
bu haq toianmagan bo'lsa, omonat saqlovchi uni toia-to'kis undirib
olishi mumkin.
Agar omonat saqlovchi xabardor boigani holda va uning roziligi
bilan saqlashga qabul qilingan ushbu moddaning birinchi qismida
ko'rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan boisa
da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning
mol-mulki uchun xavfli bo'lib qolgan bo'lsa hamda vaziyat omonat
saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol olib ketishni talab
qilishiga imkon bermasa yoki yuk topshiruvchi bu talabni bajarmasa,
ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni
toiamagan holda zararsizlantirilishi yoki yo'q qilib tashlanishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati
bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar
oldida javobgar bo‘lmaydi.
Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidaga ko‘ra omonat saqlashni
omonat saqlovchining o'zi amalga oshirishi kerak. Ayrim mustasno holatlar
ham borki, bunda ashyoni omonat saqlovchi uchinchi shaxslarga saqlash
uchun topshirishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida yoki omonat saqlash shartnomasida
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, omonat saqlovchi yuk
topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga
topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari
zarur qilib qo'yg an va om onat saqlovchi uning roziligini olish
imkoniyatidan mahrum bo'lgan bo'lmasa. Omonat saqlovchi ashyoni
uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay
xabardor qilishi shart.
Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari
uchun omonat saqlovchi javob beradi (FKning 884-moddasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |