to'lash yuzasidan boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, Fuqarolik
kodeksining 885-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo'llaniladi.
tutilgan bo'lsa - har bir davr tamom bo'lganidan keyin to'lanishi shart.
olish huquqiga ega bo'ladi.
qaytarishi shart.
miqdorda haq to'lashi shart.
Omonat saqlash yuzasidan qilingan xarajatlarni qoplash yuzasidan
fuqarolik kodeksining 886-moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
ashyoni saqlash xarajatlari to'lanadigan haq summasiga kiritiladi. Alohida
xarajatlar omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan haq summasiga
yoki xarajatlar tarkibiga kiritilmasligi nazarda tutiladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan
bo'lmasa, ashyo tekinga saqlanganida yuk topshiruvchi amalda qilingan
zarur xarajatlarni omonat saqlovchiga to'lashi shart.
Fuqarolik kodeksining 887-moddasida aytilishicha, ashyoni saqlash
uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo'lgan hamda
omonat saqlash shartnomasini tuzish chog'ida taraflar oldindan ko'rishi
mumkin bo'lm agan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti yuk
topshiruvchi ushbu xarajatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik
ma’qullagan bo'lsa, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki shartnomada
nazarda tutilgan boshqa hollarda omonat saqlovchiga to'lanadi.
Alohida xarajatlarni qilish zarur bo'lib qolganida, omonat saqlovchi
yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so'rashi shart. Agar yuk
topshiruvchi omonat saqlovchi ko'rsatgan muddatda yoki javob berish
uchun yetarli bo'lgan vaqtda o'zining rozi emasligini xabar qilmasa, u
alohida xarajatlarga rozi bo'lgan, deb hisoblanadi.
Ishning holatlariga ko'ra yuk topshiruvchining roziligini oldindan
olish mumkin bo'lsa-da, omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan
turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va yuk topshiruvchi
keyinchalik ularni ma’qullamagan taqdirda, omonat saqlovchi alohida
xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga yetkazilishi mumkin
bo'lgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar saqlash shartnomasida boshqa hoi nazarda tutilgan bo'lmasa,
alohida xarajatlar saqlash haqiga qo'shimcha ravishda to'lanadi.
Yana bir muhim burchlardan biri yuk topshiruvchining shartnomada
nazarda tutilgan saqlash muddati tamom bo'lgach, saqlash uchun
topshirilgan ashyoni qaytarib olishidir. Ushbu qoida fuqarolik kodeksining
888-moddasida nazarda tutilgan.
Yuk topshiruvchi shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati
tamom bo'lgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishi shart.
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, agar
omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa,
omonat saqlovchi ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati
belgilangan eng kam ish haqining ellik baravariga teng summadan ortiq
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘lgan taqdirda esa Fuqarolik kodeksining 379, 380 va 381-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda sotishga haqli.
Ashyoni sotishdan tushgan summa omonat saqlovchiga tegishli haq
chegirib tashlangach, yuk topshiruvchiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: