Omonat saqlash shartnomasida muddatlar.
Omonat saqlovchi ashyoni
shartnomada kelishilgan muddat davom ida saqlashi shart. A gar
shartnomada saqlash muddati nazarda tutilgan bo'lm asa va uni
shartnomaning shartlariga qarab aniqlash mumkin bo'lmasa, ashyo yuk
topshirgan shaxs tomonidan talab qilib olinguncha saqlanadi.
Agar saqlash muddati ashyoni yuk topshirgan shaxs tomonidan talab
qilib olish paytigacha qilib belgilangan bo'lsa, omonat saqlovchi bunday
vaziyatlarda odat bo'lgan ashyoni saqlash muddati tugagach, ashyoning
yuk topshirgan shaxs tomonidan qaytarib olinishini talab qilishga haqli
bo'lib, ashyoni topshirgan shaxsga uni qabul qilib olish uchun oqilona
muddat beradi. Yuk topshiruvchining bu majburiyatni bajarmasligi
Fuqarolik kodeksi 888-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida
nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi (FKning 878-moddasi).
Omonat saqlash shartnomasida ashyoni, agar uning xususiyatlari
imkoni bo'lsa, topshirilgan vaqtdagi holatidan o'zgartm ay saqlash
vazifasi - asosiy maqsad qilib qo'yiladi. Omonat saqlash shartnomaning
obyekti bo'lgan ashyoni saqlash vazifasi boshqa shartnomalarda ham
uchrab turadi. Masalan, sotuvchi sotilgan mol-mulkni saqlashi, ya’ni
mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq mol-mulkni topshirishdan
oldin sotib o lu v ch ig a o 'tg a n hollarda sotu v ch i m ol-m u lk n in g
yomonlashishiga yo'l qo'ymay, uni topshirgunga qadar saqlashi shart.
Shuningdek, pudrat shartnomasiga ko'ra, pudratchi buyurtm achi
bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan
ashyo va pudratchi ixtiyoriga o'tgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi
uchun pudratchi (FKning 641-moddasiga muvofiq) javobgar bo'ladi.
Lekin bunday hollarda saqlash vazifasi shu shartnomalardan har biriga
www.ziyouz.com kutubxonasi
asosiy vazifalarni amalga oshirishda yordamchi boigan qo'shimcha
vazifa bo'lib ko'riladi.
Hozirda omonat saqlashning yangi-yangi turlari paydo bo'ldi. Masalan,
tovar omborida omonat saqlash, ashyolarni transport tashkilotlarining
yukxonalarida saqlash, boyliklarni bankda saqlash (qimmatbaho metallar
va toshlarni, hujjatlarni saqlash) va boshqalar.
Omonat saqlash shartnomasi fuqaro va yuridik shaxslaming zaruriy
ehtiyojlarini qondirish uchun qo'llaniladi. Jumladan, lombardda omonat
saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’moliga mo'ljallangan ko'char
ashyolar qabul qilinishi mumkin (FKning 394-moddasi). Boyliklarni bankda
saqlash shartnomasiga muvofiq, bank qimmatli qog'ozlarni, qimmatbaho
metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash
uchun qabul qilishi mumkin (FKning 896-moddasi). Ashyolarni transport
tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasiga muvofiq transport
tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar y o io v ch ila r va boshqa
fuqarolardan, ulardan yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat’iy nazar,
ashyolarni saqlash uchun topshiradi (FKning 897-moddasi). Ashyoni
tashkilotlarning kiyim xonalarida saqlash, bunda tashkilotlarning
kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga
topshirish vaqtida kelishib qo'yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan
bo'lmasa, ularda ashyoni saqlash bepul hisoblanadi (FKning 898-moddasi).
Ashyoni mehmonxonada saqlashda mehmonxonada yashayotgan shaxs
tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki
shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv
bo'lmagan taqdirda ham javob beradi. Ashyo yengib bo'lmaydigan kuch,
ashyoning o'z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining
o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan
yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasnodir
(FKning 899-moddasi).
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan
va saqlash bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan tashkilot tovar ombori
deyiladi (FKning 901-moddasi).
Amaliyotda ushbu munosabatlarga o'xshash, lekin mazmunan
nihoyatda farq qiladigan, jumladan, qarovsiz yoki adashgan chorva mollari
to'g'risidagi qoidalar (FKning 195-moddasi)ga muvofiq bunday chorva
mollari yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qoiga o'rgatilgan
hayvonlar topilganda yoki adashganda vaqtincha saqlash, boqish va
foydalanish uchun yaqindagi xo'jalik yoki jamoalarga topshiriladi. Chorva
mollari va hayvonlami vaqtincha saqlash hayvonni to egasi topilguncha
www.ziyouz.com kutubxonasi
asrashdan iborat bo'lib, omonat saqlash shartnomasiga asoslanmasdan,
balki qonun hujjatlari bilan belgilanadigan majburiyatning bir xilini tashkil
etadi.
Omonat saqlashning ayrim turlarini tartibga soladigan bir qancha
nizom lar m avjud. Masalan, m u zxon alarda o ziq -o v q a t saqlash
munosabatlari O'zbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoati Davlat
komiteti tomonidan muzxona omborlari to'g'risida chiqarilgan Nizomda
ko'rsatilgan. Lombardlarda buyumlarni omonat tariqasida saqlash ishi
lombardning nam unaviy ustaviga asosan amalga oshiriladi. Qo'l
yuklarini va bagajlarni saqlash kameralaridan foydalanish to'g'risidagi
qoidalar O'zbekiston Transport aksionerlik korporatsiyasi tomonidan
qabul qilingan rasmiy qo'llanmalarda belgilab qo'yilgan. Yuklar temir
yo'llarga qarashli joylarda saqlash uchun topshirilganda, qoldirilganda
ularning to'la-tukis saqlanishi uchun temir yo'l muassasasi javobgar
bo'lishi haqida O'zbekiston Respublikasi Tem ir yo'llari ustavida
ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |