Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  O M O N A T   SA Q L A SH   SH A R T N O M A SI



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

51-bob.  O M O N A T   SA Q L A SH   SH A R T N O M A SI

I-§.  Omonat  saqlash  shartnomasi  haqida  um um iy  qoidalar

Omonat  saqlash  shartnomasi  bo'yicha  bir  taraf  (omonat  saqlovchi) 

unga  ikkinchi  taraf  (yuk  topshiruvchi)  bergan  ashyoni  saqlash  va  bu 

ashyoni  toia  holida  qaytarish  majburiyatini  oladi.

Omonat  saqlashni  o‘z  kasb  faoliyatining  maqsadlaridan  biri  sifatida 

amalga oshiradigan tashkilot (professional omonat saqlovchi) omonat saqlash 

shartnomasida  saqlovchining  yuk  topshiruvchidan  ashyoni  shartnomada 

nazarda  tutilgan  muddatda  saqlashga  qabul  qilish  majburiyati  ko'zda 

tutilishi  mumkin  (FKning  875-moddasi).

Omonat saqlash shartnomasining huquqiy belgilari asosan, quyidagicha: 

Birinchidan, omonat saqlash real shartnoma bo'lib hisoblanadi, chunki 

ashyoni  omonat  saqlash  yuzasidan  taraflar  o'rtasida  huquq  va  burchlar 

omonat narsasining ikkinchi tarafga topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga 

keladi.  Agar  ashyoni  omonat  saqlash  shartnomasi  o'z  kasb  faoliyatining 

maqsadlaridan  biri  sifatida  amalga  oshiradigan  tashkilot  (professional 

omonat  saqlovchi)  yoki  yuridik  shaxslar  o'rtasida  tuzilsa,  omonat  saqlash 

shartnomasi konsensual va ikki taraflama shartnomalar guruhiga taalluqli 

bo'ladi, chunki bunday shartnoma bo'yicha omonat saqlashga qo'yuvchida 

ashyoni  omonat  saqlashga  qo'yish  va  ikkinchi  tarafda,  ya’ni  omonat 

saqlovchida  ashyoni  qabul  qilish  burehlari  shartnoma  tuzilgan  paytdan 

boshlab  vujudga  keladi;

ikkinchidan, omonat saqlash shartnomasi bo'yicha qonun hujjatlarida 

yoki  shartnoma  bilan  boshqacha  hoi  belgilanmagan  bo'lsa,  tekinga 

tuziladigan shartnoma deb faraz qilinadi va bunday holda u bir tomonlama 

shartnoma  bo'lib  hisoblanadi;

uchinchidan, omonat saqlash shartnomasining asosiy maqsadi, omonat 

narsasini  saqlash  va  keyinchalik  butun  holda  qaytarishdan  iborat.

Omonat  saqlash  shartnomasi  bo'yicha  omonat  saqlovchiga,  odatda 

subyektiv  mulk  huquqining  faqat  bir  unsurigina,  ya’ni  mulkni  egallash 

huquqigina  o'tadi.

Omonat  saqlash  shartnomasining  obyekti.  Ushbu  shartnomaning 

obyekti  fuqarolik  muomalasidan  chiqarilmagan,  fuqarolar  va  yuridik 

shaxslaming  iste’mol  maqsadlariga  moijallangan  ko'char  mol-mulklar 

bo'lishi mumkin. Masalan, dehqon-fermer xo'jaligi o'zi yetishtirgan hosilni 

(kartoshka yoki piyozni) saqlash uchun omborga topshirishi yoki fuqaroning 

o'z  boyliklarini,  hujjatlarini  bankda  saqlashi.  Jismoniy  xususiyatlari 

jihatidan  omonat  saqlovchining  ixtiyoridagi  binoga  yoki  hududga

473


www.ziyouz.com kutubxonasi


joylash tirilish i  m um kin  b o'lga n   buyum largina  om onat  saqlash 

shartnomasining  predmeti  bo'la  oladi.  Shu  sababli  ko'chmas  mol-mulk 

va  hajmi  ulkan  obyektlar  bo'yicha  omonat  saqlash  shartnomasi  tuzilishi 

mumkin  emas.

Ko'chmas  mol-mulklar,  masalan  yer  uchastkalari,  bino-inshootlar, 

uy-joy  va  boshqa  obyektlar  omonat  saqlash  shartnomasining  predmeti 

bo'la  olmaydi.  Ko'chmas  mulklami  saqlash  uchun  qo'riqchi  tayinlanishi 

mumkin.  Biroq,  ko'chmas  mulklarni  saqlash  bo'yicha  sud  sekvestri  ham 

mazkur  shartnomaning  predmeti  bo'lishi  mumkin.

Saqlanishi  qonun  hujjatlari  bilan  taqiqlangan  narsalar  -  qoradori, 

zaharli  moddalar,  har  xil  o'qotar  qurollar  va  hokazolar  omonat  saqlash 


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish