1.2. Omonat saqlash shartnomasining turlari
Fuqarolik huquqida omonat saqlash shartnomasining bir necha turlari
qonun hujjatlari va qoidalar bilan tartibga solinadi. Omonat saqlash
shartnomasi oddiy omonat va maxsus omonat turlariga bo'linadi. Oddiy
omonat saqlashda omonat saqlashning umumiy qoidalari (FKning 875—
893-moddalari)ni qo'llashning o'zi kifoya qiladi. Omonatni saqlashning
maxsus turiga tovar omborlarida, lombardlarda, banklarda, transport
korxonalarining yukxonalarida, kiyimxonalarda, mehmonxonalarda,
sekvestr (nizoli ashyolarni) omonat saqlash kiradi. Bundan tashqari, omonat
saqlashning maxsus turiga madaniy boyliklami, muzeyga tegishli bo'lgan
boyliklar va boshqalarni omonat saqlash o'z xususiyatlariga ega. Bulami
saqlashning har birida qo'llaniladigan omonat saqlash xizmati faoliyati
bir-biridan ajralib turadi.
Amaliyotda oddiy (tinch) va favqulodda (holatlarda) omonat saqlash
shartnomalari tuzilishi mumkin.
Oddiy holatda omonat saqlash shartnomasi - tinchlik paytida,
Fuqarolik kodeksida o'rnatilgan qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi.
Favqulodda holatlarda ya’ni turli tabiiy ofatlar, harbiy holatlar,
kutilmagan kasalliklarning tarqalishi natijasida tuziladigan omonat saqlash
shartnomasini Fuqarolik kodeksi bilan o'rnatilgan qoidalarning ayrimlariga
rioya qilmasdan ham tuzishlari mumkin. Masalan, fuqaro mol-mulkini
www.ziyouz.com kutubxonasi
favqulodda holatlarda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga
rioya etmasdan ham omonat saqlovchiga topshirishi mumkin.
Omonat saqlashning yana bir turi — ashyoni egasizlantirib saqlashdir.
Amaliyotda ashyolarni egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun
qabul qilingan ashyolar boshqa yuk topshiruvchilaming shunga o‘xshash
va shunday sifatli ashyolari bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Masalan,
og ‘irlik va o ‘lchov bilan belgilanadigan donni elevatorlarda omonat
saqlash, turli shaxslarga qarashli bo'lgan bir xildagi buyumlami maxsus
xonalarda saqlash va xokazo. Saqlash uchun topshirilgan bunday ashyolar,
narsalar bir-birlariga aralashtirilishi, ya’ni egasizlantirilishi sababli omonat
qo'ygan shaxs o‘zi topshirgan buyumlarni qaytib olganida o'z buyumlarini
emas, balki jism va xil jihatidan o'sha buyumlarga to'g'ri keladigan
boshqa narsalami oladi. Bunday saqlashga egasizlantirib saqlash deb aytiladi
Bu haqda Fuqarolik kodeksining 879-moddasida shunday deyiladi. Ashyo
egasizlantirib saqlanganida saqlash uchun qabul qilingan ashyolar boshqa
yuk topshiruvchilaming shunga o'xshash va shunday sifatli ashyolari
bilan aralashtirib yuborilishi mumkin. Yuk topshiruvchiga teng miqdorda
yoki taraflar kelishgan miqdorda shunga o'xshash va shunday sifatli
ashyolar qaytarib beriladi.
Egasizlantirib saqlash omonat saqlash shartnomasida bevosita nazarda
tutilgan hollardagina amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |