Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Tovar  omborida  omonat  saqlash



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§.  Tovar  omborida  omonat  saqlash 

1.  Tovar  ombori  tushunchasi

Tovar  ombori  deb  —  tadbirkorlik  faoliyati  sifatida  tovarlarni 

saqlaydigan va saqlash bilan bog'liq xizmatlami ko'rsatadigan tashkilotga 

aytiladi.  Bu  haqda  Fuqarolik  kodeksining  901-moddasida  shunday 

deyiladi. Tadbirkorlik faoliyati sifatida  tovarlarni saqlaydigan va saqlash 

bilan  bog'liq  xizmatlarni  ko'rsatadigan  tashkilot  tovar  ombori  deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bizga  ma’lumki,  agar  qonun  hujjatlariga  muvofiq  tovar  ombori 

tovarlarni saqlash uchun chegaralangan doiradagi shaxslardan qabul qilishi 

mumkin  b oigan   omborlar  jumlasiga  kiritilgan  bo'lmasa,  u  umumiy 

foydalanishdagi  ombor  deb  hisoblanadi.  Umumiy  foydalanishdagi  tovar 

ombori  tomonidan  tuziladigan  omborda  omonat  saqlash  shartnomasi 

ommaviy  shartnoma  deb  hisoblanadi

Shartnomaaing  huquqiy  belgilari.  Shartnoma  ikki  tomonlama,  haq 

baravariga  yoki  tekin  tuzilishi  mumkin.

Omborda  omonat  saqlash  shartnomasi  bo'yicha  tovar  ombori 

(saqlovchi)  tovar  egasi  (yuk  topshiruvchi)  tomonidan  o'ziga  topshirilgan 

tovarlarni  haq  evaziga  saqlash  va  ularni  to'liq  holicha  qaytarib  berish 

majburiyatini  oladi  (FKning  903-modsasi).

Shartnomaning shakli. Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma 

ravishda  tuziladi.  Agar  omborda  saqlash  shartnomasi  tuzish  va  tovarni 

omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan bo'lsa, omborda 

omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi 

(FKning  903-moddasi  2-qismi).

Agar qonun hujjatlaridan yoki omborda omonat saqlash shartnomasidan 

tovar  ombori  o'ziga  saqlash  uchun  topshirilgan  tovarlarni  tasarruf  etish 

mumkinligi  kelib  chiqsa,  u  holda  taraflarning  munosabatlariga  Fuqarolik 

kodeksi,  41-bobining  qarz  va  kredit  haqdqagi  qoidalari  qo'llaniladi.

Tovar  omborida  omonat  saqlash  shartnomasining  ishtirokchilari  — 

tadbirkorlar  ham  bo'lishi  mumkin.  Bu  o'rinda  omonat  saqlovchi  bo'lib, 

tovar  omborlari  deb  tan  olingan  korxonalar,  bundan  tashqari,  tegishli 

vakolatli  organlarning  maxsus  litsenziyalari  asosida  xususiy  tovar 

omborlariga  ega  fuqarolar  bo'lishi  mumkin.  Hozirgi  bozor  munosabatlari 

jadal  rivojlanayotgan  bir  davrda,  ayniqsa,  savdo  tovarlarini  xususiy 

omborlarda  saqlash  amaliyotda  ko'p  uchraydi.  Bu  tovar omborlari  qonun 

hujjatlariga  va  tovar  saqlash  to'g'risidagi  qoidalarga  zid  bo'lmagan 

hammaning  omonatini  qabul  qilishga  majburdir.

Lekin maxsus mo'ljallangan tovar omborlarida undan foydalanuvchilar 

doirasi  cheklanishi,  bundan  tashqari,  tovar  omborlari  maxsus  idoralarga 

tegishli  ham  bo'lishi  mumkin.

Fuqarolik  kodeksining  905-moddasiga  ko'ra  tovar ombori  zimmasiga 

quyidagi  majburiyatlar  yuklanadi:

T ovar  om bori  standartlar,  texnikaviy  shartlar,  texnologiya 

yo'riqnomalari,  saqlash  yo'riqnomalari,  ayrim  turdagi  tovarlarni  saqlash 

qoidalarida  ombor  uchun  majburiy  bo'lgan  boshqa  maxsus  normativ 

hujjatlarda  belgilab  qo'yilgan  saqlash  shartlari  (tartiboti)  ga  rioya  qilishi

www.ziyouz.com kutubxonasi




lozim;

Agar  omborda  omonat  saqlash  shartnomasida  boshqacha  tartib 

nazarda tutilgan  bo'lmasa,  tovar ombori  tovarlarni  saqlash  uchun qabul 

qilib  olayotganida  ularni  o'z  hisobidan  ko'zdan  kechirishi  kerak;

Agar omonat saqlash egasizlantirish yo'li bilan amalga oshirilayotgan 

bo'lsa,  tovar  ombori  tovar  egasiga  tovarlarni  yoki  ularning  namunalarini 

ko'zdan  kechirish,  namuna  olish  hamda  tovarlaming  to'liq  saqlanishini 

ta’minlash  uchun  zarur  chora-tadbirlarni  ko'rish  imkoniyatlarini  berishi 

shart.

Tovarlarning to'liq saqlanishini ta’minlash uchun saqlash sharoitlarini 



tezlik  bilan  o'zgartirish  talab  qilinadigan  hollarda  tovar  ombori  zarur 

shoshilinch choralarni mustaqil ko'rishi va bu ko'rilgan choralar to'g'risida 

tovar  egasiga  xabar  berishi;

Saqlash  vaqtida  tovar  omborda  omonat  saqlash  shartnomasida 

kelishilganidan yoki odatdagi  tabiiy buzilish normalari doirasidan tashqari 

chiqadigan  darajada  buzilganligi  aniqlangan  taqdirda,  tovar  ombori  bu 

haqda  darhol  dalolatnoma  tuzishi  va  o'sha  kuniyoq  yuk  topshiruvchini 

xabardor  qilishi  shart.

Tovar  egasi  va  tovar  omborining  har  biri  tovarni  qaytarib  berish 

vaqtida  uni  ko'zdan  kechirish  va  miqdorini  tekshirishni  talab  qilish 

huquqiga  ega.  Shu  tufayli  qilingan  xarajatlar  tovarni  ko'zdan  

kechirishni  yoki  uning  miqdorini  tekshirishni  talab  qilgan  taraf 

zimmasiga  tushadi.

Agar  ombor  tovarni  egasiga  qaytarayotgan  vaqtida  ular  tovarni 

birga  ko'zdan  kechirmagan  yoki  tekshirmagan  bo'lsalar,  tovar  tegishli 

darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi 

haqidagi  ariza  omborga  tovarni  olish  vaqtida,  tovarni  qabul  qilishning 

oddiy  usuli  bilan  aniqlash  mumkin  bo'lmagan  yetishmovchilik  yoki 

buzilish  xususida  esa,  ularni  aniqlash  uchun  zarur  bo'lgan  oqilona 

muddatda  yozma  ravishda  yuborilishi  kerak.

Fuqarolik  kodeksining  906-moddasi,  ikkinchi  qismida  ko'rsatilgan 

ariza  bo'lmaganida,  agar  aksi  isbot  qilingan  bo'lmasa,  ombor  tovarni 

omborda  omonat  saqlash  shartnomasi  shartlariga  muvofiq  qaytargan 

deb  hisoblanadi.

Taraflar  o'rtasida  tovar  omborida  yuklar  saqlanganda  quyidagi 

hujjatlarni  berish  bilan  rasmiylashtiriladi:

ikki  qismli  ombor  guvohnomasi;

oddiy  ombor  guvohnomasi;

ombor  pattasi.

Ikki  qismli  ombor  guvohnomasi,  uning  har  bir  qismi  va  oddiy

www.ziyouz.com kutubxonasi



ombor  guvohnomasi  qimmatli  qog'ozlar  bo'ladi.  Ikki  qismli  va  oddiy 

ombor  guvohnomasi  garov  predmeti  boiishi  mumkin  (FKning  908- 

moddasi).

Ikki  qismli  ombor  guvohnomasi  ombor  guvohnomasidan  va  garov 

guvohnomasidan  (varrant)  iborat  b oiib ,  ular  bir-biridan  ajratilishi 

mumkin.


Ikki  qismli  ombor  guvohnomasining  har  bir  qismida  quyidagilar 

ko'rsatilgan  boiishi  kerak:

tovarni  saqlash  uchun  qabul  qilgan  tovar  omborining  nomi  va 

joylashgan  manzili;

ombor  guvohnomasining  ombor  reestri  bo'yicha  joriy  nomeri;

tovar  saqlash  uchun  qabul  qilib  olingan  tashkilot  nomi  yoki 

fuqaroning  ismi,  shuningdek,  tovar  egasining  joylashgan  yeri  (yashash

joyi);


saqlash  uchun  qabul  qilingan  tovaming  nomi  va  miqdori  -  birliklar 

soni  va  (yoki)  tovar donalarining soni va  (yoki)  tovaming  oichovi  (og'irligi, 

hajmi);

agar  muddat  belgilangan  boisa,  tovar  qancha  muddatga  saqlash 

uchun  qabul  qilinganligi  yoki  tovar  talab  qilib  olinguncha  saqlash  uchun 

qabul  qilinganligi;

omonat  saqlaganlik  uchun  toianadigan  haq  miqdori  yoki  bu  haqni 

hisoblab  chiqarishga  asos  boiadigan  tariflar  va  saqlash  haqini  toiash 

tartibi;

ombor  guvohnomasi  berilgan  sana.

Ikki  qismli  ombor  guvohnomasining  ikkala  qismida  vakil  shaxsning 

bir  xil  imzosi  va  tovar  omborxonasining  muhri  boiishi  shart.

Fuqarolik  kodeksining  909-moddasi  talablariga  mos  kelmaydigan 

hujjat  ikki  qismli  ombor  guvohnomasi  boia  olmaydi.

Ombor  va  garov guvohnomalarini saqlovchi omborda  saqlanayotgan 

tovarni  to'la  tasarruf  etish  huquqiga  ega.

Garov  guvohnomasidan  ajratilgan  ombor  guvohnomasini  saqlovchi 

tovarni  tasarruf etishga haqli,  lekin garov guvohnomasi bo'yicha berilgan 

kreditni  toiamagunicha  tovarni  ombordan  olishi  mumkin  emas  (FKning 

910-moddasi,  2-qismi).

Garov guvohnomasini saqlovchi ushbu guvohnoma bo'yicha berilgan 

kredit  va  uning  foizlari  miqdorida  tovar  bo'yicha  garov  huquqiga  ega 

boiadi.  Tovar  garovga  qo'yilganida  bu  haqda  ombor  guvohnomasiga 

belgi  qo'yiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Agarda  qonun  hujjatlarida  boshqacha  holat  nazarda  tutilgan 

b o‘lmasa,  ombor  guvohnomasi  va  garov  guvohnomasi  birgalikda  yoki 

alohida-alohida  topshirish  yozuvlari  bo'yicha  topshirilishi  mumkin.

Oddiy  ombor  guvohnomasi  taqdim  etuvchiga  beriladi.  Bundan 

tashrqari,  oddiy  ombor  guvohnomasida  Fuqarolik  kodeksining  909- 

moddasida  nazarda  tutilgan  ma’lumotlar  bo'lishi,  shuningdek,  u  taqdim 

etuvchiga  berilganligi  ko'rsatilgan  bo'lishi  shart.

Tovami ikki qismli omborxona guvohnomasi bo'yicha berish qonunda 

belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.

Bunda  tovar  ombori  tovarni  ombor  va  garov  guvohnomalarini  (ikki 

qismli  ombor  guvohnomasini)  saqlovchiga  berib,  undan  ushbu  ikkala 

guvohnomani  oladi.

Ombor  guvohnomasini  saqlovchi  garov guvohomasiga  ega  bo'lmasa, 

biroq  uning  yuzasidan  qarz  summasini  to'lagan  bo'lsa,  ombor  tovarni 

faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yo'li bilan va u bilan birgalikda 

garov  guvohnomasi  bo'yicha  butun  qarz  summasi  to'langanligi  haqidagi 

patta  taqdim  etilgandagina  beradi.

Ombor  va  garov  guvohnomalarinmg  saqlovchisi  tovami  qismlarga 

bo'lib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar o'rniga 

unga  omborda  qolgan  tovar  uchun  yangi  guvohnomalar  beriladi.

Garov  guvohnomasiga  ega  bo'lmagan  va  uning  yuzasidan  qarz 

summasini  to'lamagan  ombor  guvohnomasini  saqlovchiga  Fuqarolik 

kodeksining  913-moddasi  talablariga  qaramay,  tovarni  bergan  tovar 

ombori  garov  guvohnomasini  saqlovchi  oldida  bu  guvohnoma  bo'yicha 

ta’minlangan  to'lov  uchun  javobgar  bo'ladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




/


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish