147
12-rasm. Ikki zulfinli suvaldasiz osma qulfning ishlash prinsipi:
A – yopiq holatdagi qulf; B – ochiq holatdagi qulf: 1 – zulfinlar; 2 – kalit uchun
teshik; 3 – zulfin o‘qi; 4 –
zulfin boshchasi; 5, 6 – yoyning yopiladigan uchlari;
7 – zulfin prujinalari.
Suvaldasiz nazorat qulflari ham ko‘p ishlatiladi. Ularning tuzilishidagi
o‘ziga xos xususiyat – qo‘shimcha qopqoqning mavjudligi hisoblanadi.
Ushbu qo‘shimcha qopqoq bilan asosiy qopqoq orasiga nazorat qog‘ozcha
(mas’ul shaxsning imzosi yoki muhr aksi tushirilgan, kerakli o‘lchamdagi
qog‘oz parchasi) qo‘yiladi va bu vkladish kalit uchun teshikni berkitadi
hamda qo‘shimcha qopqoqdagi teshikdangina ko‘rinib turadi. Qo‘shimcha
qopqoq qulf yopiq holatda bo‘lganida, yoyning harakatlanadigan uchi
bilan mahkamlanadi (13-rasm).
13-rasm. Suvaldasiz osma nazorat qulfning tuzilishi:
A – qulf; 5 – korpus qopqog‘i; V – zulfin; G – qo‘shimcha qopqoqdagi nazorat
teshikchasi; D – kalit: 1 – zulfin asosi; 2 – zulfin va prujina o‘qi; 3 – korpus asosi;
4 – zulfin prujinasi; 5 – yonbosh devor; 6 – yoyning erkin uchi; 7 – yoyning
harakatlanadigan uchi; 8 – yoyning erkin uchi uchun teshik; 9 – nazorat oynasi;
10 – qo‘shimcha (nazorat) qopqoq; 11 – yoy prujinasi; 12 – chegaralagich; 13 – kalit
ustunchasi; 14 – korpus qopqog‘ini mahkamlash uchun ustuncha; 15 –
korpus
qopqog‘ini mahkamlash uchun teshik; 16 – nazorat teshikchasi; 17 – kopus qopqog‘i;
18 – o‘q uchun teshik; 19 – prujina uchun tayanch bo‘rtiqcha; 20 – zulfin boshchasi:
21 – kalit uchun bo‘rtiqcha; 22 – kalit bo‘rtiqchasini kuchaytiruvchi ustuncha.
148
Reyka zulfinli qulfning tuzilishi o‘ziga xos bo‘ladi. Bunday qulfda
zulfin asosining quyi chetida, o‘zaro turli burchak va masofada joylashgan
va turli o‘lchamdagi bo‘rtiq hamda kesiklar bo‘ladi. Kalitning sterjenida,
o‘lchamlari va joylashish burchaklari zulfin asosiga qat’iy mos keladigan
og‘ma bo‘rtiq va kesiklar bo‘ladi. Kalit qulf teshigiga kiritilganda, kalit
sterjenidagi bo‘rtiq va kesiklar zulfindagi kesik hamda bo‘rtiqlarga ketma-
ketlikda tushadi, natijada zulfin siljiydi.
Kalitni qulfdan chiqarishda,
qulfning zulfini prujina ta’sirida o‘z joyiga qaytadi va qulf berkilib qoladi.
Qulfning ochiq holatida, zulfinni ushlab turish uchun stoporli vint xizmat
qiladi (14-rasm).
14-rasm. Reyka zulfinli tashqi qulfning tuzilishi:
A – qulf; B – zulfin; V – kalit: 1 – kalit uchun teshik; 2 – zulfin prujinasi; 3 – qulf
korpusidagi, qulfni mahkamlash uchun teshik; 4 – zulfin prujinasining yo‘naltiruvchi
sterjeni; 5 – zulfin asosidagi chuqurcha; 6 – korpusdagi tirqish; 7 – zulfinni mahkam
ushlab
turish uchun vint; 8 – zulfin boshchasi; 9 – yuza planka; 10 – qulfni
mahkamlash uchun teshik; 11 – zulfin asosi; 12 – zulfin asosidagi bo‘rtiq va kesiklar.
Reykali qulflarning ko‘plab turidagi zulfinlarda ikki yoki ko‘proq
boshchalari bo‘ladi, ular qulfni yopishda yuza plankadan tashqariga chiqib
turadi. Suvaldasiz va reykali qulflarning sodda
tuzilishga egaligidan
jinoyatchilar ustalik bilan foydalanadilar, oddiy otmichkalar yoki oddiy
begona buyumlar (mix, bigiz, sim bo‘lagi) bilan ularni ochishga urinadilar.
Suvaldali qulflarning boshqa qulflardan farqi, ularning yopish
mexanizmidagi suvaldalarni ushlab turish mexanizmi vazifasini
bajarishidir.
Suvaldali qulflar tuzilishi jihatdan juda xilma-xil
ishlab chiqariladi,
ammo ularda turli detal va tugunlar kamroq bo‘ladi. Bunday qulflarning
ayrim turlari 15-rasmda ko‘rsatilgan.