159
bartaraf etish
maqsadidagi harakatlar, deb talqin etiladi hamda qulflarni
buzishni quyidagi ikki turi ajratiladi:
1. Qulflarni texnik jihatdan buzmaydigan buzish usullari: qulflarning
mexanik buzilishiga (shikastlanishiga) olib kelmaydigan keng
qo‘llaniladigan, chegaralangan tarzda qo‘llaniladigan
yoki maxsus
tayyorlangan asbob-uskunalar yoxud moslama va qurilmalar yordamida
ta’sir qilish usullari.
2. Qulflarning texnik jihatdan buzilishiga olib keladigan buzish
usullari: qulflarning tuzilishida dastlabki holatiga qaytarilmaydigan
o‘zgarishlar hosil qilish yoki alohida tarkibiy qismlarini mexanik buzish
bilan ta’sir qiladigan usullar. Bunda qulfning zulfiniga oson ta’sir qilish
imkoniyati yaratiladi, natijada zulfin yoki uzilgan yoki tuzilishi o‘zgargan
qulfda erkin (masalan, ixtiyoriy ta’sir ostida) harakat qiladigan bo‘lib
qoladi. Buzuvchi ta’sirlar natijasida zulfin o‘zining ishlash
tartibini
yo‘qotadi.
Kriminalistikada esa qulflarni to‘siq sifatida bartaraf etish usullarining
tizimi yaratilgan bo‘lib, ular orasida qulflarni buzish va qulflarni
belgilanmagan tarzda ochish ajratiladi.
Qulfni uzish – qulflarni turlicha buzish orqali to‘siq sifatida bartaraf
etiladigan harakatlar. Agar bunda qulfning zulfini
harakatlansa ham, u
buzilgan qulfda, qulfning yopish mexanizmining detallariga ta’sir qilish
osonlashganda, harakat qiladi.
Qulfni belgilanmagan tarzda ochish (qulfni ochish) – qulfni
buzmasdan, uning zulfinining keraklicha harakat qilishiga qaratilgan
harakatlar. Jinoyat sodir etishda, qulflarni belgilanmagan
tarzda
ochishning quyidagi usullari ma’lum:
– tanlangan kalitlar
yordamida;
– soxta kalitlar yordamida;
– maxsus ochgich (otmichka)lar yordamida;
– maxsus moslamalar («uistiti») yoki maxsus trubkalar yordamida;
– tasodifiy buyumlar yordamida;
– qulf zulfini mexanik siqish (otjim) usulida.
Tanlangan kalit deganda, birorta muayyan qulfni ochishga
mo‘ljallangan, ammo boshqa qulfni ham ochish mumkin bo‘lgan
kalitlar
tushuniladi.
Agar kalit jinoyatchilar tomonidan aniq bir qulfni ochish maqsadida
tayyorlangan bo‘lsa, bunday kalitlar ushbu qulfga nisbatan soxta (qalbaki)
kalit hisoblanadi. Soxta (qalbaki) kalitlarni yarim tayyor mahsulotlar yoki
boshqa kalitlardan kerakli kalitning nusxasi, surati hamda jinoyatchilarga
160
qulfning tayyorlagan zavodda qabul qilingan raqamli belgilari ma’lum
bo‘lganda, qulf mexanizmi belgilariga qarab tayyorlanishi mumkin.
Agar soxta kalitlar muayyan bir qulfni jinoiy maqsadda ochish uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus ochgichlar muayyan
tuzilishli qulflarni
ochishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Prujinali qulflarni ochish uchun
mo‘ljalangan maxsus ochgich (otmichka)lar mixdan, sim bo‘lagidan va
shu kabilardan tayyorlanishi mumkin. Ularning ishchi uchi ingichka va
yassi hamda biroz egilgan qilib tayyorlanadi. Bu esa ularni qulfdagi kalit
tirqishiga bemalol kirishini ta’minlaydi. Suvaldali qulflarni ochishga
mo‘ljallangan maxsus ochgichlar tashqi ko‘rinishidan kalitlarga o‘xshaydi.
Ularning tishlari bir necha ishchi sirtlardan iborat bo‘ladi. Undan tashqari,
bunday maxsus ochgichlarning tishlarida qulflarning saqlagichlariga
tegmasdan o‘tishlari uchun, ularda maxsus ariqchalar o‘yilgan bo‘ladi.
Silindrli qulflarni ochish uchun juda ingichka metall plastinkalardan
foydalaniladi (26, 27, 28-rasmlar).
26-rasm. Suvaldasiz qulflarni ochish uchun mo‘ljallangan maxsus
Do'stlaringiz bilan baham: