suvaldali qulfning zulfini:
1 – boshcha; 2 – asos; 3 – yo‘naltiruvchi ustuncha uchun tirqish; 4 – ustuncha;
5 – suvaldalar o‘qi uchun tirqish; 6 – kalit tishlari uchun o‘yiqlar.
Qulfning ushlab turuvchi (berkituvchi) moslamasi zulfin yordamida
qulfni ochiq yoki yopiq holatida ushlab turish uchun mo‘ljallangan.
Bunday moslama sifatida turli prujinalar, zulfinlarning qulf korpusi bilan
rezbali birikishlari, suvalda va yopish mexanizmlar harakatchan
detallarining bo‘rtiqlaridan foydalaniladi. Eng xilma-xil tuzilishga ega
bo‘lgan ushlab turuvchi (berkituvchi) moslama suvaldalar hisoblanadi.
Suvalda markazida tuynugi bo‘lgan metall plastinadan iborat (4-rasm).
Ushbu tuynukda zulfin ustunchasi uchun o‘yiqlar bo‘ladi. Bu o‘yiqlar
yuqori yoki quyi qismlarda yoki faqat yuqorida joylashgan bo‘ladi va
stoporlovchi (muayyan holatda to‘xtatish, qimirlamaydigan qilib o‘rnatish
uchun mo‘ljallangan) element vazifasini bajaradi. Ba’zida o‘yiqlar o‘rniga
suvaldaning quyi qismida joylashgan chuqurchalardan foydalaniladi.
4-rasm. Kalitni ikki marta aylantirish bilan berkitiladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |