A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


 Metall to‘siqlarni termik kesish izlarini tadqiqot



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
5. Metall to‘siqlarni termik kesish izlarini tadqiqot 
qilish usullari 
 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda termik ta’sir qiluvchi metall kesish 
moslamalarining izlari aniqlangan sharoitda ekspert oldiga quyidagi 
savollar qo‘yiladi: qo‘llangan moslama (apparat)ning turi, kesishni amalga 
oshirish uchun sarflangan vaqt, kesishni amalga oshirgan shaxsning 
malakasi, kasbiy ko‘nikmalari va hokazo. Shuningdek, termik kesish 
qurolini identifikatsiya qilish masalasi ham qo‘yiladi, biroq bu masala hali 
oxirigacha uslubiy jihatdan qayta ishlanmagan. Tadqiqot trasologik 
ekspertizalarni o‘tkazishga qo‘yiladigan uslubiy talablarga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladi. 
Ekspert tadqiqotga berilgan materiallar bilan tanishish, jumladan, 
hodisa sodir bo‘lgan joy, uning chizmasi, fotosuratlarini ko‘zdan kechirish 
jarayonida buzilgan obyektlarning o‘zida va atrof-muhitda qanday izlar 
hosil bo‘lganligini ham aniqlab olishi zarur.  Mazkur izlar — qurum, 
yorug‘lik gardishi, tilinish tasmasi, erigan metall qatralari, kislorod puflash 


 137 
izlari kabi asosiy izlar va qo‘shimcha izlar — atsetilen hidi, karbid 
bo‘laklari va uning parchalanish mahsulotlari (gidrat kalsiy oksidi), 
yongan gururt cho‘plar, atsetilen generator yoki kislorodli balonni 
joylashtirish izlari qolishi mumkin. Kerosinli kesish moslamasi 
ishlatilganda kerosin dog‘lari aniqlanishi mumkin. Kerosin  kesish 
moslamasi yoqilganda, butunlay yonib tamom bo‘lmasdan yaqin turgan 
narsalarga sachrashi mumkin. Elektr yoyli kesish apparatini ishlatishda 
hodisa joyida kuygan elektrodlar va elektr simlar qoldiqlari uchrashi 
mumkin. 
Shu bilan, birga ekspert tomonidan ashyoviy dalillar to‘liq hajmda 
keltirilganligi aniqlanishi zarur. Ekspert qo‘l ostida kesish izlari bo‘lgan 
buyumlar bilan birgalikda metall kesuvchi apparatlarni ishlatish izlari 
bo‘lgan buyumlar ham bo‘lishi kerak. Buzish izlari bo‘lgan buyumlar 
butunligicha taqdim etiladi. Agar iloji bo‘lsa, ularni qismlarga ajratish yoki 
ularning izlari bo‘lgan alohida elementlarini kesib olish, bunda tepa, chap 
tomon, ichki va tashqi sirt kabi muvofiq belgilar qo‘yilishi zarur. 
Metall kesuvchi apparat turini aniqlash uning kesish va boshqa izlarda 
ifodalanishi alomatlarini batafsil o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Gaz 
yordamida kesish minimal miqdorda alohida qotib qolgan tomchi 
ko‘rinishida metall uchqunlari va kesish joyida qurum bo‘lmasligi bilan 
tavsiflanadi. Bunda tomchilar qalinroq metallni kesishda ko‘payadi. Ikkala 
kesish 30 mm bo‘lgan kenglikda yorug‘lik toji (oreol)lar hosil bo‘lib, ular 
sariq, ko‘k va jigarrang tasmalardan iborat bo‘ladi. Kesish yo‘nalishiga 
qarama-qarshi joylashgan qirralari bo‘ylab erigan metallning kumush 
rangdagi yoki och zangori rangdagi oksidlanishi va to‘planishi (g‘udda 
bo‘lishi) kuzatiladi. Kesish bo‘shlig‘ining kengligi kesilayotgan metallning 
qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Kesish qirralarining chekka yuzalari o‘ziga xos yarim oval shakldagi 
chuqurchalar va do‘ngchalardan iborat bo‘lib, ular erigan metallning 
kislorod oqimi bilan purkash natijasida yuzaga keladi. Ularning o‘lchami 
kesuvchi qirraning tashqi va ichki uchi (mundshtuk), kislorod bosimi, 
kesuvchi uchning og‘ish burchagining kattaligi, kesish tezligi, kesuvchi 
tig‘ uchining harakatlanish maromiga bog‘liq bo‘ladi. Gazda kesishning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, kesishda boshlang‘ich nuqta mavjud 
bo‘lib, u kesuvchi tig‘ning aniq yo‘nalgan ta’siri va kislorod oqimi ostida 
kuydirishdan iborat bo‘ladi. U kesish qirralarida bir-biriga qarama-qarshi 
joylashgan ikki yarim kraterlar ko‘rinishida ifodalanadi. Kraterlar 
chekkalari silliqlashgan (tekis) bo‘lib, uning sirti va devorlarida metall 
yig‘ilib, g‘udda bo‘lib qolgan bo‘ladi. Sanab o‘tilgan iz belgilari kerosin 


 138 
va atsetilen generator apparatlari yordamida kesish orqali hosil bo‘lgani 
bois, ularni amalda bir-birdan ajratib bo‘lmaydi. Kerosinda kesish 
qo‘llangani to‘g‘risida qo‘shimcha hosil bo‘lgan izlar (kerosin hidi va 
dog‘laridan) bilsa bo‘ladi. Shunday qilib, kesish izlarida va izlardagi 
qo‘shimcha alomatlar orqali gazli kesish apparati qo‘llangani to‘g‘risida 
xulosa mumkin bo‘ladi. 
Elektrli kesishni qo‘llashda kesish izlarida boshqa belgilarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi. Kesilayotgan  metallning ikkala tomonida ko‘p 
miqdorda metallning qotib qolgan tomchilari joylashadi. Bunda ularning 
uchish masofasi 150 mmni tashkil etib, u tok kuchi va metallni kesish 
jarayonida elektrod uchining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi. Kesish 
qirralarida nurli toj (oreol)lar bo‘lib, ular qurum bilan qoplangan bo‘lgani 
bois ko‘rinmaydi. Kesishning chekka yuzalarida metallning to‘planishi va 
toshqol (shlak) qatlam ko‘rinishida relyef hosil bo‘ladi. Toshqol elektrod 
va asosiy metallning kuyib ketishida hosil bo‘lgan g‘ovak tarkibli va qora
to‘q jigarrang, sariq, zangori va kulrang bo‘ladi. Kesish kengligi tok kuchi, 
kesilayotgan to‘siq qalinligi, elektrod diametri, shuningdek buzishni 
amalga oshirgan shaxsning kasbiy ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Shuni 
yana alohida ta’kidlash lozimki, elektr payvandlash apparatida qirqishda 
metallning bir xilda qalinligida gazda kesishga qaraganda, kesilgan joy 
kengroq bo‘ladi. 
Kesuvchi apparatning turini tavsiflovchi aniq ifodalangan belgilar 
bo‘lmaganida, kesilgan joyning chekkalarida metall tarkib o‘zgarishining 
metallografik tekshiruvi o‘tkaziladi. 
To‘siqni kesish uchun zarur bo‘lgan vaqtni aniqlashda qulf 
buzuvchilar tomonidan ishlatilgan moslamalarga o‘xshash payvandlash 
moslamalari yordamida tegishli sharoitlarni yaratish orqali eksperimental 
tajriba o‘tkaziladi. 
Kesishni amalga oshirgan shaxsda kasbiy ko‘nikmalarning mavjud 
bo‘lishiga quyidagilar dalolat beradi: kesish chizig‘ining yetarlicha 
to‘g‘riligi, metall sirtiga nisbatan kesish sirtining ko‘ndalang joylashishi, 
kesishning bir xildagi kengligi. Bundan tashqari, malakali payvand-
lovchilar soat o‘qiga qarama-qarshi yo‘nalishda kesishni amalga 
oshiradilar, kesish burchaklari nisbatan aniq, kesilgan sirtlardagi relyef bir 
xil bo‘ladi. 
Basharti, kesish elektrda payvandlash apparatida amalga oshirilgan  
bo‘lsa, payvandlovchining malakasi to‘g‘risida, qirralarning tekisligi, 
metall tomchilari miqdorining kamligi, nur tojlari maydonining kamligi va 
elektr yoyini ko‘p marotaba yoqish izlarining yo‘qligi dalolat beradi. 


 139 
Ekspert xulosasini o‘qishda izlar bo‘lgan obyektlar, izlarning o‘zlarini 
va ulardagi alomatlariga batafsil izoh berilishi zarur. Bunda zarurat 
tug‘ilganda, ish materiallarida mavjud ma’lumotlarga va hodisa sodir 
bo‘lgan joydan topilgan va ekspertizaga taqdim etilmagan bo‘lsa-da, biroq 
qo‘llangan payvandlash moslamalarini tavsiflovchi izlarga havola qilinadi. 
Kesish izlarining kattalashtirilgan fotosuratlarida ekspert oldiga 
qo‘yilgan masalalarni hal qilishga yordam beruvchi eng aniq ifodalangan 
belgilar ko‘rsatiladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish