A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Suvaldali osma qulfning tuzilishi (chapdan birinchi)



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Suvaldali osma qulfning tuzilishi (chapdan birinchi): 
1 – kalit uchun ustuncha; 2 – suvalda; 3 – zulfin asosi; 4 – tayanch plankasi;  
5 – korpus asosi; 6 – devor; 7 – yoy. Suvaldali o‘yma (ichki) qulfning tuzilishi 
(chapdan ikkinchi): A – yuza planka; B – qulf; 1 – fiksator roligi; 2 – prujina;  
3 – vilka; 4 – zulfin boshchasi; 5 – vint; 6 – planka; 7 – suvalda prujinasi;  
8 – suvalda o‘qi; 9 – suvalda; 10 – zulfin ustunchasi, 11 – zulfin; 12 – krpus asosi;  
13 – yuza planka. 
 
Suvaldali qulfning yopish mexanizmidagi detallarning o‘zaro 
ta’sirlashishi quyidagicha yuz beradi: qulf yopiq bo‘lganida, zulfin 
asosining ustunchasi suvalda oynasida mahkamlangan bo‘ladi. Kalit 
solinib buralganda, kalitning tishi suvaldani ko‘taradi va natijada zulfin 
asosining ustunchasi erkin maydonga chiqib qoladi. Kalitning yana 
aylanishi hisobiga kalitning boshqa tishi zulfinni korpusi ichiga siljitadi. 
So‘ng kalitning tishi pastga harakat qiladi, suvalda bo‘lsa, prujina ta’sirida 
joyiga qayta tushadi va natijada zulfin asosining ustunchasi suvalda 
oynasining ikkinchi tirqishiga tushib qoladi. Qulfni yopishda qulf 
detallarining o‘zaro ta’siri xuddi shu tarzda davom etadi, faqat barcha 
harakatlar kalitning teskari tomonga aylanishida bajariladi. 
Qulfda bir nechta suvalda bo‘lsa, ularning har biri kalit ta’sirida, kalit 
tishlaridagi bo‘rtiq va o‘yiq ariqchalar hisobiga yuqoriga ko‘tariladi va 
siljib qoladi, natijada qulf ochiladi. Bunday qulflarni yopish ham 
yuqoridagi kabi bo‘ladi. 
 
 
 
16-rasm. Suvaldali mexanizmning ishlash prinsipi. 


 150 
«Syurpriz» rusumli magnitli osma qulflar suvaldali qulflarning o‘ziga 
xos turi hisoblanadi. Bu qulfda suvaldalarning vazifasini erkin osilgan 
shtiftlar bajaradi. Bu shtiftlar qulf ochilganida kalitning magnit maydoni 
ta’sirida harakatga keladi hamda zulfin asosining qulf korpusida harakat 
qilishiga sabab bo‘ladi (17-rasm). 
 
 
 
17-rasm. «Syurpriz» rusumli magnitli osma qulfning tuzilishi: 
A – zulfin asosidagi tirqishlarning joylashishi; B – yopiq holatdagi qulf; V – kalit;  
G – ochiq holatdagi qulf; 1 – korpus; 2 – yoyning harakatchan uchi; 3 – zulfin 
boshchasi; 4 – yoy prujinasi; 5 – yoy; 6 – yoyning erkin uchi; 7 – kalit uchun 
chuqurcha; 8 – shtiftlar blogi; 9 – zulfinning yo‘naltiruvchi sterjeni; 10 – shtift;  
11 – zulfin asosi; 12 – ikki yelkali richag; 13 – richag prujinasi; 14 – kalit magniti. 
 
Silindr mexanizmli qulflar ham turli, lekin sodda tuzilishga ega 
bo‘ladi. Ularning mexanizmi korpus ichida joylashgan silindrdan iborat 
bo‘ladi (18-rasm). Silindrning ichida, uning bo‘ylama o‘qi bo‘ylab turli 
shakldagi yonbosh qirra (kalit uchun tirqishlar)li chuqurcha bo‘ladi. 
Shtiftlar uchun chuqurchalar bir qatorda joylashadi va kalit chuqurchasini 
silindr sirti bilan tutashtiradi. Silindrning korpusida xuddi shunday 
joylashgan korpus shtiftlarining chuqurchalari bo‘ladi. Bu chuqurchalar 
tashqi tomondan berkitilgan bo‘ladi. Quyma osma qulflarda silindrli 
mexanizm korpusi vazifasini qulf korpusidagi chuqur bajaradi. Silindr 
chuqurchasida turli uzunlikdagi shtiftlar, korpus chuqurchasida esa 
uzunligi bir xil bo‘lgan shtiftlar joylashadi. Korpusning shtiftlari 
spiralsimon prujinalarga tayanadi. 
Bu kabi mexanizmning yopiq holatida silindr va korpus chuqurchalari 
o‘zaro mos tushadi. Prujinalar ta’sirida korpus shtiftlari silindr 
chuqurchasiga qisman kirib qoladi va natijada korpus hamda silindr 
orasidagi chegarani berkitadi, bu bilan silindrni aylanib ketishdan saqlaydi. 
Qulfga kalit solinganida, silindrning shtiftlari chuqurchaga botadi, ularning 
korpus shtiftlari bilan ta’sirlashish tekisligi korpus va silindr o‘rtasidagi 


 151 
chegara bilan mos tushib qoladi. Shtiftlarning bu holatida silindr kalit 
yordamida osongina aylanadi va o‘zining bo‘rtiqchasi bilan qulf zulfinini 
siljitadi, ya’ni qulf ochiladi. 
 
 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish