A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Poyafzal izining uzunligi



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126
Poyafzal izining uzunligi, 
sm 
 
Topilgan uzunlik quyidagi 
raqamlarga ko‘paytirilishi 
kerak: 

21,9 sm gacha 
7,17 
22,0–22,9 6,84 
23,0–25,9 6,61 
24,0–24,9 6,55 
25,0–25,9 6,40 
26,0–26,9 6,32 
27,0–27,9 6,25 
28,0–28,9 6,12 
29,0 va undan kattalar 
6,0 
 
Namuna: topilgan poyafzal izining uzunligi 27,5 sm
27,5 sm x 6,25= 171,875. Jadvalga asosan, bu 172 sm ga teng. 


 36 
4. Poyafzal va oyoq izlarining hosil bo‘lish mexanizmlari 
 
Hosil bo‘lish mexanizmiga qarab, oyoq va poyafzal izlari hajmiy va 
yuzaki izlarga bo‘linadi. 
Poyafzal yoki oyog‘i hajmiy va yuzaki (sirtqi) izlarining 
shakllanishiga quyidagilar muhim ta’sir ko‘rsatadi: 
– poyafzal yoki odam oyog‘i kafti bilan iz qabul qiluvchi obyekt 
sirtining o‘zaro ta’sirlashishini keltirib chiqaradigan asosiy kuchlanish 
(ta’sir)ning yo‘nalishi va kattaligi; 
– o‘zaro ta’sirlashishning uzoq muddatliligi; 
– poyafzal yoki odam oyog‘i kafti va iz qabul qiluvchi sirtda mavjud 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli begona moddalar
– iz qabul qiluvchi sirt yoki uning ustida mavjud bo‘lgan 
moddalarning qoldiq deformatsiyani saqlab qolish, qatlamlanadigan 
moddalar zarralarini ushlab qolish yoki sirtdagi qatlamni oson ko‘chirish 
xususiyatlari. 
Oyoq yoki poyafzal izlarining shakllanishida alohida xususiyat bo‘lib, 
odam tanasining og‘irligi va mushaklar energiyasi, shuningdek odam 
harakatlanganda yuzaga keladigan inersiya kuchiga bog‘liq bo‘lgan asosiy 
kuchlanish (ta’sir) hisoblanadi. Ba’zan ko‘rib chiqilayotgan izlarning hosil 
bo‘lishi asosan odam tanasining og‘irligi (masalan, to‘xtab turganida) yoki 
uning mushak kuchlari (masalan, vertikal joylashgan sirtdan oyoq bilan 
sakraganda yoki oyoq bilan zarb berganda)ga ta’sir hisobidan yuzaga 
keladi. Inersiya kuchi tayanch sirt bo‘ylab yurishda, yugurganda va 
sakraganda oyoq yoki poyafzalning olg‘a siljishi (harakati)ni keltirib 
chiqaradi. Oyoq yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari 
yuzaga keladigan izlarda tiniq aks etadi. 
Poyafzal yoki oyoqning hajmiy izlari iz qabul qiluvchi obyektlarda 
uning sirti deformatsiyaga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi. Deformatsiya 
bosim yoki sirpanish oqibatida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan, 
hajmiy izlar botiq va sirpanish izlariga bo‘linadi. 
Oyoq yoki poyafzalning botiq izlari yurish, yugurish jarayonida va 
odam yumshoq yer (masalan, haydalgan dala, namli qum va h.k.)da 
to‘xtab turganda hosil bo‘lishi mumkin. Odatda, botiq izlar ular qoldirgan 
oyoq yoki poyafzal tagcharmi shakli va o‘lchamini to‘liq beradi. 
Yurganda qoldirilgan botiq izlarda oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi 
tovon qismining tashqi tuzilishi xususiyatlarining aksi bo‘ylama o‘q 
yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan, old qism xususiyatlarining aksi esa qisqa 
bo‘ladi. Old va orqa qismi (tumshuq va poshna yoxud oyoq kafti va tovon) 


 37 
nisbatan chuqur bo‘ladi. Shu munosabat bilan, botiq izlarning tagi kamon 
shakliga ega bo‘ladi. Tez yurilganda yoki yugurganda, botiq izlar nisbatan 
chuqur bo‘ladi. Odam to‘xtab turganda, yuzaga kelgan botiq izlar poyafzal 
tagcharmi yoki oyoq kafti o‘lchami, konturlari va tashqi tuzilishi 
belgilarini ancha aniq aks ettiradi. 
Yirik tuzilishga ega iz qabul qiluvchi obyektlarda qoldirilgan botiq 
izlar oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining mayda 
belgilarini aks ettirmasligi mumkin. Tuproq tuzilishi qanchalik mayda 
bo‘lsa, tagcharm tashqi tuzilishi xususiyatlari botiq izlarda shunchalik 
to‘liq o‘z aksini topadi. 
10–80 % loydan iborat namli tuproq qattiq, plastik va suyuq holatda 
bo‘lishi mumkin. Botiq izlarning iz hosil qilishi uchun plastik holatdagi 
tuproq eng qulay hisoblanadi. Bunday tuproqdagi izlarda oyoq kafti va 
poyafzal tagcharmining identifikatsion belgilari aniq va nisbatan to‘liq aks 
etadi. 
Tuproqning me’yordan ortiq nam tortishi va qaqrab ketishi izlarda 
identifikatsion belgilarning aks etishini buzadi. Organik aralashmali 
gilsimon tuproqlar nisbatan me’yordan ortiq nam tortgan va qaqragan 
bo‘ladi; qumloq tuproqli va qumli yerlar esa bunday xususiyatlarga 
nisbatan kam ega bo‘ladi. Havo haroratining tushib ketishi (nuldan pastga) 
me’yordan ortiq nam tortish va qaqrashga duchor bo‘lgan tuproqning 
siqilishiga olib keladi. Buning natijasida gilsimon tuproqlardagi botiq izlar 
1,5 sm dan 3 sm gacha qisqargan bo‘lishi mumkin va shuning natijasida 
identifikatsion belgilar aksi o‘zgaradi. Aksariyat hollarda qor – qulay iz 
qabul qiluvchi obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, issiqlik ta’sirida 
qordagi izlar erib, undagi poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari 
aksining ayrim qismlari yo‘qolishiga olib keladi. 
Botiq izlar, shuningdek qattiq jismlar ustidagi biror-bir moddaning 
bosilishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, tasodifan pol 
ustidagi plastilin bo‘lakchasida oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmining 
botiq izlari qolishi mumkin. 
Oyoq kafti va poyafzal tagcharmi kontaktli sirtining tashqi tuzilishi 
belgilari botiq izlarga aksincha (negativ) ko‘rinishda o‘tadi. 
Sirpanish izlari yurganda, to‘siqlardan oshib o‘tishda (devor va 
boshqalardan oshib o‘tishda), poyafzal kiyilgan oyoq bilan zarba berganda 
(sindirilgan eshikning pastki qismida va h. k.) hosil bo‘lishi mumkin. 
Sirpanish izlarida poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftining tashqi 
tuzilishi xususiyatlari yo‘l (chiziq) shaklida aks etadi. Izlardagi yo‘l 
(chiziq)ning kengligi va chuqurligi ko‘pincha hosil bo‘lgan ularning relyef 


 38 
xususiyatlari kengligi va balandligiga teng bo‘ladi. Izlardagi yo‘l 
(chiziq)lar poyafzal tagcharmidagi tegishli xususiyatlar (mixlarning 
qalpoqchalari, metall nag‘allar va boshqalar)ning o‘zaro joylashuvini aks 
ettiradi. 
Identifikatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan poyafzal qoldirgan 
sirpanish izlari qattiq obyektlar (parket, faner, taxta, tosh va h. k.)da 
uchraydi. Bunday izlar, shuningdek poyafzal tuproqda qoldirgan botiq 
izlarning vertikal devorlarida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ularda qulay 
sharoitlarda tagcharm va ularning qismlari kesiklarida mavjud bo‘lgan 
o‘ziga xosliklar yo‘l (chiziq) shaklida aks etishi mumkin. 
Yalang oyoq yoki paypoq kiyilgan oyoq bilan qoldirilgan sirpanish 
izlari xususiyatlari va belgilarining qo‘shilib ketishi va ularning bir-
birining ustiga qo‘yilishi natijasida identifikatsiya qilish uchun yaroqsizdir. 
Ulardan ba’zan jinoyat hodisasining faktik holatlarini aniqlash uchun 
foydalanish mumkin. 
Oyoq yoki poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari biror-bir moddaning iz qabul 
qiluvchi obyektning yuzasiga surtilishi natijasi yoxud ushbu yuzani 
qoplagan modda zarralarini yo‘q qilish hisobiga yuzaga keladi. Oyoq kafti 
va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari bosilganda yuzaga 
keladigan yuzaki (sirtqi) izlarda nisbatan to‘liq aks etadi. Surtilish 
natijasida yuzaga keladigan yuzaki (sirtqi) izlar iz hosil qiluvchi obyekt 
tashqi tuzilishi belgilarini shunchalik buzib aks ettiradiki, oqibatda ular 
identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Ushbu izlarning 
hodisa joyida mavjud bo‘lishi va o‘zaro holati bir qator hollarda sodir 
bo‘lgan hodisaning ayrim detallari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. 
Oyoq va poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari qatlamli va ko‘chgan izlarga 
bo‘linadi. Qatlamli izlar iz qabul qiluvchi yuzaga biror-bir moddaning 
poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftiga surtilishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Qatlamli izlar iz hosil qilish paytida poyafzal tagcharmi yoki oyoqda 
tagida mavjud bo‘lgan chang, loy yoki suyuq bo‘yoq, qon va poyafzal yoki 
boshqa moddalar zarralari bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Bu izlar 
daraxt, metall, tosh, sopol buyumlar, sementlangan pol, shuningdek 
plastmassa, shisha, gazlama, qog‘oz va boshqalarda kuzatilishi mumkin. 
Masalan, poyafzal tagcharmida mavjud bo‘lgan changsimon zarralardan 
parketda hosil bo‘lgan izlar tipik qatlamli izlar hisoblanadi. 
Qatlamli izlarda tagcharm konturlari, shuningdek ularning tashqi 
tuzilishi xususiyatlari aks etadi. Izni shakllantiruvchi modda poyafzalning 
butun tagcharmida mavjud bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun izlarda 


 39 
tagcharmning faqat bir qismi (masalan, poshna, panja qismi, ularning 
ayrim qismlari) aks etishi mumkin. 
Qatlamli izlar oyoq kafti va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishini aks 
ettirish xususiyatlariga qarab, pozitiv va negativ bo‘lishi mumkin. 
Poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftidagi bo‘rtiqlarni aks ettiruvchi izlar 
pozitiv hisoblanadi, iz hosil qiluvchi obyektdagi bo‘rtiqlar iz qabul 
qiluvchi obyektda chuqurchalar shaklida aks etadi. Masalan, papillyar 
chiziqlar aks etgan oyoq izlari aksi pozitiv iz bo‘ladi. 
Iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishining chuqurchalardan iborat 
belgilari va xususiyatlarini aks ettirgan izlar negativ hisoblanadi, iz hosil 
qiluvchi obyektdagi chuqurchalar iz qabul qiluvchi obyektda bo‘rtiqlar 
shaklida aks etadi. Masalan, yalang oyoqning papillyar chiziqlari orasidagi 
oraliqlari aks etgan izlari negativ izlar bo‘ladi. 
Izlarning yuqorida keltirilgan farqlanishi to‘liq bo‘lmagan qatlamli 
(tagcharm qismlari va h.k.) izlarni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. 
Agar qayerda bo‘rtiq, qayerda chuqurcha aks etgani noto‘g‘ri belgilansa, 
unda bu trasologik ekspertiza natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Ko‘chgan izlar poyafzal tagcharmi yoki oyoq kafti yuzasi bilan biror-
bir moddani iz qabul qiluvchi obyektlar yuzasidan ko‘chirib olish 
natijasida yuzaga keladi. Ko‘chgan izlar biror-bir changsimon yoki suyuq 
moddaning yupqa qatlami bilan qoplangan sirtda hosil bo‘ladi. Masalan, 
oyoq bilan chang zarrasini yuzadan ko‘chirib olish ko‘chgan izning yuzaga 
kelishini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘chgan izlarning shakllanishi bilan 
qatlamli izlar o‘rtasida juda ko‘p umumiylik mavjud. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish