Poyafzal izining uzunligi,
sm
Topilgan uzunlik quyidagi
raqamlarga ko‘paytirilishi
kerak:
:
21,9 sm gacha
7,17
22,0–22,9 6,84
23,0–25,9 6,61
24,0–24,9 6,55
25,0–25,9 6,40
26,0–26,9 6,32
27,0–27,9 6,25
28,0–28,9 6,12
29,0 va undan kattalar
6,0
Namuna: topilgan poyafzal izining uzunligi 27,5 sm.
27,5 sm x 6,25= 171,875. Jadvalga asosan, bu 172 sm ga teng.
36
4. Poyafzal va oyoq izlarining hosil bo‘lish mexanizmlari
Hosil bo‘lish mexanizmiga qarab, oyoq va poyafzal izlari hajmiy va
yuzaki izlarga bo‘linadi.
Poyafzal yoki oyog‘i hajmiy va yuzaki (sirtqi) izlarining
shakllanishiga quyidagilar muhim ta’sir ko‘rsatadi:
– poyafzal yoki odam oyog‘i kafti bilan iz qabul qiluvchi obyekt
sirtining o‘zaro ta’sirlashishini keltirib chiqaradigan asosiy kuchlanish
(ta’sir)ning yo‘nalishi va kattaligi;
– o‘zaro ta’sirlashishning uzoq muddatliligi;
– poyafzal yoki odam oyog‘i kafti va iz qabul qiluvchi sirtda mavjud
bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli begona moddalar;
– iz qabul qiluvchi sirt yoki uning ustida mavjud bo‘lgan
moddalarning qoldiq deformatsiyani saqlab qolish, qatlamlanadigan
moddalar zarralarini ushlab qolish yoki sirtdagi qatlamni oson ko‘chirish
xususiyatlari.
Oyoq yoki poyafzal izlarining shakllanishida alohida xususiyat bo‘lib,
odam tanasining og‘irligi va mushaklar energiyasi, shuningdek odam
harakatlanganda yuzaga keladigan inersiya kuchiga bog‘liq bo‘lgan asosiy
kuchlanish (ta’sir) hisoblanadi. Ba’zan ko‘rib chiqilayotgan izlarning hosil
bo‘lishi asosan odam tanasining og‘irligi (masalan, to‘xtab turganida) yoki
uning mushak kuchlari (masalan, vertikal joylashgan sirtdan oyoq bilan
sakraganda yoki oyoq bilan zarb berganda)ga ta’sir hisobidan yuzaga
keladi. Inersiya kuchi tayanch sirt bo‘ylab yurishda, yugurganda va
sakraganda oyoq yoki poyafzalning olg‘a siljishi (harakati)ni keltirib
chiqaradi. Oyoq yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari
yuzaga keladigan izlarda tiniq aks etadi.
Poyafzal yoki oyoqning hajmiy izlari iz qabul qiluvchi obyektlarda
uning sirti deformatsiyaga uchrashi natijasida hosil bo‘ladi. Deformatsiya
bosim yoki sirpanish oqibatida yuzaga keladi. Shu munosabat bilan,
hajmiy izlar botiq va sirpanish izlariga bo‘linadi.
Oyoq yoki poyafzalning botiq izlari yurish, yugurish jarayonida va
odam yumshoq yer (masalan, haydalgan dala, namli qum va h.k.)da
to‘xtab turganda hosil bo‘lishi mumkin. Odatda, botiq izlar ular qoldirgan
oyoq yoki poyafzal tagcharmi shakli va o‘lchamini to‘liq beradi.
Yurganda qoldirilgan botiq izlarda oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi
tovon qismining tashqi tuzilishi xususiyatlarining aksi bo‘ylama o‘q
yo‘nalishi bo‘ylab cho‘zilgan, old qism xususiyatlarining aksi esa qisqa
bo‘ladi. Old va orqa qismi (tumshuq va poshna yoxud oyoq kafti va tovon)
37
nisbatan chuqur bo‘ladi. Shu munosabat bilan, botiq izlarning tagi kamon
shakliga ega bo‘ladi. Tez yurilganda yoki yugurganda, botiq izlar nisbatan
chuqur bo‘ladi. Odam to‘xtab turganda, yuzaga kelgan botiq izlar poyafzal
tagcharmi yoki oyoq kafti o‘lchami, konturlari va tashqi tuzilishi
belgilarini ancha aniq aks ettiradi.
Yirik tuzilishga ega iz qabul qiluvchi obyektlarda qoldirilgan botiq
izlar oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining mayda
belgilarini aks ettirmasligi mumkin. Tuproq tuzilishi qanchalik mayda
bo‘lsa, tagcharm tashqi tuzilishi xususiyatlari botiq izlarda shunchalik
to‘liq o‘z aksini topadi.
10–80 % loydan iborat namli tuproq qattiq, plastik va suyuq holatda
bo‘lishi mumkin. Botiq izlarning iz hosil qilishi uchun plastik holatdagi
tuproq eng qulay hisoblanadi. Bunday tuproqdagi izlarda oyoq kafti va
poyafzal tagcharmining identifikatsion belgilari aniq va nisbatan to‘liq aks
etadi.
Tuproqning me’yordan ortiq nam tortishi va qaqrab ketishi izlarda
identifikatsion belgilarning aks etishini buzadi. Organik aralashmali
gilsimon tuproqlar nisbatan me’yordan ortiq nam tortgan va qaqragan
bo‘ladi; qumloq tuproqli va qumli yerlar esa bunday xususiyatlarga
nisbatan kam ega bo‘ladi. Havo haroratining tushib ketishi (nuldan pastga)
me’yordan ortiq nam tortish va qaqrashga duchor bo‘lgan tuproqning
siqilishiga olib keladi. Buning natijasida gilsimon tuproqlardagi botiq izlar
1,5 sm dan 3 sm gacha qisqargan bo‘lishi mumkin va shuning natijasida
identifikatsion belgilar aksi o‘zgaradi. Aksariyat hollarda qor – qulay iz
qabul qiluvchi obyekt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, issiqlik ta’sirida
qordagi izlar erib, undagi poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari
aksining ayrim qismlari yo‘qolishiga olib keladi.
Botiq izlar, shuningdek qattiq jismlar ustidagi biror-bir moddaning
bosilishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, tasodifan pol
ustidagi plastilin bo‘lakchasida oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmining
botiq izlari qolishi mumkin.
Oyoq kafti va poyafzal tagcharmi kontaktli sirtining tashqi tuzilishi
belgilari botiq izlarga aksincha (negativ) ko‘rinishda o‘tadi.
Sirpanish izlari yurganda, to‘siqlardan oshib o‘tishda (devor va
boshqalardan oshib o‘tishda), poyafzal kiyilgan oyoq bilan zarba berganda
(sindirilgan eshikning pastki qismida va h. k.) hosil bo‘lishi mumkin.
Sirpanish izlarida poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftining tashqi
tuzilishi xususiyatlari yo‘l (chiziq) shaklida aks etadi. Izlardagi yo‘l
(chiziq)ning kengligi va chuqurligi ko‘pincha hosil bo‘lgan ularning relyef
38
xususiyatlari kengligi va balandligiga teng bo‘ladi. Izlardagi yo‘l
(chiziq)lar poyafzal tagcharmidagi tegishli xususiyatlar (mixlarning
qalpoqchalari, metall nag‘allar va boshqalar)ning o‘zaro joylashuvini aks
ettiradi.
Identifikatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan poyafzal qoldirgan
sirpanish izlari qattiq obyektlar (parket, faner, taxta, tosh va h. k.)da
uchraydi. Bunday izlar, shuningdek poyafzal tuproqda qoldirgan botiq
izlarning vertikal devorlarida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ularda qulay
sharoitlarda tagcharm va ularning qismlari kesiklarida mavjud bo‘lgan
o‘ziga xosliklar yo‘l (chiziq) shaklida aks etishi mumkin.
Yalang oyoq yoki paypoq kiyilgan oyoq bilan qoldirilgan sirpanish
izlari xususiyatlari va belgilarining qo‘shilib ketishi va ularning bir-
birining ustiga qo‘yilishi natijasida identifikatsiya qilish uchun yaroqsizdir.
Ulardan ba’zan jinoyat hodisasining faktik holatlarini aniqlash uchun
foydalanish mumkin.
Oyoq yoki poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari biror-bir moddaning iz qabul
qiluvchi obyektning yuzasiga surtilishi natijasi yoxud ushbu yuzani
qoplagan modda zarralarini yo‘q qilish hisobiga yuzaga keladi. Oyoq kafti
va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishining belgilari bosilganda yuzaga
keladigan yuzaki (sirtqi) izlarda nisbatan to‘liq aks etadi. Surtilish
natijasida yuzaga keladigan yuzaki (sirtqi) izlar iz hosil qiluvchi obyekt
tashqi tuzilishi belgilarini shunchalik buzib aks ettiradiki, oqibatda ular
identifikatsiya qilish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Ushbu izlarning
hodisa joyida mavjud bo‘lishi va o‘zaro holati bir qator hollarda sodir
bo‘lgan hodisaning ayrim detallari to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi.
Oyoq va poyafzal yuzaki (sirtqi) izlari qatlamli va ko‘chgan izlarga
bo‘linadi. Qatlamli izlar iz qabul qiluvchi yuzaga biror-bir moddaning
poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftiga surtilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Qatlamli izlar iz hosil qilish paytida poyafzal tagcharmi yoki oyoqda
tagida mavjud bo‘lgan chang, loy yoki suyuq bo‘yoq, qon va poyafzal yoki
boshqa moddalar zarralari bilan hosil qilingan bo‘lishi mumkin. Bu izlar
daraxt, metall, tosh, sopol buyumlar, sementlangan pol, shuningdek
plastmassa, shisha, gazlama, qog‘oz va boshqalarda kuzatilishi mumkin.
Masalan, poyafzal tagcharmida mavjud bo‘lgan changsimon zarralardan
parketda hosil bo‘lgan izlar tipik qatlamli izlar hisoblanadi.
Qatlamli izlarda tagcharm konturlari, shuningdek ularning tashqi
tuzilishi xususiyatlari aks etadi. Izni shakllantiruvchi modda poyafzalning
butun tagcharmida mavjud bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun izlarda
39
tagcharmning faqat bir qismi (masalan, poshna, panja qismi, ularning
ayrim qismlari) aks etishi mumkin.
Qatlamli izlar oyoq kafti va poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishini aks
ettirish xususiyatlariga qarab, pozitiv va negativ bo‘lishi mumkin.
Poyafzal tagcharmi yoki oyoq kaftidagi bo‘rtiqlarni aks ettiruvchi izlar
pozitiv hisoblanadi, iz hosil qiluvchi obyektdagi bo‘rtiqlar iz qabul
qiluvchi obyektda chuqurchalar shaklida aks etadi. Masalan, papillyar
chiziqlar aks etgan oyoq izlari aksi pozitiv iz bo‘ladi.
Iz hosil qiluvchi obyekt tashqi tuzilishining chuqurchalardan iborat
belgilari va xususiyatlarini aks ettirgan izlar negativ hisoblanadi, iz hosil
qiluvchi obyektdagi chuqurchalar iz qabul qiluvchi obyektda bo‘rtiqlar
shaklida aks etadi. Masalan, yalang oyoqning papillyar chiziqlari orasidagi
oraliqlari aks etgan izlari negativ izlar bo‘ladi.
Izlarning yuqorida keltirilgan farqlanishi to‘liq bo‘lmagan qatlamli
(tagcharm qismlari va h.k.) izlarni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir.
Agar qayerda bo‘rtiq, qayerda chuqurcha aks etgani noto‘g‘ri belgilansa,
unda bu trasologik ekspertiza natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘chgan izlar poyafzal tagcharmi yoki oyoq kafti yuzasi bilan biror-
bir moddani iz qabul qiluvchi obyektlar yuzasidan ko‘chirib olish
natijasida yuzaga keladi. Ko‘chgan izlar biror-bir changsimon yoki suyuq
moddaning yupqa qatlami bilan qoplangan sirtda hosil bo‘ladi. Masalan,
oyoq bilan chang zarrasini yuzadan ko‘chirib olish ko‘chgan izning yuzaga
kelishini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘chgan izlarning shakllanishi bilan
qatlamli izlar o‘rtasida juda ko‘p umumiylik mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |