A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Poyafzal va odam oyog‘i izlarini ko‘zdan kechirish



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
7. Poyafzal va odam oyog‘i izlarini ko‘zdan kechirish, 
qayd etish va olish 
 
Topilgan oyoq izlarining jinoyat hodisasi bilan o‘zaro bog‘liqligini 
aniqlash uchun sinchikovlik bilan ko‘zdan kechirish o‘tkaziladi. Bunda 
izlar hosil bo‘lishining muddatidan dalolat beruvchi belgilarga, hodisa 
joyidagi predmetlarga nisbatan ularning joylashishiga va hodisa joyini 
ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlangan iz hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
holatlarga e’tibor qaratiladi. Masalan, predmetlar yonida qoldirilgan oyoq 
izlarining yagonaligi va «izlar yo‘lakchasi», butunligi yoki jinoyat sodir 
etilayotgan paytda buzilgan odatdagi joylashuvi ularni jinoyat hodisasiga 
bog‘lash imkonini beradi; buzilgan eshik (pol, tuproq) yonida, eshikda va 
boshqalarda topilgan izlar ular jinoyat sodir etgan shaxs tomonidan 
qoldirilganligidan dalolat berishi mumkin. Oyoq izlarini ko‘zdan 
kechirish, shuningdek oyoq izlarining hosil bo‘lish ehtimoliy 
mexanizmini, ularda mavjud bo‘lgan oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi 
tashqi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini, qanday izlarni olish 
lozimligini va bunda qayd etishning qaysi usullaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadini ham ko‘zda tutadi. 
Hodisa joyida topilgan oyoq izlarini tasodifan buzilishlardan saqlash 
lozim, buning uchun ularning usti yopib qo‘yiladi yoki turli ashyolar bilan 
to‘sib qo‘yiladi. Biroq, bunda to‘sib qo‘yilgan predmetlar izlarga zarar 
yetkazmaydigan tarzda bo‘lishi lozim. Masalan, sochiluvchan tuproqdagi 
oyoq izlari faner, karton va boshqa narsalar bilan to‘sib qo‘yiladi. 
Oyoq izlarining yo‘lakchasini ko‘zdan kechirishda uning elementlari 
qanday yuzada qoldirilgani, uning botiqligi yoki yuzaki ekanligi, o‘ng va 


 45 
chap oyoq izlari qoldirgan botiqning chuqurligi, izlarning o‘lchami; 
qo‘shimcha izlar (hassa, qo‘ltiqtayoq va boshqalarning izlari)ning 
shakllari, joylashishi va o‘lchamlari aniqlanadi. Agar hodisa joyida har 
qaysi (o‘ng va chap) oyoq bilan oltitadan kam bo‘lmagan iz qoldirilgan 
bo‘lsa, oyoq izlari yo‘lakchasining elementlari o‘lchanadi. O‘ng (chap) 
oyoq qadamlarining uzunligi ular qoldirgan izdagi tovon (poshna) 
qismining markazi va chap (o‘ng) oyoq izi tovon (poshna) qismining 
markazi o‘rtasidagi masofa bo‘yicha o‘lchanadi. Har qaysi oyoq 
tovonining izning o‘q chizig‘i bilan harakat yo‘nalishi chizig‘i kesishganda 
hosil bo‘lgan burchakka ko‘ra aniqlanadi. Oyoq qo‘yilishining kengligi 
biri o‘ng oyoq bilan ketma-ketlikda qoldirilgan izlarning tovon (poshna) 
qismlarining markazlarini birlashtiradigan, boshqasi esa chap oyoq bilan 
ketma-ketlikda qoldirilgan izlarning tovon (poshna) qismlarining 
markazlarini birlashtiradigan ikki chiziq o‘rtasidagi masofaga qarab 
o‘lchanadi. Oyoq izlari yo‘lakchasining elementlarini o‘lchashda maktab 
katta sirkuli, ortopedik burchak o‘lchagich va o‘lchov ruletkasi 
qo‘llaniladi. Izlar yo‘lakchasidagi zarur chiziqlarni ikki yog‘och qoziqcha 
o‘rtasidagi izlarning tegishli nuqtalari ustiga tortiladigan ip yordamida 
olinadi. 
Poyafzalning yagona izlarini ko‘zdan kechirishda ularning shakliga 
(konfiguratsiyasiga) e’tibor qaratiladi; poyafzal ostki qismining qaysi 
qismlari va xususiyatlari izlarda o‘z aksini topgan; aks etgan relyefli 
suratlar yeyilganlik belgilari – relyefli suratlar nuqsonlari, chuqurchalar 
tagcharm kontur chiziqlari bo‘ylab notekisliklar, tagcharmning panja qismi 
va poshna qismlaridagi yeyilgan joylarning aks etishi; yamoq, nag‘al, 
chok, mixlar, metall shpilkalar va boshqalarning aks etishi. Poyafzal izi, 
uning alohida panja qismi, oraliq va poshna qismlari uzunligi o‘q 
chizig‘iga ko‘ra o‘lchanadi. O‘q chiziq o‘rnida tagcharm poshnasining 
orqa kesigi va panja qismi old kesigi qismlari aksini birlashtiruvchi o‘rta 
nuqta qabul qilinadi. Shuningdek, panja qismi va poshna aksining eng 
katta kengligi va tagcharm oraliq qismining eng kichik kengligi 
o‘lchanadi. Yalang oyoq qoldirgan yagona izlarda ularning 
konfiguratsiyasi (shakli) to‘lig‘icha o‘rganiladi, ya’ni panja qismi, oraliq 
qism va tovon izlari aksining holatlari, tovon tuzilishining anomaliyasi va 
nuqsonlarining aksi kabilar. Shuningdek, papillyar chiziqlar, so‘gallar, 
chandiqlar va boshqalarning izlarini o‘lchash ularning uzunligidan 
tashqari, xuddi poyafzal izlarini o‘lchashdagi kabi amalga oshiriladi. 
Izning uzunligini o‘lchashda o‘q chiziq tovon va ikkinchi yoki uchinchi 
barmoq yostiqchasi (do‘mboqchasi) aksining markazi orqali o‘tkaziladi. 


 46 
So‘ngra tovon va bosh barmoq orqa kesigining aksiga o‘q chiziqqa 
perpendikular bo‘lishi lozim bo‘lgan urinma chiziq o‘tkaziladi. Urinma 
chiziqlar o‘rtasidagi masofa izning uzunligi, deb olinadi. Hodisa joyida 
topilgan oyoq izlarini iloji boricha ular joylashgan obyektlar bilan 
birgalikda olish lozim. Ayrim hollarda uning iloji yo‘q, shuning uchun 
oyoq izlarini qayd etishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:  
– hodisa joyida topilgan oyoq yoki poyafzal izlari hodisa joyini 
ko‘zdan kechirish bayonnomasida batafsil qayd etiladi; 
– oyoq izlari yo‘lakchasiga nisbatan bayonnomalarda ular topilgan 
yuzaning ko‘rinishi, qoldirilgan izlar botiq yoki yuzaki ekanligi, izlar 
yo‘lakchasining ko‘lami, ularning yo‘nalishi ko‘rsatiladi. Shuningdek, 
unda izlar yo‘lakchasi elementlarini o‘lchash natijalari – qadamning 
uzunligi, oyoq qo‘yilishining kengligi hamda o‘ng va chap oyoq tovonlari 
burilishining burchaklari; yo‘lakcha hosil qilgan izlarning o‘lchamlari, 
shakllari, joylashuvi va yondosh (yo‘ldosh) izlarning o‘lchamlari qayd 
etiladi. 
Poyafzalning qordagi botiq izlarini suratga olish ancha murakkab, 
chunki ularning yirik va mayda detallari ko‘pincha suratlarda farqlanib 
turmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun qordagi izlar sariq yoki olov rang 
yorug‘lik filtri bilan izoorto, izopanxron, izoxron ko‘rinishidagi 
fotomateriallarga suratga olinadi, fotoapparat obyektiviga esa blenda 
kiydiriladi. 
Bo‘yoq, qon va shunga o‘xshash moddalar orqali hosil bo‘lgan yuzaki 
izlar yorug‘lik filtri yordamida fotosuratga olinadi. Uni tanlash sirtni qabul 
qiluvchi fonga va izning rang xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kulrang izlar 
ustki va yon tomonini yoritish orqali suratga olinadi. Toq konturli yuzaki 
izlar yon tomondan yo‘naltirilgan (yorug‘lik manbai nurlari, izlarning 
joylashuviga nisbatan 20–30 gradus (0S) burchak ostida yuboriladi) 
yorug‘lik ostida fotosuratga olinadi. 
Yuzaki oyoq izlarining nusxasini olish. Changsimon modda (un, bo‘r, 
gips va h.k.)larning qismlaridan hosil bo‘lgan yuzaki izlardan 
daktiloskopik tasmaga nusxa olish mumkin: qora rangli jismlardan hosil 
bo‘lgan izlarni yorqin va yorqin rangdagilarini qora himoya qatlamidan 
ajratilgan daktiloskopik tasma silliq tomoni bilan iz ustiga qo‘yiladi va 
uning ustidan rezina valik yurgiziladi yoxud qo‘l bilan tekislanadi. Tasma 
ajratib olingandan so‘ng, uning silliq tomonida iz hosil qilgan modda 
qismlari qoladi. Tasmaga nusxasi olingan iz himoya qatlami bilan 
yopiladi. 


 47 
Daktiloskopik tasmaning o‘lchami faqatgina yuzaki izlardan noto‘liq 
nusxa olish imkonini beradi (masalan, poshna izi, panja qismining izi va 
h.k.). Changsimon moddalar bilan qoldirilgan oyoq yoki poyafzal 
tagcharmining ko‘rinadigan va yaxshi ko‘rinmaydigan yuzaki izlarini ham 
fotoqog‘ozning jelatinli qatlamiga nusxa olish mumkin. Buning uchun 
fotoqog‘oz oldindan tayyorlanadi: yoritilgani ishlov beriladi (proyavka) 
qilinadi, mustahkamlanadi, yuviladi va quritiladi; yoritilmagani 
mustahkamlanadi, yuviladi va quritiladi. 
Botiq oyoq izlaridan quyma nusxalar tayyorlash. Quyma nusxalarni 
tayyorlashda gips keng qo‘llaniladi. Buning uchun gips bilan suvning 
qorishmasi tayyorlanadi, ushbu qorishma yaxshilab aralashtirilgan va 
quyuqlik darajasiga ko‘ra qaymoqqa o‘xshash bo‘lishi kerak. Bunday 
qorishma 25–30 daqiqa mobaynida quyilib qoladi (qotadi). Agar 
qorishmaga, ishlatilgan gips og‘irligining 1–1,5 % miqdorida mis kukuni 
yoxud xlorli natriy qo‘shilsa, ushbu qorishmaning quyilishi (qotishi) 
tezlashadi. Botiq izlar joylashgan yirik donali sirt ustidan quyuqroq 
qorishma, mayda donali yuza ustidan suyuqroq qorishma quyiladi. Eng 
ko‘p qo‘llaniladigan gipsli qorishma konsentratsiyasi suvning bir og‘irlik 
birligiga birdan ikkigacha bo‘lgan birlik og‘irlikdagi gips to‘g‘ri keladigan 
qorishma hisoblanadi, masalan, 10 gramm suvga 20 grammgacha gips 
ishlatilishi mumkin. Oyoq yoki poyafzal to‘liq izining quyma nusxasi 
uchun 500–600 gramm gips zarur bo‘ladi. 
Gipsli qorishmani izga quyishdan oldin tayyorlov ishlari o‘tkaziladi. 
Izdan begona narsa va moddalar pinset bilan olib tashlanadi. Agar iz 
unchalik chuqur bo‘lmasa, uning atrofi qorishma chiqib ketishining oldini 
oluvchi to‘siq bilan o‘rab olinadi (tuproq, karton bo‘lagi, faner yoki 
boshqa shu kabi narsalar). 
Izlardagi yangi yoqqan qor xuddi yelpig‘ich sifatida harakat qilib, 
faner yoki karton bo‘lagi bilan puflanadi yoxud yumshoq cho‘tka (fleys) 
bilan olib tashlanadi. So‘ngra karkas (sinch) uchun zarur bo‘ladigan 
predmetlar – yog‘och tayoqchalar (ikkita iz uzunligiga teng va bir nechta 
uning kengligiga teng bo‘lgan) hamda yorliq tayyorlanadi. 
Shundan so‘ng, izning tubini qoplashi uchun tayyorlangan gipsli 
qorishmaning taxminan yarmi 3–4 millimetr qalinlikda quyiladi. Quyilgan 
qorishmaga suv bilan ho‘llangan karkas (sinch)lar qo‘yiladi. Yorliq ip 
(bechevka) bilan karkasga qotiriladi va u izning tashqarisiga chiqarib 
qo‘yiladi. So‘ngra izga qorishmaning qolgan qismi quyiladi. Oradan 25–30 
daqiqa o‘tgach, izdagi gipsli qorishma qotib qoladi va tayyor quyma nusxa 
izdan chiqarib olinadi. 


 48 
Quyma nusxaga yopishib qolgan tuproq zarralari suv bilan yuviladi, 
quyma nusxaning o‘zi esa xona haroratida quritiladi. Quyma nusxaning 
mustahkamligini oshirish uchun qorishmaga 10–15 daqiqadan so‘ng, 15% 
li kremniy kislota qorishmasini qo‘shish mumkin. 
Agar botiq izlar suvli bo‘lsa, unda gipsli quyma nusxa 
tayyorlanayotganda gipsni oddiy sepish usulidan foydalanish mumkin. 
Buning uchun izlar qo‘l ostidagi materiallardan to‘siq bilan o‘rab olinadi 
va gips sepiladi, so‘ngra usti tekislanadi. Zarur bo‘lgan hollarda gips 
ustidan qo‘shimcha ravishda suv quyish uchun uning ustiga mato 
qo‘yiladi, mato ustidan undan suv o‘tishi to‘xtamagunga qadar suv quyib 
turiladi. Oradan   25–30 daqiqa o‘tgach, gips qotadi, tayyor quyma nusxa 
chiqarib olinadi va quritiladi. 
Qordagi izlardan quyma nusxalarni tayyorlashdan oldin: gips 
sovutilgan suvda (qor aralashtiriladi) eritiladi va unga osh tuzi (gips 
og‘irligining 1–1,5 foizigacha) solinadi. Shundan so‘ng yirik ko‘zli elak 
orqali izga uning tubini 1,6–2 millimetrcha bo‘lgan qatlam bilan 
qoplaydigan gips kukuni sepiladi. Quyma nusxani tayyorlashning keyingi 
ishlari yuqorida bayon qilingan tartibda amalga oshiriladi. 
Sochiluvchan materiallar (yo‘l changi, un, daryo quruq qumi va 
h.k.)dagi izlar pulverizator orqali sochiladigan maxsus qorishma (100 
gramm spirtda suyultirilgan 6 gramm shellak (lak, plastmassa kabilar 
ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy smola); 90 gramm atsetonda 
suyultirilgan 10 gramm sellyulit yoki 95 gramm spirtda suyultirilgan 5 
gramm kanefol bilan) mustahkamlanadi. Izga shikast yetkazmaslik uchun 
pulverizatorning sepuvchi moslama (soplo)si oldin yuqoriga yo‘naltiriladi. 
Bunday hollarda qorishma mayda zarrachalar ko‘rinishida sochiladi. 
Izning tubi va devorlarida ko‘z bilan farqlanadigan qatlam hosil 
bo‘lgandan so‘ng, bevosita uning tomonlariga yo‘naltirilishi mumkin. 
Qatlam hosil bo‘lgandan so‘ng, bunday izlardan gipsli quyma nusxalar 
odatdagi usulda olinadi. Izlarni mustahkamlash maqsadida kerosin 
qo‘llashga ham yo‘l qo‘yiladi. U pulverizator yordamida izga oldin 80–60 
santimetr, so‘ngra 30–20 santimetr masofadan turib sepiladi. Iz modda 
uning zarralari birlashishini oshiradigan darajada kerosin bilan to‘yinishi 
lozim. To‘yingandan so‘ng oradan 10 daqiqa o‘tgach, izga ehtiyot bo‘lib 
suyuq gips qorishmasi quyiladi. U qotganidan so‘ng izga qo‘shimcha 
ravishda odatdagi tarkibdagi gips qorishmasi quyiladi. 
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida bayon qilinganlarga 
qo‘shimcha ravishda oyoq izlarining erkin (ixtiyoriy) yoxud masshtabli 
surati chizilishi mumkin. Oyoq izlari yo‘lakchasining erkin (ixtiyoriy) 


 49 
yoxud masshtabli surati chizilishi uning umumiy joylashuvini, shuningdek 
yo‘lakcha hosil qilgan alohida oyoq izlarini tasavvur qilish imkonini 
beradi; masshtabli surat – izlar yo‘lakchasi elementlarini muayyan 
masshtabda qayd etishdir. Masshtabli suratni millimetr katakli (to‘rli) 
qog‘ozga chizish qulaydir. Yolg‘iz oyoq izlarini, ularning masshtabli 
suratidan tashqari shishaga yoki shaffof sellofanga qayta chizish tavsiya 
qilinadi. Buning uchun izning ikki tomonidan shisha joylashadigan (uning 
ustiga sellofan ham qo‘yish mumkin) baland bo‘lmagan taxtachalar 
qo‘yiladi. Iz konturlari va uning barcha xususiyatlari shishada mum qalam 
bilan yurgiziladi (shuningdek yuvilib ketmaydigan bo‘yoq yoki 
suyultirilgan shishadan ham foydalanish mumkin). Izlar suratini shishaga 
chizishda to‘g‘ri burchaklar ostiga qarash lozim, yo‘qsa, ular detallarining 
aks etishi buzilishi mumkin. Izlarning suratini chizish daliliy ahamiyatga 
ega emas va faqatgina qidiruv maqsadlariga ega. 
Fotosuratga olish. Oyoq izlarini suratga olish yirik formatli (masalan, 
FK yo‘l kamerasi), kichik formatli (masalan, «Zenit») kameralarida ham 
iloji boricha katta masshtabda amalga oshiriladi. Yo‘lakcha hosil qiluvchi 
izlar yig‘indisi keng qamrovli suratga olish usulida, yolg‘iz oyoq izlarni 
esa masshtabli suratga olish tartibida fotosuratga olinadi. 
Oyoq izlarini fotosuratga tabiiy yorug‘likda olish ma’quldir. 
Amaliyotda ko‘pincha sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Bunday hollarda 
izning o‘zini va uning detallarini yaxshiroq yoritishga erishish uchun ustki 
va yon chiroqlardan foydalaniladi. Yoritish manbalari sifatida impulsli 
fotochiroqdan foydalanish mumkin. 
Poyafzalning hajmiy izlarini olishda qurilish-montaj ko‘piklari va 
germetiklarini qo‘llash imkoniyatlari. Tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, 
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, poyafzal izlarini qayd 
etish va olishning mavjud metodikalarida bir qator kamchiliklar mavjud. 
Ushbu kamchiliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Sovuq havo haroratlarida, qorda qolgan izlarni qayd etish va 
olishning murakkabligi (ayrim hollarda umuman mumkin emasligi). 
2. Izlarni olishga mo‘ljallangan vosita va materiallardan foydalanishda 
maxsus malaka va ko‘nikmalarning talab etilishi. 
3. Poyafzallarning hajmiy izlarini olishda foydalaniladigan vosita va 
materiallar yordamida, O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati 
tomonidan tergov-tezkor guruhining (guruh a’zolarining) hodisa joyida 
izlarni aniqlash, qayd etish va olish qobiliyatlariga qo‘yilayotgan talablarni 
amalga oshirishning qiyinligi.  


 50 
Yuqoridagi muammoni hal etish maqsadida, hodisa sodir bo‘lgan 
joyda poyafzalning hajmiy izlarini olish uchun qurilish-montaj ko‘piklari 
va germetiklardan foydalanish yaxshi samara berishi aniqlangan. Buning 
uchun turlicha iz qabul qiluvchi sirtlarda (5-rasm – chuqurligi 5 sm 
bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 5°S; 6-rasm – chuqurligi 15 sm 
bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 10°S; 7-rasm – chuqurligi 30 sm 
bo‘lgan qor, atrof-muhitning harorati 15°S; 8-rasm – nam qum, atrof-
muhitning harorati musbat; 9-rasm – nam tuproq, atrof-muhitning musbat) 
poyafzalning statik hajmiy izlari hosil qilingan. 
 
 
 
5-rasm. Poyafzalning chuqurligi 5 sm qorda, havo harorati –5°S 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish