A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Avtotransport vositalarining tuzilishi va g‘ildirak



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
3. Avtotransport vositalarining tuzilishi va g‘ildirak 
 shinasining markirovkasi 
 
Transport vositasi iz hosil bo‘luvchi yuza bilan, eng avvalo, o‘zining 
harakatchan qismi – g‘ildiraklari bilan bevosita ta’sir qiladi. G‘ildirak 
izlari ko‘pincha jinoyat sodir etilgan joyda ko‘p uchraydi. Shu bois, 
avtotransport vositalari g‘ildiraklarining tarkibiy tuzilishi elementlarini 
ko‘rib chiqishi lozim. Avtotransport vositasining g‘ildiraklari metall doira 
(disk) va pnevmatik shinadan iborat bo‘ladi. 
Avtotransport vositasining shinasi ? bu g‘ildirak uchun maxsus rezina 
to‘plami bo‘lib, bu pokrishka (g‘ildirakning tashqi qatlami), havo 
o‘tmaydigan yopiq toroidal kamera va gardish tasmadan iboratdir. Kamera 
shinasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, bir nechta tarkibiy qismlarni o‘z 
ichiga oladi. Shuningdek, kamerasiz shinalar ham bo‘lib, ularda kamera 
vazifasini pokrishkaning o‘zi bajaradi. (1-rasm).  


 66 
 
 
1-rasm. Kamerali shina: 
1 – bort lentasi; 2 – yonboshi; 3 – kord qatlamlari; 4 – breker;  5 – protektor; 
6 – yugurish yo‘lakchasi; 7 – karkas; 8 – tovon; 9 – pokrishka borti; 
10 – buruncha; 11 – simli halqa; 12 – qanotning mahkamlash tasmasi. 
 
Iz hosil qiluvchi obyekt sifatida eng ko‘p qiziqishni pokrishka, uning 
qurilishi va tarkibiy tuzilishi uyg‘otadi. 
Pokrishka – kamerani mexanik buzilishlardan himoyalovchi pishiq, 
elastik, rezina kordonli qoplamadan iborat. Pokrishkada protektor va 
chekka yonboshi ajratiladi. 
Protektor – pokrishkaning qalinlashgan tashqi qavati. U harakatlanish 
(yugurish) yo‘lkasi va tuproq ilgich (gruntozasep)lardan iborat bo‘ladi. 
Yugurish yo‘lkasi – protektorning yo‘l bilan aloqa qiluvchi va tuproq 
ilgich (gruntozatsep)larning chekka qirralari orasidagi relyef tasvirga ega 
qismi. 
Protektor yugurish yo‘lagining relyefli tasviri quyidagi elementlarni 
o‘z ichiga oladi: tor va keng ariqchalar, tirqishsimon kesmalar, kertiklar va 
hokazo. Mazkur elementlar relyef tasvirining qadamini tashkil etadi.  
Protektor ko‘rinishining turlari quyidagicha : 
– yo‘lli (chuqurchalar bilan chegaralangan bo‘rtmalar; 
– yo‘naltirilgan (g‘ildirak sirtiga nisbatan nosimmetrik joylashgan); 
– yuqori darajada o‘ta olish qobiliyati (botiqlar bilan ajratilgan baland 
tuproq ilgich (gruntozatsep)lar); 
– karyerali (chuqurchalar bilan ajratilgan turli shaklga ega yirik 
bo‘rtmalar); 
– qishki (bo‘rtmalar chekkalari o‘tkir bo‘ladi); 
universal (bo‘rtmalar yurish yo‘lagining markaziy qismida, gruntil-
gichlar chekkasida bo‘ladi (2-rasm). 


 67 
 
 
2-rasm. Protektor naqshining turlari: 
a –  yo‘lakli;  b – yo‘naltirilgan; v – ko‘p yurishga mo‘ljallangan; 
g –karyerga mo‘ljallangan; d – qishki; ye  – universal. 
 
Harakatlanish qadami – relyef tasvirini tavsiflovchi barcha elementlar 
kuzatiladigan yurish bo‘lagi qismining uzunligi. Qadam doimiy va 
o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda qadamni tashkil etuvchi 
relyef tasvirining elementlari yurish yo‘lagining barcha qismlarida 
o‘zining shakli va hajmiga ko‘ra bir xil bo‘ladi, ya’ni yurish yo‘lagi 
uzunligi bo‘yicha bir-biriga teng maydonlarning muayyan miqdoridan 
tashkil topadi. 
Mototsikllar, motorollerlar va barcha yuk avtomobillarining shinalari 
muttasil qadam tasviriga ega bo‘ladi. Qadam uzunligi 42 mm dan 510 mm 
gacha bo‘ladi. 
O‘zgaruvchan qadam uni tashkil etuvchi relyefli tasvir elementlari 
shakliga ko‘ra bir xil bo‘lsa-da, hajmiga (uzunligi va kengligiga) ko‘ra, 
yugurish yo‘lagining qo‘shni maydonida turlicha, ya’ni yugurish yo‘lagi 
uzunligiga ko‘ra, bir xil bo‘lmagan muayyan miqdordagi maydonlarga ega 
bo‘lishini bildiradi. 
Qadamning o‘zgaruvchan tasviri yengil avtomobillarda yuqori 
tezlikda harakatlanish chog‘ida shovqinni kamaytirish maqsadida yasaladi. 
Qadamning uzunligi 7,5–9 mm dan 120–134 mm gacha bo‘ladi. 
 Kamera – halqasimon elastik rezina truba bo‘lib, uning ichiga havo 
ventili o‘rnatilgan bo‘ladi. Kamera pokrishkaga joylashtiriladi, havo bilan 
to‘ldiriladi va pnevmatik havo yostig‘i bo‘lganligi bois, harakatlanishda 
g‘ildirakning yo‘l notekisligiga urilishini kamaytiradi. 
Gardish tasma – kamera va g‘ildirak gardishi orasidagi qistirma 
(prokladka). Ba’zi turdagi shinalarda umuman bo‘lmasligi mumkin. 


 68 
Ichki bosim (ya’ni kameradagi bosim)ning kattaligiga ko‘ra, ikki 
turdagi shinalar ishlab chiqariladi: yuqori bosimli; past bosimli, ular o‘z 
navbatida ballonli va yuqori ballonli shinalar. 
Yuqori bosimli shinalar (havo bosimi 5 dan 7 atmosferagacha) juda 
pishiq bo‘ladi. Ular og‘ir yuk avtomobillari va avtobuslarda qo‘llanadi. 
Ballonli shinalar 1,75 dan 5,5 atmosferadagi bosimda ekspluatatsiya 
qilinadi ( ya’ni shina hajmi qancha katta bo‘lsa, bosim shuncha katta 
bo‘ladi). Bu shinalar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, yengil va yuk (og‘irdan 
tashqari) avtomobillarda qo‘llanadi. 
Yuqori ballonli shinalar (bosimi 0,8 dan 1,75 atmosferagacha) qum, 
qor, haydalgan yerda yuqori darajada o‘ta olish qobiliyatiga ega bo‘ladi, 
biroq tez yeyiladi, toshloq yo‘llarda esa tez tormozlana olmaydi. 
Hozirgi vaqtda avtotransportning qiyin yo‘l sharoitida harakatlanish 
qobiliyatini oshirish maqsadida pishiq keng profilli shinalar va havo 
bosimini boshqarish imkoniyati bo‘lgan shinalar qo‘llanilmoqda. 
Ravoqli (arkasimon) shinalar oddiy shinalardan o‘zining kengligiga 
ko‘ra ajralib turadi. Ular 2–2,5 baravar keng bo‘ladi. Yuk avtomobilining 
orqa o‘qiga qo‘shaloq shinalarning o‘rniga qo‘yiladi. Bu kabi shinalarda 
havo bosimi 0,5 dan 2 atmosferagacha bo‘ladi. Shu bois, ular ancha-
muncha deformatsiyaga uchraydi va tez yeyiladi. 
Keng profilli shinalar ham oddiy shinalardan keng bo‘ladi, biroq, 
ravoqli (arkali) shinalardan torroq bo‘ladi. Ularning qurilishi pishiqroq 
bo‘lib, ravoqli shinalarga o‘xshash maqsadlarda qo‘llanadi. 
Havo bosimi boshqariladigan shinalar shinalarda havo bosimini yurish 
davomida o‘zgarishtirish imkonini beruvchi maxsus qurilmaga ega 
avtomobillarda qo‘llaniladi («ZIL», «Tatra» va boshq). Masalan, bosim 
kamaytirilganda, shinaning yo‘l bilan aloqa qilish maydoni kattalashadi, 
pirovardida o‘tish qobiliyati yaxshilanadi. 
Shinalar quyidagi o‘lchamlarga ega bo‘ladi: 
a) tashqi diametr; 
b) ichki (qo‘nish) diametri; 
v) profil kengligi (profil balandligi). 
Yuqoridagi o‘lchamlar millimetrlar yoki dyumlarda beriladi (1 dyum – 
25,4 mm). Shina profilining kengligi va ichki (qo‘nish) diametrini 
ifodalovchi sonlar orasiga «–» belgisi, tashqi diametr va shina profilining 
kengligini ifodalovchi raqamlar orasiga ko‘paytirish belgisi – «x» 
qo‘yiladi. 
Masalan, «940x300–500» yozuvi keng profilli shinaning quyidagi 
o‘lchamlarini ko‘rsatadi: 


 69 
– tashqi diametri – 940 mm; 
– profil kengligi – 300 mm; 
– ichki diametr – 500 mm; 
Ravoqli shinalarga ikkita raqamdan iborat ishora qo‘yiladi. Birinchi 
raqam – shinaning tashqi diametri, ikkinchisi – profil kengligi. Raqamlar 
orasiga ko‘paytirish belgisi –  «x» qo‘yiladi. 
Bitta hajmdagi guruhga kiruvchi shinalar modeli (rusumi)ga ko‘ra, bir-
biridan ajralib turadi. Shina modelining asosiy farq qiluvchi belgisi 
protektor tasvirining qurilishi, uning shakli, o‘lchami va elementlarining 
joylashishi, yugurish yo‘lagining kengligi hisoblanadi. Shina modeli harf 
yoki bir nechta harf hamda raqamlar bilan birgalikda ko‘rsatiladi, masalan, 
«M-107», «IK-7», «IYAV-12”. 
Shinani ishlab chiqarishda pokrishkalar yonlamasiga ishlab 
chiqaruvchi zavodlar quyidagi markirovka belgilarini ko‘rsatadilar: 
– zavod nomi yoki mahsulot belgisi; 
– shinaning ishorasi; 
– mahsulot chiqarilgan yil va oy; 
– seriya raqami; 
– maksimal og‘irlikni belgilovchi qavat me’yori; 
– davlat standarti yoki texnik ko‘rik raqami; 
– shina modeli. 
Ushbu barcha belgilar ikkita relyef yozuvlar ko‘rinishida qilinadi yoki 
elektr tamg‘alar bilan kuydirilib bosiladi (ta’mirlanadiganlari). 
 Bundan tashqari, yechiladigan protektorli (RS turdagi) shinalar 
bo‘ladi. Bunday shinalar faqat yuk avtomobillarida foydalaniladi. Ular 
karkas (qobirg‘a) va bitta yoki uchta yechiladigan protektor halqasidan 
iborat bo‘ladi. Yeyilganida ular almashtiriladi, shinalar esa keyinchalik 
ham ishlatilaveradi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish