72
Federatsiyasi ekspert-kriminalistika xizmatlarining amaliy faoliyatida
avtomobil g‘ildirak va tayanchini burilish izlari bo‘yicha aniqlashning
oddiy usuli joriy qilingan bo‘lib, u murakkab hisob-kitoblarni talab
qilmaydi va eng oddiy geometrik o‘lchashlar
va hisoblashlar orqali
topiladi. Mazkur usulning afzalligi shundaki, oldingi va orqa bir xil
g‘ildiraklar proyeksiyalari markazlari orasidagi masofa avtomobil
tayanchining o‘lchamiga teng bo‘lib, avtotransport burilishida o‘zgarishsiz
qoladi.
Avtotransport yo‘li va tayanchini burilish izlari
orqali aniqlash
quyidagi bosqichlarga ega (7-rasm):
1) avvalo, avtomobil burilishining markazi joylashgan orqa o‘qining
chizig‘i, ixtiyoriy olingan to‘g‘ri chiziq (xorda)ga nisbatan chiziladi;
2) ushbu orqa o‘q chizig‘ining avtomobil orqa g‘ildiraklari
izlarining
tashqi (yoki ichki) chetlari bilan kesishgan nuqtalarida ko‘rilayotgan
izlarga urinma (chiziq) o‘tkaziladi, bu urinmalar yuqorida chizilgan
chiziqqa nisbatan perpendikular joylashishi lozim. Bu urinmalar avtomobil
oldi g‘ildiraklari izlarining tashqi (yoki ichki) chetlari (O1, O2)gacha
davom ettiriladi va bu nuqtalar chiziq orqali o‘zaro birlashtiriladi;
3) avtomobil orqa g‘ildiraklarining koleyasi orqa o‘qining chizig‘i
bo‘ylab o‘lchanadi;
4) chiziqning orqa o‘q koleyasini ifodalovchi qismining markazidan,
orqa o‘q chizig‘iga, Op nuqtada O1, O2 chiziq bilan kesishadigan
perpendikular chiziq tortiladi;
5) Op nuqtadan oldingi g‘ildiraklar izlarining tashqi yoki ichki
chetlarigacha, avtomobilning orqa o‘qiga parallel bo‘lgan chiziq
o‘tkaziladi. Ushbu nuqtalar orasidagi masofa avtomobil oldingi
g‘ildiraklarining koleyasini bildiradi.
Avtomobilning bazasi orqa o‘q chizig‘i bilan oldingi g‘ildirak
izlarining ichki (A) va tashqi (V) chetlariga o‘tkazilgan urinmalarning
kesishgan nuqtalari orasidagi masofaning yarmi bilan aniqlanadi:
B=A+V/2. Avtomobilning bazasi yana orqa o‘q chizig‘i va
Op nuqta
orasidagi masofadan ham aniqlanishi mumkin.
G‘ildiraklar soni ularning avtotransport to‘xtagan joydagi
(chuqurliklar, qor ezilib, erib qolgan joylar) orqa tomonga yurishni
qo‘llagan holda, keskin burilish va orqaga qayrilishda hosil bo‘lgan izlar
orqali aniqlanadi.
Orqa o‘qida juft g‘ildiragi bo‘lgan avtotransportlarda ba’zi
sabablarga
ko‘ra bitta g‘ildirak ishlatilishi mumkin, bu o‘z navbatida, g‘ildiraklarning
to‘liq to‘plamini hosil qilmaydi. Avtotransportning bu kabi vaqtinchalik
alomati uni qidirishda qo‘l kelishi mumkin.