A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Poyafzal va odam oyog‘i izlarining identifikatsion belgilari



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
5. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining identifikatsion belgilari 
 
Poyafzal iz hosil qiluvchi obyekt sifatida bir qator identifikatsion 
belgilarga egadir. Bu belgilar poyafzalda uni tayyorlash, kiyish va 
ta’mirlash jarayonida hosil bo‘ladi. Poyafzal o‘zaro biriktirilgan ustki va 
ostki qismlardan iborat. 
Tadqiqot jarayonida poyafzal kaftining tashqi detallari ancha muhim 
trasologik ahamiyatga molikdir. Ular sirasiga tagcharm, tagcharmning 
panja qismi, poshna, nag‘al va baxya kiradi. Tagcharm shartli ravishda 
quyidagi qismlarga bo‘linadi: panja qismi, oraliq qismi va poshna. 
Tagcharm, poshna va panja qismning yon tomoni kesik (chet)lari, deb 
ataladi. Tagcharmdagi kesiklar ichki, tashqi, old (tumshuq) va orqa; 
poshnada – old, yon (o‘ng va chap) hamda orqaga bo‘linadi. Panja qismlar 
tumshuq (panja qismning old qismi), yon (o‘ng va chap; ba’zan ularni 


 40 
ichki va tashqi deb ham atashadi) hamda orqa (poshnaning qarama-qarshi 
tomonidagi) kesiklarga egadir. 
Poyafzal ostki qismidagi identifikatsion belgilarning barqarorligi 
nisbiydir. Vaqt o‘tishi bilan ular qisman o‘zgarishi yoxud yo‘qolib ketishi 
mumkin. Bu tagcharm materialining xususiyati, uning andozasi (modeli, 
fasoni), poyafzalning yeyilishi va unga tashqi omillarning ta’sir 
ko‘rsatishiga bog‘liqdir. 
Poyafzal tagcharmining identifikatsion belgilari umumiy va xususiy 
belgilarga bo‘linadi. Ularning birinchisi tagcharmni to‘lig‘icha; ikkinchisi 
– uning ayrim qismlarini yoki detallarini tavsiflaydi. 
Poyafzal tagcharmining umumiy identifikatsion belgilari quyidagilar 
hisoblanadi: 
 
 
 
3-rasm. Poyafzal ustki va tagcharm old qismining shakllari: 
 
– poyafzal ustki va tagcharm old qismining shakllari (3-rasm); 
– tagcharm old, o‘rta va tovon qismlarining shakllari (4-rasm); 
– tagcharm va uning qismlarining shakli va o‘lchami; 
– tagcharmning panja va poshna qismlaridagi relyefli rasmlarning 
shakli va turlari; 
– tagcharmning panja va poshna qismlarida metall nag‘allarning 
mavjudligi; 
– tagcharmni poyafzalning ustki qismi bilan biriktirish usuli (tikilgan 
tagcharmlardagi kesik chiziqlar, shpilkali-mixli biriktirishda mixlar yoxud 
shpilkalarning mavjudligi); 
– tagcharmdagi relyefli rasmlarning bir xildagi detallari miqdori; 
– tagcharm oraliq qismidagi relyefli belgilar (harflar, raqamlar, firma 
belgilari); 
– tagcharmning yeyilish darajasi; 
tagcharmda standart poyafzallar uchun xos bo‘lmagan rasmlarning 
mavjudligi va h. k. 


 41 
 
 
4-rasm. Turlicha poyafzal tagcharmlarining ko‘rinishi: 
A – uchli poyafzal tagcharmining ko‘rinishi; Б – to‘g‘ri burchakli poyafzal 
tagcharmining ko‘rinishi; Д – tagcharm panja qismining orqa (ichki) kesimi to‘g‘ri 
chiziqli shaklda; Ж – poshna qismining oldi kesimi to‘g‘ri shaklda; В – keng 
aylanasimon poyafzal tagcharmining ko‘rinishi; E – tagcharm panja qismining orqa 
(ichki) kesimi qiya chiziq shaklida; З – poshna qismining oldi kesimi to‘g‘ri shaklda 
egri chiziq (botiq) shaklida;  Г – keng to‘g‘ri burchakli poyafzal tagcharmining 
ko‘rinishi;  E – tagcharm panja qismining orqa (ichki) kesimi yoysimon (botiq) 
shaklda; И – poshna qismining oldi kesimi egri chiziq (qabariq) shaklida. 
 
Poyafzal tagcharmining xususiy belgilari quyidagi hollarda yuzaga 
keladigan belgilardir. 
1. Poyafzalni tayyorlashda: 
–  tagcharmdagi va uning kontur chiziqlari bo‘ylab alohida nuqsonlar, 
ularning tagcharm kesiklari va relyefli suratlari detallariga nisbatan shakli 
va joylashishi; 
– rezinali quyma poyafzallar tagcharmidagi kam ahamiyatli 
chuqurchalar shaklidagi notekisliklar; 
– ayrim joylardagi tagcharm kesiklarining notekisliklari; tagcharmdagi 
shpilkalar, mixlar va vintlar o‘rtasidagi notengliklar; 
– poshnaning old kesigidan tagcharm oraliq qismida joylashgan 
birinchi shpilka (mix, vint)largacha bo‘lgan masofa; 
– rezina poshnalarda shakllangan teshiklardagi mixlar qalpoq-
chalarining holati; tagcharmdagi vintlar, mixlar, shpilkalar va tegishli 
choklar joylashishi (choklardagi qatorlarning miqdori, mixlar, vintlar, 
shpilkalarning miqdori); 
– tagcharm qismlarining kontur chiziqlaridagi relyefli rasmlar 
qismlarining mosligi; relyefli firma belgisi va boshqa belgilar, shuningdek 
ularning ayrim elementlarining tagcharm oraliq qismida joylashuvi; 


 42 
– yelimlangan rezina poyafzaldagi tagcharm o‘rta chizig‘iga nisbatan 
panja qismlari va poshnalar o‘q chizig‘ining holati; bir juftdan iborat 
poyafzal nusxalari o‘rtasidagi tagcharm va uning qismlari o‘lchamidagi 
farqlar. 
2. Poyafzalning kiyilishida: 
– yeyilgan (to‘zigan, titilgan) joylar va ularning konturlarining 
joylashuvi; tagcharmdagi yoriqlar, teshiklar, ularning tagcharmdagi 
kesiklar va relyefli rasmlar detallariga nisbatan o‘lchami, shakli, holati; 
– tagcharmdagi relyefli rasmlar detallarining shikastlanishi; yeyilgan 
joylardagi kesiklar yoni bo‘ylab tagcharm va uning qismlari qalinligi; 
tagcharmdagi tegishli choklarda alohida shpilka, mix yoxud vintlarning 
mavjud emasligi; 
– tagcharmdagi relyefli rasmlari qismlariga nisbatan shpilkalar, mixlar 
va vintlar qalpoqchalarining holati; 
– tagcharmga kirib qolgan turli zarra (bo‘lak)lar (metall qirindisi, 
shlak (toshqol), tuproq va h. k.)ning shakli, kattaligi va joylashishi. 
3. Poyafzalni ta’mirlashda: 
– tagcharm kontur chiziqlariga nisbatan shpilkali, mixli, vintli va 
drapli choklarning holati; 
– shpilkalar, mixlar, vintlarning miqdori va ularning choklar bilan 
o‘zaro joylashuvchi; vintlar, mixlar, shpilka va choklarning joylashishi; 
– tagcharm o‘rta chizig‘i va ularning bir-biriga nisbatan panja qismi va 
poshna o‘q chiziqlarining holati; 
– poshna old kesigi markaziy nuqtasi va panja qismi orqa kesigi 
markaziy nuqtasi o‘rtasidagi masofa; 
– poshna old kesigi shakli tagcharmga u orqali biriktirilgan mixlarning 
holati; 
– tagcharmga biriktirilgan metall nag‘allarning shakli va joylashuvi. 
Oyoq kaftining identifikatsion belgilari. Odam oyog‘i kaftining turli 
identifikatsion belgilari oyoq kaftining anatomik tuzilishi anomaliyasi va 
hayoti davomida olgan shikastlanishlari bilan ifodalanadi. Oyoq kafti 
panja, oraliq, tovon qismlari va barmoqlarga bo‘linadi. Oyoq kaftida 
oyoqning tashqi va ichki chetlari farqlanadi. 
Oyoq kaftining terisi qo‘l panjalari kafti terisi kabi morfologik 
tuzilishga ega. Oyoq kaftidagi papilyar chiziqlar turli naqshlarni hosil 
qiladi. Oyoq kaftida papillyar chiziqlardan tashqari fleksor chiziqlar va 
qisqa burishiqlar – ajinlar, qadoqlar, unchalik katta bo‘lmagan, yoriqlari 
bo‘lgan qotib qolgan teri va boshqa nuqsonlar kuzatiladi. 


 43 
Odam oyog‘i kafti tashqi tuzilishining belgilari umumiy va xususiy 
belgilarga bo‘linadi. 
Oyoq kaftining umumiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: 
– oyoq kafti va uning qismlarining shakli; 
– oyoq kaftining umumiy uzunligi va uning qismlarining kengligi; 
– oyoq kafti oraliq qismi balandligining kattaligi (baland, o‘rta, past); 
– oyoq kafti biror-bir joyining uning barcha yuzasiga nisbatan alohida 
bo‘rtig‘i; 
– fleksor chiziqlar va qisqa burishiq, ajinlarning mavjudligi; 
– oyoq kaftining patologik o‘zgarishi; 
– papillyar naqshlarning turlari. 
Tovon kaftining xususiy belgilari quyidagilar hisoblanadi: 
barmoqlarning bir-biriga nisbatan joylashishi va ular o‘rtasidagi 
oraliqning kattaligi; 
barmoqlar uzunligi, ularning o‘lchami va bukilgan joylarning o‘zaro 
munosabati; 
barmoqlar yostiqchasi markazi va oyoq kafti konturi naqshlari 
o‘rtasidagi masofa; 
oyoq kafti oldingi bo‘limining konfiguratsiyasi; 
notekisliklar va ularning oyoq kafti, tovonning tashqi va ichki 
chekkalari chizig‘i bo‘ylab joylashishi; 
g‘udda, so‘gal, qadoq va boshqalarning shakli, o‘lchami va 
joylashishi; 
fleksor chiziqlar, so‘gal, qadoq va boshqalar tuzilishining detallari; 
teri shikastlanishi – chandiqlarning o‘lchami va shakli; 
terining qotib qolgan joylaridagi yoriqlarning shakli, o‘lchami va 
joylashishi; 
– bitib ketgan barmoqlar, tovon old qismining amputatsiyasi, chizig‘i, 
konturlari; 
– qisqa burishiq – ajinlarning o‘lchami va joylashishi; 
– papilyar naqshlar tuzilishining detallari. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish