A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Poyafzal va odam oyog‘i izlarining ekspertizasida



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
8. Poyafzal va odam oyog‘i izlarining ekspertizasida  
hal etiladigan savollar 
 
Jinoyatlarni tergov qilishda oyoq izlari ekspertizasidan foydalanish 
ularni hodisa joyida o‘rganish bilan cheklanmaydi. Aksariyat hollarda 
oyoq izlari oyoq kafti yoki poyafzal tagcharmi tashqi tuzilishi aks etadigan 
izlardan iborat bo‘ladi. Ushbu izlarga qarab, muayyan shaxs yoki 
poyafzalni identifikatsiya uchun maxsus bilim va tegishli texnik vosita 
zarur. Shu munosabat bilan oyoq izlarining trasologik ekspertizasi 
tayinlanadi. Bu ekspertiza oldiga hal etish uchun quyidagi savollar 
qo‘yilishi mumkin: 
– bir necha hodisa joyida topilgan yakka oyoq izlari bir odam 
tomonidan yoki bir poyafzaldan qoldirilganmi; 
– izlar gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan poyafzaldan qoldirilganmi; 
– oyoq izlari oyoq kaftining nusxa izlari tadqiqotga taqdim etilgan 
muayyan odam tomonidan qoldirilganmi; 
– oyoq izlarida gumon qilinuvchidan olib qo‘yilgan chulki yoki 
paypoqlarning tashqi tuzilish belgilari aks etganmi; 
hodisa joyidan topilgan poyafzalni gumon qilinuvchi kiyganmi; 
hodisa joyidan topilgan izlar yo‘lakchasi elementlari gumon 
qilinuvchining eksperimental izlar yo‘lakchasiga mos keladimi? 
Yuqorida keltirilgan savollar ro‘yxati taxminiy hisoblanadi va ishning 
holatiga qarab ekspertizada hal etish uchun boshqa savollar ham qo‘yilishi 
mumkin. 
G. L. Granovskiyning fikricha, odam oyog‘i va poyafzal izlari 
ekspertizasi oldiga quyidagi savollar qo‘yilishi mumkin: 
1. Hodisa joyidan topilgan oyoq (poyafzal) izlari tadqiqot uchun 
yaroqlimi? 
2. Hodisa joyida qolgan izlar bir poyafzaldan qolganmi yoki har xil 
poyafzaldanmi? 
3. Hodisa sodir etilgan joydan topilgan oyoq izlari shu shaxs 
tomonidan qoldirilganmi? 


 55 
4. Hodisa joyidan topilgan poyafzal (paypoq, uzun paypoq) izlari 
tadqiqot uchun taqdim etilgan poyafzal (paypoq, uzun paypoq) dan 
qolganmi? 
5. Hodisa joyidan olingan poyafzal izlari qaysi poyafzal turiga 
tegishli? 
6. Bu izlar nechanchi o‘lchamli poyafzaldan qoldirilgan? 
7. Iz hosil bo‘lish mexanizmi qanday (yugurayotgandami, turgandami, 
yurayotgandami) hosil bo‘lgan?
1

Oyoq izlari, shuningdek ularga hamroh (yo‘ldosh) izlar tadqiqot 
jarayonida fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa tadqiqotlarga tortilishi 
mumkin. Shuning uchun bunday tadqiqotlarni o‘tkazish tegishli malakaga 
ega bo‘lgan mutaxassislarga topshiriladi. Ko‘pincha, ular oldiga hal etish 
uchun quyidagi savollar qo‘yiladi: 
– hodisa joyidan topilgan oyoq izlari qaysi moddadan hosil bo‘lgan; 
– agar oyoq izlari bo‘yoqdan hosil bo‘lgan bo‘lsa, unda uning tarkibi 
qanday va u ekspertizaga taqdim etilgan bo‘yoq namunasi bilan bir xilmi; 
– gumon qilinuvchining oyog‘idan topilgan modda (chang, loy, 
payraxa va h.k.) hodisa joyidagi izlarda mavjud bo‘lgan moddalar bilan bir 
xilmi; 
– jinoyatchilar tomonidan hodisa joyida qoldirilgan poyafzal patagi va 
tagligi (astari)da mavjud bo‘lgan ter ajratmalari qaysi guruhga tegishli va 
ular gumon qilinuvchining guruhiy ter ajratmalariga mos keladimi; 
– hodisa joyida topilgan botiq izlar gumon qilinuvchidan olib 
qo‘yilgan qo‘ltiqtayoq (hassa, protez oyoq)ning tayanch qismi bilan 
qoldirilmaganmi? 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish