32
– hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan
taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan
eksperimental
izlarning fotosuratlari;
– hodisa joyidagi izlar shu shaxs tomonidan qoldirilgan, degan
taxminlar mavjud bo‘lgan gumon qilinuvchining poyafzalidan olingan
gipsli quyma nusxalar hisoblanadi.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda poyafzalning o‘zi, poyafzal
tagcharmining izlari, izlar yo‘lakchalari, izlarning bir qancha turlari va
izlarning hosil bo‘lish mexanizmlari uchrashi mumkin,
tadqiqot jarayonida
ularni aniq ko‘rsatib berish maqsadida poyafzal va oyoq izlarining
quyidagicha tasniflanishi keltirib o‘tilgan:
1) shaxsiga ko‘ra;
2) turiga ko‘ra;
3) tuzilishiga ko‘ra;
4) izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga qura;
5) izlarning hodisa joyida joylashishiga ko‘ra.
Shaxsiga ko‘ra:
– ayollarniki,
– erkaklarniki;
Turiga ko‘ra:
– fuqarolik (tufli, yarim tufli, botinka, yarim etik, etik);
– sport (keda, shippak, krossovka, maxsus etik);
– sayohatchilar oyoq kiyimi (botinka, keda,
yumshoq rezina botinka,
yarim botinka);
– alpinistlar oyoq kiyimi (maxsus botinka);
– harbiylar oyoq kiyimi (xizmat tuflilari, yarim etik, etiklar).
Tuzilishiga ko‘ra:
– tagcharmi poshnali;
– tagcharmi tekis.
Izlarning hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra:
– hajmiy izlar;
– yuzaki (sirtqi) izlar.
Izlarning hodisa joyida joylashishiga ko‘ra:
–
yakka izlar;
– guruhiy izlar.
Poyafzal va oyoq izlari hodisa joyida joylashishiga ko‘ra, yagona izlar
va guruhiy izlarga bo‘linadi.
Yagona poyafzal yoki oyoq izlari deb, o‘zaro alohida joylashgan
izlarga aytiladi.
33
Guruhiy izlar deb esa – navbati bilan o‘ng va chap oyoqlardan
qoldirilgan izlarga aytiladi va bunday izlar yana «izlar yo‘lakchasi», deb
ham ataladi. Oyoq izlarining yo‘lakchasi – hodisa joyida har bir oyoq
(poyafzal)dan eng kamida uchtadan qoldirilgan izlar majmuidir. Bu izlar
majmuini izlar yo‘lakchasi, deb aytish uchun yuqorida
aytilgan oltita iz
yaxshi ifodalangan, ya’ni bu izlarda ularning zarur o‘lchamlarini aniqlash
imkonini beradigan darajada ifodalangan bo‘lishi kerak.
Trasologiyada oyoq izlari quyidagicha tasniflanadi:
– iz hosil qiluvchi obyektning shakliga ko‘ra;
izlarning hodisa joyidagi joylashiga ko‘ra;
ularning yuzaga kelish mexanizmiga ko‘ra.
Oyoq izlari ularni hosil qiluvchi obyektning shakliga qarab, poyafzal
va oyoq kafti izlariga bo‘linadi. O‘z navbatida, ularning birinchisi
poyafzalning tagcharmi va poyafzal ustki qismining izlariga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: