53
Ko‘pikning sirtiy qatlami qotganidan so‘ng, quyma nusxalar kelgusi
tadqiqotlar uchun olinishi mumkin. Ushbu quyma nusxalar bir kecha-
kunduz davomida 22°S haroratda saqlanganidan so‘ng,
poyafzal izidan
«PU-Montageschaum BAU MASTER» rusumli qurilish-montaj ko‘pigi
yordamida olingan quyma nusxalarning o‘lchamlari 20 % ga kattalashgani
ma’lum bo‘ladi. «KLADEZ steel PRO» rusumli qurilish-montaj ko‘pigi
yordamida olingan quyma nusxalarning o‘lchamlari esa deyarli
o‘zgarmaydi. Quyma nusxada aks etgan izning tagcharmi qismini tadqiq
etish natijasida, unda iz hosil qiluvchi obyektning umumiy va xususiy
belgilari aniq va to‘liq aks etganligi kuzatildi.
Ta’kidlash joizki, iz hosil bo‘lish mexanizmi nisbiy barqaror, real
sharoitlarda izlarning belgilari birmuncha o‘zgarishi mumkin. Ammo,
bunday hollarda yaxlit izning o‘zini emas, balki izning bir bo‘lagi
(fragmenti)ni olish va tadqiq etish mumkin bo‘ladi.
«WELL SILICONE» rusumli silikon
germetikdan foydalanish ham
o‘ziga xos ijobiy xususiyatlarga ega. Havo harorati sovuq bo‘lganida
ushbu germetikning qotishi uzoq vaqt kechadi hamda izlarning elastik
o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo, issiq havoda ushbu
germetikdan foydalanish samarali bo‘ladi.
Poyafzalning statik hajmiy izlarini olish maqsadida zamonaviy
qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklaridan foydalanish bo‘yicha
metodik tavsiyalar. O‘tkazilgan
tadqiqotlar natijasi, poyafzalning hajmiy
izlarini qayd etish va olish uchun qurilish-montaj ko‘piklari va
germetiklaridan foydalanish yaxshi samara berishini ko‘rsatadi. Ushbu
sharoitlar, qurilish-montaj ko‘piklari va germetiklaridan foydalanish
bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqishga asos bo‘ldi:
1. Hodisa sodir bo‘lgan
joyda aniqlangan, poyafzalning hajmiy izlari –
hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasida batafsil ta’riflab yoziladi,
masshtabli usulda fotosuratga olinib,
qayd etiladi, begona moddalardan
tozalanadi.
2. Qurilish-montaj ko‘pikli aerozol balloncha
ishlatish uchun
tayyorlanadi (uni ishlatish texnikasi ballonchada ko‘rsatilgan bo‘ladi).
Odatda ko‘pikni surish uchun ballonchaga maxsus quvur o‘rnatiladi.
3. Ko‘pikni izga 1–2 sm masofadan turib, yupqa qatlam qilib,
ballonchaning quvurchasi egri harakat bilan suriladi. Shu vaqtda ko‘pik
qatlami ustiga yorliqli ip o‘rnatiladi.
4. Izga ko‘pikning qatlami surilganidan so‘ng, 20–40 daqiqa kutib
turiladi (ushbu kutish vaqti havo haroratiga bog‘liq bo‘ladi), quyma
nusxaning qotganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng (havo harorati issiq
54
bo‘lganda, bunday quyma nusxaning qotishi uchun bir kecha-kunduz
kerak bo‘ladi), ko‘pikdan ajratib olinadi.
5. Qurilish-montaj ko‘pigi yordamida olingan quyma nusxani qog‘oz
yoki polietilen xaltachaga solish tavsiya etiladi.
6. Ushbu turdagi obyektlarni mexanik buzilishdan
saqlash choralari
ko‘rilib jo‘natish (transportirovka qilish) lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: