pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat royxatidan otka-
zilganligi togrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan
sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq tolovchilarning va royxatdan otkazilgan joydagi davlat
soliq inspeksiyasining identifikatsiya raqamlari;
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud bolgan taqdirda
bank rekvizitlari.
Oldi-sotdi shartnomasi savdo munosabatlarining xususiyatlariga
va shakllariga qarab, bir necha turlarga bolinadi: ulgurji savdo;
chakana savdo; kimoshdi savdosi; nasiyaga tovarlarni sotish va
hokazolar. Shartnoma predmeti boyicha esa u turar joylarning,
korxonaning, kochmas mulkning, qimmatli qogozlarning oldi-
sotdi shartnomalari, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya,
energiya taminoti va shu kabilarga bolinadi.
Fuqarolarga savdo xizmati korsatishning asosiy fuqarolik-
huquqiy shakli chakana oldi-sotdi shartnomasi hisoblanadi. Chakana
oldi-sotdi oldi-sotdi shartnomasining bir turi sifatida etirof etiladi.
Chakana savdo munosabatlarida bir tomonda sotuvchi sifatida
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar va yuridik shaxslar
qatnashsa, ikkinchi tomonda istemolchi fuqarolar qatnashadilar.
Chakana savdo munosabatlarini odatdagi oddiy tovar ayir-
boshlash harakati sifatida baholab bolmaydi. Bu orinda shartnoma
munosabatlarini boglashdan asosiy maqsad fuqarolarning maishiy
ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. Shartnomaning oxir-oqibat
natijasi savdo xizmati sifati bolib, uning tarkibiga sotilayotgan
tovarlarning sifatigina emas, balki yana istemolchiga tovarlarni sotib
olishda malum qulayliklar yaratish maqsadidagi qoshimcha
xizmatlar, shuningdek, yuqori darajadagi xizmat korsatish
madaniyati ham kiradi.
143
Yuqorida aytib otilganidek, chakana oldi-sotdi shartnomasida
qatnashuvchi taraflar oziga xos maqomga ega: sotuvchi sifatida
yuridik shaxslar (mulk shaklidan qati nazar) va fuqarolar (yuridik
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik bilan shugullanuvchi) hamda
sotib oluvchi sifatida fuqarolar-istemolchilar ishtirok etadi.
«Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi Qonun-
da istemolchi foyda chiqarib olish bilan bogliq bolmagan holda
shaxsiy istemol yoki xususiy xojalikda foydalanish maqsadida tovar
sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda
bolgan fuqaro (jismoniy shaxs) deb tarif berilgan. Barcha rivojlan-
gan mamlakatlar fuqarolik va savdo qonunlarida istemolchining
alohida oziga xos imtiyozli mavqeyi mustahkamlab qoyilgan bolib,
bu «istemolchi har doim haq» degan tamoyilda oz ifodasini
topgan. Haqiqatan ham, har qanday ishlab chiqarish, bozor
munosabatlarining pirovard maqsadi istemolchilarning ehtiyojini
qondirishga qaratilishi lozim. Istemolchi bolmasa ishlab chiqarish
ham, bozor ham mavjud bolmaydi. Boshqa tomondan olganda,
istemolchining manfaatlari inson manfaatlarining aynan ozidir.
Inson istemolchi fuqaro oz hayotida juda kop va xilma-xil
tovarlarga va xizmatlarga muhtoj. Ayni vaqtda, u tovarlarning barchasi
haqida ularning barcha tafsilotlari boyicha malumotlar va bilimlarga
har doim ega emas va zotan, bunga zarurat ham yoq. Binobarin,
inson ozi sotib oladigan tovarlarning xususiyatlari haqida maxsus
bilimga ega emas deb tan olinar ekan (bu holat rivojlangan
mamlakatlar qonunlarida va ish muomalasi odatlarida mustahkamlab
qoyilgan), bu holda zaif tomon istemolchi qoshimcha huquqlarga
ega bolmogi, sotuvchi zimmasiga esa qoshimcha majburiyatlar
yuklanmogi lozim boladi.
Chakana oldi-sotdi shartnomasining muhim oziga xos xususi-
yatlaridan biri taraflarning shartnoma oldidan ozaro aloqalari,
muloqotlari va munosabatlarining huquqiy ifodasi hisoblanadi. Bu
muloqotdan asosiy maqsad istemolchini qiziqtiruvchi barcha
malumotlarni unga bildirish, istemolchining axborotlar olishga
bolgan huquqlarini taminlashdir. Istemolchi nafaqat tovar
haqida, balki ushbu tovarni tayyorlovchi, sotuvchi haqida ham
togri va toliq malumotlarga ega bolishi lozim.
144
«Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish togrisida»gi
Qonunning 5-moddasiga asosan, tovarni ishlab chiqaruvchi va
sotuvchi oz korxonasining nomi, joylashgan (yuridik) manzili
haqida, shuningdek, sotuvchi ish tartibi va savdo qoidalari haqida
ham toliq malumot berishi shart. Ayni vaqtda, ishlab chiqaruvchi
(sotuvchi) istemolchiga ozi realizatsiya qilayotgan tovar haqida
oz vaqtida zarur, togri va tushunarli malumot berishi shart.
Òovar haqidagi malumotlarda quyidagilar korsatilishi shart:
tovar majburiy talablarga muvofiq kelishi shart bolgan
normativ hujjatning nomi;
tovarning asosiy istemol xususiyatlari, shu jumladan, oziga
xos xususiyatlari royxati;
bahosi va sotib olish shartlari;
ayrim turdagi tovarlarning (masalan, oziq-ovqat mahsuloti)
ishlab chiqarilgan sanasi;
ishlab chiqaruvchining kafolat majburiyatlari;
tovardan samarali va xavfsiz foydalanish qoidalari va shartlari;
tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati va ushbu muddat otishi
oqibatlari;
ishlab chiqaruvchining nomi, mulkchilik shakli, royxatga olish
va litsenziya guvohnomasining nomeri;
ishlab chiqaruvchining hamda ular istemolchidan davo qabul
qilishga vakolat bergan, shuningdek, tamirlash ishlarini baja-
radigan va texnikaviy xizmat korsatadigan korxonalarning man-
zillari;
tovarlarni saqlash, xavfsiz utilizatsiya qilish usullari hamda
qoidalari;
agar tovar sertifikatlashtirilishi lozim bolsa, sertifikatga doir
malumotlar.
Òovar haqida notogri malumot berilgan taqdirda yoki bu
malumotlar yetarli darajada toliq bolmasa va buning oqibatida
istemolchi zarur istemol xossalariga ega bolmagan tovar sotib
olishiga sabab bolsa, xaridor shartnomani bekor qilishga va oziga
yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilishga haqli.
Sotib olingan tovar undan kozlangan maqsadda foydalana
olmaslikka sabab bolsa, istemolchi bunday malumotlarning kopi
bilan uch kun ichida berilishini talab qilishga haqli. Agar bu shart
145
bajarilmasa, istemolchi shartnomani bekor qilib, zararning qop-
lanishini (tovar uchun tolangan haqni, tovarni uyga keltirish
boyicha transport xarajatlari va sh.k.) talab qilishga haqli.
Istemolchining tovar haqidagi notogri yoki yetarli darajada
toliq bolmagan malumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash
haqidagi talablari sotib olingan tovarning xossalari va jihatlari haqida
istemolchi maxsus bilimga ega emas, degan qoidaga asoslanib qarab
chiqiladi.
Chakana oldi-sotdi shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi
(Fuqarolik kodeksining 425-moddasi). Buning manosi shuki,
sotuvchi sotish uchun taklif etgan tovarni buning uchun tegishli
haqni tolashga rozi bolgan har qanday shaxs sotib olishga haqli
(agarda qonunga zid bolmasa, masalan, spirtli ichimliklar yosh
bolalarga sotilishi mumkin emas va hokazolar).
Malumki, sotuvchi xaridorlarni jalb etish uchun tovarlarini
keng reklama (targib) qiladi. Reklama qilish sotuvchi uchun muayyan
oqibatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik kodeksining 426-moddasiga
asosan chakana oldi-sotdi shartnomasining barcha muhim shartlarini
oz ichiga olgan holda, tovar reklamasi, kataloglar, shuningdek,
tovarni nomuayyan shaxslar doirasiga qaratilgan boshqa tariflari
orqali tovar taklif qilish ommaviy oferta hisoblanadi. Òovarlarni
korgazmaga qoyish, ularning namunalarini namoyish qilish yoki
savdo bolayotgan joyda sotilayotgan tovarlar haqida malumotlar
(tariflar, kataloglar, fotosuratlar va hokazolar) berish, sotuvchi
tovarni sotishga moljallanmaganligini aniq belgilagan hollardan
tashqari, narxi va oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlari
korsatilgan, korsatilmaganidan qati nazar, ommaviy oferta
hisoblanadi. Binobarin, sotuvchi peshtaxtaga (vitrinaga) qoyilgan
tovarni sotishdan bosh tortishga haqli emas.
Xaridor chakana oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar tovarni
kozdan kechirishga, oz oldida tovarning xossalarini tekshirishni
yoki tovardan qanday foydalanishni korsatishni talab qilishga haqli.
Ayni vaqtda, xaridor tovarning sifatini, butligini, vazni va narxini
tekshirish huquqiga ega. Sotuvchi buning uchun nazorat-olchov
asboblari, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Òuzilgan zahoti bajariladigan chakana oldi-sotdi shartnomasi,
qoida tariqasida ogzaki tuziladi (qonun hujjatlarida belgilab qoyilgan
146
hollar bundan mustasno). Òuzilgan vaqtdan boshlab (oldindan
beriladigan buyurtmalar boyicha, jonatma savdo va boshqa hollarda)
bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi (Qonunning 8-
moddasi).
Oldi-sotdi amalga oshirilganda, istemolchiga kassa yoki tovar
cheki beriladi. Òovarni kassa yoki tovar cheki bermasdan sotish
taqiqlanadi (Qonunning 1-moddasi).
Chakana oldi-sotdi shartnomasining xususiyatlaridan biri shuki,
istemolchi ozi tanlagan tovarni sotib olishdan uning haqini
tolagunga qadar xohlagan vaqtda voz kechishga haqli. Hatto tovar
uchun haq tolanib, tovar maqbul sifatli bolsa (kamchilik va nuq-
sonlari yoq bolsa) ham, biroq tovar ozining shakli, fasoni,
rangi, hajmi yoki boshqa sabablarga kora istemolchiga yoqmasa yoki
istemolchi undan foydalana olmasa, xaridor xarid qilgan kundan
etiboran on kun ichida sotuvchidan uni ayni shunday tovarga
almashtirib olishga, agar bunday tovar bolmasa, pulini qaytarib
olishga haqli.
Òovarni bunday tartibda almashtirishda uning tovar korinishi,
sifati, plombasi, fabrika yorligi bolishi, kassa (tovar) cheki ham
saqlangan bolishi shart. Oziq-ovqat mahsulotlari, zargarlik
buyumlari, dori-darmonlar, ichki kiyimlar, paypoqlar, choyshab,
yostiq jildlari almashtirib berilmaydi.
Qonun istemolchini sifatsiz tovar sotib olishga yoki bir tovarga
boshqa tovarni qoshib sotib olishga majburlashni taqiqlaydi. Boshqacha
aytganda, shartnomaning istemolchi huquqlarini cheklab
qoyadigan va qonunga zid bolgan talablari haqiqiy hisoblanmaydi
(Qonunning 21-moddasi).
Sotuvchi tomonidan istemolchiga sifati lozim darajada bolgan
tovar topshirilishi shart. Òovarni ishlab chiqaruvchi ushbu tovarning
yaroqlilik muddati davomida foydalanish imkoniyatini taminlashi
lozim.
Ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati
mobaynida tovarning tamirlanishi, unga texnik xizmat korsatishni
tashkil etishi lozim.
Fuqarolik kodeksida ham, «Istemolchilarning huquqlarini
himoya qilish togrisida»gi Qonunda ham istemolchiga sifati lozim
darajada bolmagan tovar sotilishi oqibatlari va buning uchun
147
sotuvchining javobgarligi aniq-ravshan belgilab qoyilgan. Bunday
holatda sotuvchi bilan birgalikda tovarni ishlab chiqargan korxona
ham solidar javobgar boladi. Istemolchi oziga qulay bolishiga
qarab, sotuvchiga yoki korxonaga oz talablarini qoya oladi.
Xaridorga sifati lozim darajada bolmagan tovar sotilganda sotib
oluvchining huquqlari oldi-sotdi shartnomasi haqidagi paragrafda
bayon qilingan. Bunga qoshimcha ravishda shuni ham takidlab
otish orinliki, sotuvchi (tovar ishlab chiqaruvchi) tovarning
xavfsiz bolishi uchun ham masuldir. Ishlab chiqaruvchi tovar
xizmat muddati yoki yaroqlilik muddati davomida, agarda bunday
muddat belgilanmagan bolsa, tovar istemolchiga sotilgan kundan
etiboran on yil mobaynida uning xavfsiz bolishini taminlashi
shart. Òovar tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bogliq
bolgan yoki boshqa nuqsonlarni, shuningdek, istemolchining
hayoti, sogligi yoki mol-mulkining xavfsizligini tamin eta
olmaydigan vositalar qollanishi oqibatida istemolchining hayoti,
sogligi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab
chiqaruvchi) tomonidan qoplanishi lozim.
Chakana oldi-sotdi shartnomasining turlariga tovarlarni nasiyaga
sotish, avvaldan buyurtma boyicha sotish, tovarni namuna boyicha
sotish, oz-oziga xizmat korsatish savdosi, avtomatdan foydalangan
holda tovar sotish va shu kabilar kiradi.
Òovarlar nasiyaga sotilganda xaridor doimiy, barqaror va bel-
gilab qoyilgan summadan kam bolmagan daromad manbayiga
ega bolishi shart. Òovar haqini belgilangan muddatlarda tolamagan
sotib oluvchi mulkiy javobgar boladi. Xaridor sotuvchi bilan toliq
hisob-kitob qilgunga qadar ozining doimiy yashash joyini
ozgartirsa, bu haqda sotuvchini ogohlantirishi lozim.
Avvaldan buyurtma berish boyicha oldi-sotdi oziq-ovqat
tovarlariga, shuningdek, transport vositalarining oldi-sotdisida
qollaniladi. Buyurtma bergan xaridor keyinchalik buyurtmani bekor
qilganda sotuvchiga tegishli ziyonlarni tolashi lozim. Buyurtma ogzaki
(asosan, oziq-ovqat tovarlariga), yozma bolishi mumkin. Shartno-
mada belgilangan muddatda xaridorning tovarni qabul qilib olish
uchun kelmasligi yoki boshqa zarur harakatlarni amalga oshirmas-
ligi shartnomadan bir tomonlama voz kechish deb qaralishi mumkin.
148
Òovar avtomatdan foydalanib sotilgan hollarda avtomat egasi
sotuvchining nomi (firma nomi), u joylashgan manzil, ish tartibi,
shuningdek, xaridorning tovarni olish uchun amalga oshirishi zarur
bolgan harakatlari haqida malumotlarni avtomatga joylashtirishi
yoki boshqacha usulda xaridorga taqdim etishi lozim. Bundan asosiy
maqsad xaridor sotuvchining kimligini aniq bilishi va zarur hollarda
unga talab qoya olishini taminlashdir.
Oz-oziga xizmat korsatish savdosida tovar xaridor tomonidan
tanlanib, savdo dokoni idishiga (aravachasiga) solinadi. Xaridor
pulini tolagandan keyin unda mulk huquqi vujudga keladi. Savdo
dokoni xodimlari xaridorlarning shaxsiy buyumlarini tekshirishga,
bunday buyumlarni savdo zaliga kirishda qoldirib ketishni talab
qilishga haqli emas. (Xaridor oz xohishiga kora qoldirganda,
sotuvchi uning saqlanishi uchun javobgardir.)
Òovar mulkdori yoki mulkiy huquq egasi, yoxud ixtisoslashgan
tashkilot kimoshdi savdosining tashkilotchisi bolishi mumkin.
Kimoshdi savdosining tashkilotchisi sud qarorlarini ijro etish uchun
(musodara qilingan, majburiy tartibda haq undirishga qaratilgan
ashyolarga, garov ashyolari va hokazolar) ham kimoshdi savdosi
tashkil etadi.
Kimoshdi savdosi boyicha ixtisoslashgan tashkilot tovar mulkdori
(mulkiy huquq) egasi bilan shartnoma tuzish asosida ish olib boradi,
ular nomidan yoxud oz nomidan harakat qiladi.
Kimoshdi savdosi auksion yoki tanlov shaklida otkaziladi.
Kimoshdi savdosining shakli, agarda qonunda boshqacha tartib
belgilangan bolmasa, sotiladigan ashyoning mulk yoxud mulkiy
huquq egasi tomonidan belgilanadi.
Xaridor sifatida faqat bir ishtirokchi qatnashgan auksion yoki
tanlov otkazilmagan hisoblanadi.
Auksionlar va tanlovlar ochiq yoki yopiq bolishi mumkin.
Ochiq auksion yoki tanlovda hamma qatnashishi mumkin.
Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun maxsus
taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar.
Agar, qonunda boshqacha tartib belgilangan bolmasa,
tashkilotchi kimoshdi savdosi otkazilishi haqida kamida ottiz kun
oldin xabar qilishi kerak. Xabarda kimoshdi savdosining joyi, vaqti
va shakli, kimoshdi savdosiga nima qoyilgani, shu jumladan,
149
kimoshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish tartibi, boshlan-
gich narx haqida malumotlar mavjud bolishi shart.
Umumiy qoidaga kora, kimoshdi savdosi tashkilotchisi auksion
otkazishdan xohlagan vaqtda, lekin u otkaziladigan kundan
kamida uch kun oldin bosh tortishga haqli.
Kimoshdi savdosining tashkilotchisi uni otkazishdan bosh
tortish haqidagi muddatlarga rioya qilmagan hollarda ishtirok-
chilarning haqiqiy (real) korgan zararini tolashi lozim.
Yopiq auksion yoki yopiq tanlovda tashkilotchi kimoshdi
savdosidan qaysi muddatda bosh tortganligidan qati nazar, ozi
taklif etgan ishtirokchilarning real zararini tolashi lozim.
Kimoshdi savdosining qatnashchilari kimoshdi savdosi haqida
xabarda korsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli
tolaydilar. Kimoshdi savdosida qatnashgan, lekin golib chiqmagan
ishtirokchilarga zakalat puli qaytariladi. Golib chiqqan shaxsning
puli tovar bahosi uchun tolanadigan haq tartibiga kiritiladi.
Kimoshdi savdosida eng yuqori narx taklif qilgan qatnashchi
golib hisoblanadi va u bilan oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Golib
bilan tashkilotchi ortasida kimoshdi savdosi natijalari haqida
bayonnoma imzolanadi. Golib bayonnomani imzolashdan bosh
tortsa, bergan zakalatidan mahrum boladi. Agar tashkilotchi
bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, zakalat summasini ikki
barobar qilib qaytaradi.
Qonunda belgilangan qoidalar buzib otkazilgan kimoshdi
savdosi manfaatdor shaxs talabi bilan sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilishi mumkin. Masalan, kimoshdi savdosi haqida
notogri malumot berilsa yoki qatnashchilar oldindan til biriktirib
olgan bolsalar va hokazolar. Kimoshdi savdosini haqiqiy emas
deb topish golib bilan tuzilgan shartnomaning haqiqiy emasligiga
sabab boladi (Fuqarolik kodeksining 381-moddasi).
Birjalar ham oldi-sotdi shartnomalarini tuzadigan maxsus
tuzilma hisoblanadi.
Fond birjalarida qimmatli qogozlar oldi-sotdisi amalga oshiriladi.
Fond birjalarining faoliyati «Qimmatli qogozlar bozorining faoliyat
korsatish mexanizmi togrisida»gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Òovar birjalarida esa mol-mulk sotiladi. Birjalarda oldi-sotdi
shartnomalarining xususiyatlari, eng avvalo, birja faoliyatining oziga
150
xosliklari bilan belgilanadi (kimoshdi savdosi, bitimlarni makler
yozuvlar orqali rasmiylashtiradi, birjada sotishga qoyiladigan mol-
mulklar savdosi va hokazolar).
Birjalarga oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan Fuqarolik
kodeksining tegishli normalari, «Birjalar faoliyati togrisida»gi
Qonun qollaniladi.
Muayyan birjada taqdim etilgan tovarlar oldi-sotdisi boyicha
birja vositachilari ortasida tuzilgan birja savdo-sotiq qoidalariga
muvofiq amalga oshirilgan va belgilangan tartibda birja royxatidan
otgan bitimlar, summasidan qati nazar, notarial idoradan
tasdiqlanmaydi (kochmas mol-mulk, korxonalar oldi-sotdisi
bundan mustasno). Birja bitimining mazmuni (tovarning nomi, narxi,
ijro orni va muddatidan bolak) oshkor etilishi mumkin emas.
Bitimlarda:
bor (mavjud) tovarlarning oldi-sotdi bitimlari, shu jumladan,
tovarlarni darhol berib yuborish yoki yetkazib berish yoxud tovarga
egalik huquqini beruvchi hujjatlar topshirishni ham kozda tutuvchi
oldi-sotdi bitimlari;
forvard bitimlar, yani bor (mavjud) tovarni yetkazib berish
muddatlarini kechiktirgan holda xarid qilish va sotishga doir bitimlar;
fyuchers bitimlar, yani standart kontraktlarga doir bitimlar;
opsion bitimlar, yani tovarlarni yoki tovarlar yetkazib berish
kontraktlarini belgilangan narxlar boyicha kelgusida xarid qilib
olish yoki sotish huquqlariga doir oldi-sotdi bitimlari va sh.k. tuzish
mumkin. Forvard, fyuchers, opsion bitimlar tuzilganda birja
ozining hisob-kitob markazlari orqali bitimlar ijrosini kafolatlashi
shart.
Energiya va boshqa resurslar bilan taminlash
shartnomasining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli
Energiya taminoti shartnomasiga muvofiq, energiya bilan
taminlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga
(istemolchiga) energiya berib turish majburiyatini oladi, abonent
esa qabul qilingan energiya haqini tolash, shuningdek, shartno-
mada nazarda tutilgan energiya istemol qilish tartibiga rioya etish,
tasarrufidagi energetika shoxobchalaridan foydalanish xavfsizligini
hamda ozi foydalanadigan energiya istemol qiluvchi asbob va usku-
151
nalarning sozligini taminlash majburiyatini oladi (Fuqarolik
kodeksining 468-moddasi).
Jamiyat taraqqiyotining otgan asrlarga nisbatan XIXXX
asrlar davomida jadal rivojlanishi shunday darajaga yetib keldiki,
bu davrda energiya taminoti iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur
vositasiga aylandi, chunki bu davrga kelib, mashina va asbob-
uskunalar, uy-joylar, qurilish va ishlab chiqarish obyektlarining
barchasi energiyaga muhtoj bolib qoldi. Shunday sharoitlarda
istemolchilarga energiya berib turishni huquqiy jihatdan tartibga
soluvchi energiya taminoti shartnomasi yuzaga keldi.
Energiyani fuqarolik huquqining obyekti sifatida beradigan
bolsak, u oddiy, bolinadigan, istemol qilinuvchi kochar mulk
ekanligini koramiz. Shuning bilan bir qatorda, energiya ishlab
chiqarish jarayonining uzluksiz ishlab turishligini taminlovchi manba
ekanligini, undan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligini sezamiz.
Albatta, istemolchilarga energiya yetkazib berishning oziga xos
xususiyatlari va birmuncha qiyinchiliklari mavjud, chunki energiya
yetkazib berishda maxsus moslamalarning bolishligi, jumladan,
elektr tarmoqlari, gaz quvurlari, transformator va nasos stansiya-
larisiz bu ishni amalga oshirib bolmaydi. Shuningdek, energiyani
istemol qilishda maxsus moslamalar qollanishligini taqozo qiladi.
Bular injenerlik kommunikatsiyalari, olchov va nazorat qiluvchi
asboblar va energiyadan foydalanishda qollaniladigan xafvsizlikni
taminlovchi asbob-uskunalardir. Energiya bilan taminlovchi hamda
istemolchi (abonent) ortasidagi texnik qurilmalar energiyani
qabul qilish va undan xavf-xatarsiz foydalanishni taminlovchi
vositalar tutashtirilgan tarmoq bolib hisoblanadi.
Energiyani istemolchilarga yagona tutashtirilgan tarmoq orqali
yetkazib berish energiya taminoti shartnomasining eng muhim
belgilaridan bolib hisoblanadi va u aynan shu belgisi bilan boshqa
turdagi shartnomalardan farq qiladi. Masalan, gazni ballonlarda
istemolchilarga yetkazib berishni oladigan bolsak, bu bevosita
mahsulot yetkazib berish yoki bolmasa oldi-sotdi shartnomasi
bilan amalga oshirilishini koramiz. Agar istemolchilarga energiya
manbayi bolgan gaz bevosita tutashtirilgan tarmoqlar orqali
yetkazib berilganda, bu holat energiya taminoti shartnomasi asosida
amalga oshirilishini koramiz. Shu boisdan ham energiya taminoti
shartnomasi juda kop jihatlari bilan oldi-sotdi shartnomasiga
oxshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |