OZBEKISÒON RESPUBLIKASI OLIY VA ORÒA
MAXSUS ÒALIM VAZIRLIGI
ORÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒALIMI MARKAZI
F.H. OTAXONOV, X.V. BURXANXODJAYEVA,
K.E. MANSUROV, N.X. MUHAMEDOVA
XOJALIK (TADBIRKORLIK)
HUQUQI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
Qayta ishlangan va toldirilgan 2-nashri
Òoshkent «ILM ZIYO» 2010
2
Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan
Ozbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga otish davrida iqtisodiyot-
ning turli sohalarini malakali yuristlar bilan taminlash bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.Huquqshunoslik yonalishidagi va boshqa ixtisoslashgan kasb-
hunar kollejlari talabalari ham «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» fanini chuqur
egallashlari lozimdir. Shuning uchun «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» fanidan
yozilgan ushbu darslik kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan dastur asosida
tayyorlandi. Ushbu darslik huquqshunoslik va boshqa ixtisoslashgan kasb-hunar
kollejlari talabalari uchun hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan shaxslar-
ning foydalanishlari uchun moljallangan.
T a q r i z c h i l a r : B. SIROJOV yuridik fanlari nomzodi, Toshkent
yuridik kolleji oqituvchisi;
E. SAYITOV Ozbekiston Respublikasi Adliya va-
zirligining Boshqarma boshligi orinbosari, I dara-
jali Adliya maslahatchisi.
67.404
X-98
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2006-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2010-y.
ISBN 9789943160149
3
KIRISH
Ozbekiston Respublikasi oz mustaqilligini qolga kiritgandan
buyon erkin bozor iqtisodiyoti hamda erkin bozor munosabatlariga
bosqichma-bosqich otish jarayonida xojalik yurituvchi subyekt-
larning huquqiy holati ozgarib bormoqda, shu bilan birga, yuzaga
kelayotgan munosabatlar yangicha mazmun bilan boyib bormoqda.
Buning natijasida turli xojalik yurituvchi subyektlar ortasida vujudga
keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan
qonunlarni qabul qilish va ularni muntazam takomillashtirib borish
taqozo qilinmoqda. Qabul qilingan qonunlar, Ozbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar
Mahkamasining qarorlari mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabat-
larni tartibga solishga qaratilgan.
Xojalik (tadbirkorlik) subyektlari ortasida, iqtisodiyotni bosh-
qarishda xojalik (tadbirkorlik) subyektlari bilan davlat ortasida
vujudga keladigan munosabatlar aynan xojalik munosabatlari
hisoblanib, uni tartibga solishning huquqiy jihatlarini tadqiq qilish
va bu sohadagi huquq normalarini takomillashtirib borish muam-
molarini organib borish «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» fani zim-
masiga tushadi.
Mazkur «Xojalik (tadbirkorlik) huquqi» darsligi Òoshkent
yuridik kolleji va boshqa kasb-hunar kollejlarida talim olayotgan
talabalarga moljallangan bolib, yuqoridagi vazifalarni amalga
oshirishda dolzarb masala va muammolarni yoritishga xizmat qiladi.
Unda amaldagi qonun hujjatlari mazmuni tahlil etilib, xojalik
(tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy tartibga solish ahamiyati ochib
berilgan, qolaversa, darslikda foyda olishga qaratilgan faoliyat
mazmunigina emas, balki istemolchilarning ehtiyojlarini qondirish-
ga qaratilgan faoliyat mazmuni ham keng yoritilgan.
4
Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga
muvofiq, bozor munosabatlariga qaratilgan Ozbekiston iqtiso-
diyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat
istemolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining
teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi.
Mazkur darslikning alohida ahamiyatga molik jihati shundaki,
uning har bir mavzusida iqtisodiyot bilan huquqning aloqadorligi
bir-biriga bogliq bolgan holda ochib beriladi. Mualliflar faqatgina
xojalik (tadbirkorlik) sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil etibgina
qolmasdan, balki oz yechimini kutayotgan muammolarga ham
atroflicha toxtalib otganlar. Bundan tashqari, tadbirkorlik huqu-
qiy munosabatlari xojalik huquqiy munosabatlarining ajralmas
tarkibiy qismi ekanligi ham nazariy, ham amaliy jihatdan darslik
mavzulari mazmuniga singdirilgan va ularning ozaro uygunligi
har taraflama bayon qilingan.
Darslikning amaliy ahamiyati shundaki, uning tegishli
paragraflarida xojalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy tartibga
solishda davlatning roli, bunday tartibga solishning shakllari va
usullari, kichik va orta biznes (tadbirkorlik)ni rivojlantirishga tasir
etish, istemolchilarning huquqlarini turli usullar bilan himoya
qilish masalalari batafsil ochib beriladi.
Iqtisodiyot va huquqning umumiy masalalari bilan bir qatorda
xojalik faoliyatining yuridik shakli bolgan xojalik shartnomala-
rining roli va ahamiyati, qimmatli qogozlar muomalasi, halol
raqobatni rivojlantirish, shuningdek, monopolistik faoliyatni chek-
lashning huquqiy masalalari, investitsiya faoliyatini huquqiy tar-
tibga solish, xojalik nizolarini hal etish usullari kabi masalalar
darslikdan salmoqli orin egallagan.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi asoslari togrisidagi bilim nafaqat
huquqshunoslik sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun, balki
ijtimoiy, texnik, qolaversa tibbiyot kabi boshqa sohadagi oliy, orta-
maxsus oquv yurtlari talabalari uchun ham juda muhim. Chunki,
oquv yurtini bitirgan mutaxassis bugungi kunda xohlasa-xohlamasa
xojalik (tadbirkorlik) faoliyatiga daxldor bolib qoladi, chunonchi,
uning shaxsan ozi xojalik (tadbirkorlik) faoliyati bilan shugul-
lanishiga togri keladi yoki u oz xizmat vazifasini bajarish jara-
5
yonida unga robaro keladi. Xulosa qilib aytganda, xojalik
(tadbirkorlik)ning huquqiy asoslari bilan Ozbekiston Respublikasi
fuqarolarining hayoti chambarchas bogliqdir. Qolaversa, xojalik
(tadbirkorlik) huquqi asoslari boyicha bilimlar majmuyi nafaqat
Ozbekiston Respublikasi xojalik yurituvchi subyektlari faoliyati
uchun, balki chet el investorlarining Ozbekiston hududida faoliyat
olib borishlarining huquqiy jihatlarini ham belgilab beradi.
Mazkur darslikdan xalq xojaligining turli sohalari mutaxas-
sislari, orta maxsus, kasb-hunar kollejlari talabalari hamda iqti-
sodiyot va huquq masalalariga qiziquvchi shaxslar ozlariga kerakli
malumotlarni va bilimlarni oqib, organishlari mumkin.
6
I bob.
XOJALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQI
TUSHUNCHASI, MANBALARI VA
PREDMETI
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasi va predmeti. Xojalik
(tadbirkorlik) huquqi tamoyillari. Fanning boshqa huquqiy fanlardan
farqi. Xojalik (tadbirkorlik) huquqining manbalari tushunchasi va
turlari. Xojalik (tadbirkorlik) huquqiga oid qonunlar va boshqa
huquqiy normalar.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi tushunchasi
va uning predmeti
Xojalik (tadbirkorlik) huquqiga tarif berishdan avval uning
huquq tizimida tutgan orniga toxtalib otaylik. Xojalik (tadbir-
korlik) huquqiga bir tomondan, huquqning mustaqil sohasi si-
fatida, ikkinchi tomondan, qonunchilik tarmogi, uchinchidan,
fan, tortinchidan, oquv predmeti (fani) sifatida qaraladi.
Malumki, xojalik faoliyati, sobiq shorolar tuzumi sharoitida
yagona mulkka va davlat rejasiga asoslangan xojalik munosabatlaridan
iborat bolib, u gorizontal xojalik munosabatlarini xuddi shunday
ularga rahbarlikdan kelib chiqadigan vertikal munosabatlarini oz
ichiga qamrab olgan edi.
Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi yangi-yangi
mulkdorlar guruhini shakllantiradi, tadbirkorlarni keltirib
chiqaradigan bu guruhlar xojalik munosabatlarining mustaqil
subyekti bolib ishtirok etadi. Ular ortasidagi mulkiy munosabat-
larning aksariyati xojalik qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Xojalik
huquqiy munosabatlar doirasi, bozor iqtisodiyotining rivojlanib
borishi bilan birga, borgan sari kengayib boradi, xususan, tovar
ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasida korxonalar, tad-
birkorlar, fermerlar, dehqon xojaliklari, banklar, birjalar va shunga
oxshash boshqa subyektlar oziga xos maxsus faoliyat korsatadilar.
Xojalik huquqi huquq tarmogi sifatida iqtisodiyot sohasidagi
faoliyatni tartibga soluvchi normalar yigindisidan iborat. «Iqtisodiy
faoliyat» atamasi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
7
53-moddasida belgilangan. «Iqtisod» sozi «ekonomika» grekcha
«ekonomos» sozidan olingan bolib, «xojalik» degan manoni
anglatadi. Ushbu termin qonun chiqaruvchi tomonidan Ozbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining «Xojalik faoliyati sohasidagi
jinoyatlar» deb nomlangan XIII bobida qollanilgan. Bundan
tashqari, Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-mod-
dasida «xojalik faoliyati», Ozbekiston Respublikasining «Òad-
birkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»gi Qonu-
nining 18-moddasida «iqtisodiy faoliyat» iboralari qollanilganligini
misol tariqasida korsatib otish mumkin.
jamiyat va
davlat
mahsulot
istemolchilari
korxonalarning
mehnat jamoalari
korxona
mulkdorlari
IQTISODIY FAOLIYAT
(XOJALIK FAOLIYATI)
MANFAATLARINING SUBYEKTLARI
IQTISODIY (XOJALIK) FAOLIYATI
BOSQICHLARI
ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)gacha
bolgan bosqich (royxatdan otkazish,
litsenziyalash, ruxsatnoma olish)
ishlab chiqarish bosqichi (tovar ishlab
chiqarish, ishlarni bajarish, xizmat
korsatish)
ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)dan keyingi
bosqich (soliq xizmati, statistika organlari
oldidagi majburiyatlarning vujudga kelishi)
8
Xojalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy sifatlari
boyicha quyidagicha tasniflanadi:
1. Milliy va xorijiy.
2. Regional va mahalliy.
3. Iqtisodiyot sohalari boyicha.
Jumladan, notijorat munosabatlarni, shuningdek, davlat va
jamiyat manfaatini taminlash maqsadida davlat tomonidan
iqtisodiyotni tartibga solish bilan bogliq munosabatlarni tartibga
solib turuvchi qoidalar yigindisini ozida mujassamlashtiradi.
1
Xojalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat
emas, balki ishlab chiqarishni boshlash uchun bino olish yoki
qurish, joy olish, yoqilgi, xomashyo, asbob-uskunalarga ega bolish
bilan bogliq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shular xojalik
huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bolib, bevosita
daromad (foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham
bogliq boladi. Bular jumlasiga mulkni boshqarish, korxonani tuzish
va tugatish boyicha tashkiliy-mulkiy tusdagi barcha faoliyatlarni
kiritish mumkin.
1
Ìàðòåìüÿíîâ A.Ñ. Õîçÿéñòâåííîå ïðàâî. Ò.1. M.: «BEK». 1994.
125- betlar.
Xojalik subyektlarining ozaro vertikal va gorizontal
munosabatlari guruhlari
Birinchi guruh
xojalik faoliyatini
amalga oshirish
bilan bogliq
munosabatlar
bevosita mahsulot
ishlab chiqarish, ish
bajarish, xizmat
korsatish bilan
bogliq xojalik
faoliyatidir
Ikkinchi guruh
xojalikka rahbarlik
qilishdan kelib
chiqadigan(xojalikni
boshqarishga oid)
munosabatlar
Uchinchi guruh
ichki munosabatlar
har bir korxona,
birlashmaning ishlab
chiqarish tuzilmalari
ortasidagi ichki
munosabatlari shaklida
namoyon boladi
9
Xojalik (tadbirkorlik) huquqining oziga xos xususiyatlari uning
subyektlari bilan ham bogliqdir.
Malumki, rejali iqtisodiyot sharoitida xojalik munosabatlari
faqat korxona va tashkilotlar hamda ularning bolimlari ortasida
vujudga kelar edi. Xojalik faoliyatini alohida fuqaro emas, balki
ularning jamoasi olib borar edi. Fuqaro xojalik faoliyatida tashkilot
jamoasi tarkibida ishtirok etar edi. Ularning bu munosabatlari esa
mehnat huquqi bilan tartibga solinar edi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga otish, avvalo, davlat
mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiy mulkni shakllanti-
rishdan boshlanadi. Alohida fuqaroning xususiy mulk egasi sifatida
etirof etilishi uni tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun
imkoniyat berdi va buning uchun yetarli huquqiy asoslar yaratildi.
Endilikda fuqaro foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida,
tegishli tartibda davlat royxatidan otgan vaqtdan etiboran
tadbirkor maqomiga ega bolgach, xojalik faoliyati bilan boshqa
xojalik yurituvchi subyektlar qatori teng huquqlilik asosida
shugullanish huquqiga ega boldi.
Respublikamizda bozor munosabatlarining bosqichma-bosqich
shakllanib borishida tadbirkorlik faoliyatining, tadbirkorlik
munosabatlari ishtirokchilarining ham roli, tasiri tobora muhim
ahamiyatga ega bolib bormoqda. Jumladan, bu munosabatning oziga
xos xususiyatlari, yani ishlab chiqarishni tashkil etish, tadbirkor-
likni royxatga olish, uni korxona shaklida rasmiylashtirish, hisob-
kitob olib borish, soliq tolash, bozorga tovar, ish va xizmat bilan
chiqish tartibini va qoidasini belgilash, boshqa korxona va tashkilotlar
bilan boladigan ozaro munosabatlarni huquqiy boshqarishni
taqozo etadi.
Agar, muqaddam fuqaroning bozorga chiqishi iqtisodiyotimiz
uchun tasodifiy bir hol bolib va mamuriy huquq qoidalari bilan
boshqarilgan bolsa, hozirgi bozor munosabatlari sharoitida bu
munosabatlar bir butun bolib, tovar ishlab chiqaruvchilar
faoliyatini tartibga soluvchi yagona qoidalar bilan tartibga solinadi.
Demak, korxona, tashkilotlarning, tadbirkorlarning moddiy ishlab
chiqarish va xizmat korsatish bilan bogliq iqtisodiy munosabatlari
bir butun holda xojalik huquqiga oid qonunlar orqali tartibga solinib
turiladigan xojalik munosabatlarining birinchi guruhini tashkil
etadi.
10
Xojalik munosabatlari bevosita foyda olish bilan bogliq
bolmagan holda ham mavjud boladi. Bunday faoliyatga misol sifatida
mulkni boshqarish, idora qilish, korxona tashkil etish, tugatish
bilan bogliq tashkiliy-mulkiy xarakterdagi faoliyatlarni korsatish
mumkin. Ana shu munosabatlar ham bevosita xojalik huquqi
qoidalari bilan tartibga solinib turiladi.
Xojalik subyektlari viloyat, shahar, tuman, mahalliy hokimiyat
idoralari bilan tegishli xojalik faoliyatini tashkil etish va mulkni
boshqarishda ishtirok etadi. Bunday xojalik munosabatlari foyda olish
bilan bogliq bolsa ham, xojalik boshqarishini oz ichiga oladi.
Davlat budjetidagi muassasalar, matlubot jamiyati, xayriya
fondlari va vazifalarini hal etish uchun xojalik munosabatlariga
kirishadigan boshqa muassasalar faoliyati foyda olish bilan bogliq
bolmagan faoliyat jumlasiga kiradi. Bu munosabat tadbirkorlik
faoliyati bilan juda yaqin bolib, shakli jihatdan uni amalga
oshirishdan deyarli farqlanmaydi va shu tufayli xojalik huquqi bilan
bogliq boladi. Bu xojalik munosabatlarining ikkinchi guruhini
tashkil etadi.
Davlat jamiyat manfaatini hisobga olgan holda xojalik faoliyatini
amalga oshiruvchi subyektlarga iqtisodiy tasir etadi, uning
faoliyatini nazorat qiladi. Bu munosabat xojalik huquqi predmeti-
ning uchinchi guruhini tashkil etadi.
Yuqorida korsatib otilgan munosabatlar guruhi bozor iqtisodiga
oid bolgan va davlat tomonidan tartibga solinadigan xojalik
subyektlarining kop qirrali faoliyatini ifodalaydi.
Boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga otish xojalik
munosabatlari togrisidagi va tegishli xojalik huquqi predmeti
haqidagi tushunchaning ham ozgarishiga olib keladi. Chunki,
mamuriy buyruqbozlikka asoslangan xojalik huquqi tizimi
muqaddam faqat davlatga tegishli bolgan korxona, tashkilotlarga
doir xojalik munosabatlariga, shuningdek, kooperativ va boshqa
tashkilotlar bilan bogliq xojalik munosabatlariga xizmat qilgan edi.
Hozirgi kunda esa mulk shakllarining kop xilligi, fuqaro mulklarining
kichik korxona shaklida, dehqon xojaligi, xususiy tadbirkorlik faoliyati
shaklida ishlab chiqarishga jalb etilishi, xojalik munosabatlarining
shakli, hajmi, xarakteri va mazmunini ozgartirib yubormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma uchun majburiy rejali tartib
oz kuchini yoqotadi. Ammo, reja faqat alohida olingan holatlarga,
11
yani davlat ehtiyojlarini taminlashga qaratilgan topshiriqlarni
bajarishga tatbiq etiladigan boladi.
Bozor munosabatlariga otish sharoitida xojalik munosabatlarini
huquqiy tartibga solish bozor uchun tovar ishlab chiqarishga (ish
va xizmat korsatishga) ixtisoslashgan faoliyat bilan bogliq boladi.
Shu sababli har qanday subyekt oziga tegishli mulk yuzasidan
ishlab chiqarish faoliyatiga kirishadi va uni amalga oshirish jarayoni
xojalik huquqi bilan tartibga solinadi.
Xojalik huquqi davlatning ishlab chiqarish faoliyatiga tasir
etishi boyicha kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Bu davlat bilan boshqa subyektlarning ozaro vertikal boyicha xojalik
yuritish munosabatlaridir.
Bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish shaklidagi davlat
rahbarligi, nazorat, idora etish oz xarakterini va xususiyatini yoqotib
boradi. U koproq shartnoma asosida tasir etish usuliga otadi.
Masalan, xojalik yurituvchi subyektlarning ozaro munosabatlari
faqat shartnomaga asoslanadi, korxonalarning oz ichki boginlariga
rahbarlik qilishi ichki xojalik shartnomalariga asoslanadi. Biroq ozmi-
kopmi qabul qilingan rejali hujjat natijasida tashkil topadigan tegishli
munosabatlar va rahbarlik, davlat ehtiyoji uchun davlat buyurtmasi
ustidan mulk egasining nazorat qilish funksiyasi ornatilgan qoida va
tartib yoli bilan davlat tasir chorasini amalga oshirish (ijtimoiy,
ekologik va shunga oxshash) tartibga solishning malum bir yigindisini
tashkil etadi, iqtisodga davlatning tasir etish choralarining yangi
turlari: soliq, antimonopoliya nazorati va boshqalar kelib chiqadi.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqining asosiy tamoyillari
Huquq sohasining barcha tarmoqlari singari xojalik huquqining
ham asosiy va eng muhim tamoyillari mustaqil Ozbekiston
Respublikasi qonunlarida mujassamlashgan asosiy qoidalardir.
Xojalik huquqiga oid tamoyillar respublikamizda bozor munosa-
batlarini tashkil etishda barcha xojalik subyektlarining iqtisodiy
faoliyatini malum bir maqsad sari yonaltirib, huquqiy tartibga
solib turadi.
Xojalik huquqining asosiy tamoyillaridan biri xojalik (tadbir-
korlik) subyektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. U Kons-
titutsiyamizning 53-moddasida oz ifodasini topgan. Bu tamoyilning
bozor iqtisodiy munosabatlarini tashkil etishdagi ahamiyati
12
shundan iboratki, muqaddam iqtisodiy munosabatlar faqat yuqori
turuvchi davlat organlarining direktiv korsatmalari asosida
belgilangan edi. Bunday tartib ishchi, xizmatchi va ziyolilarning
ishbilarmonligi, ijobiy tashabbuskorligi, qisqasi ijtimoiy faolliligiga
tosqinlik qilib kelgan edi. Bozor iqtisodiyotiga otib borish esa,
jamiyat ehtiyojini hisobga olgan holda mulkiy munosabatlarning
ozgarib borishiga, moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirib, mehnat
unumdorligini oshirishga, erkin mehnatning qaror topishiga olib
keldi. Natijada, xojalik subyektlari yuqoridan beriladigan buyruq
yoki korsatmaga asoslanmasdan, balki ular iqtisodiy qonu-
niyatlarga, yani bozor qonuniyatlariga tayangan holda moddiy
ishlab chiqarish va xizmat korsatishda erkin bolib, faqat bozor
talablariga rioya etgan holda iqtisodiy raqobatda mustaqil qatnasha
oladigan boldi.
Xojalik (tadbirkorlik) subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati har bir moddiy
tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat korsatuvchi xojalik subyekti-
ning iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli
organlar orqali himoya qilinadi. Eng avvalo, iqtisodiy manfaat-
larning himoyasi soliq munosabatlarida yorqin kozga tashlanadi.
Jumladan, yangi tashkil etilgan korxonalar va tadbirkorlarga moddiy
jihatdan oz iqtisodini tiklab olishda imtiyozlar berilgan. Bank orqali
ularga qarz berishda va soliq tolashda ham malum bir imtiyozlar
yaratilgan. Xojalik subyektlarining mulkiy huquqlari buzilganda,
qonunga muvofiq himoya qilinadi. Jumladan, xojalik subyektining
mulkiga zarar yetkazilganda, shu zarar tola hajmda zarar yetkazgan
shaxsdan undirib olinadi. Agar, mulk egasining xohishidan tashqari,
mulk qonunga zid holda boshqa shaxsga otkazilganida, bu mulkka
davo qozgatilib, egasiga (xojalikka) qaytariladi. (Fuqarolik
kodeksining 228233-moddalari.) Agar, tosqinlik qilinganida,
unday tosqinliklar bartaraf etiladi. Mulk egasining huquqlari
Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231-moddasida
belgilanganidek himoya qilinadi.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 232-moddasida
belgilanganidek, xojalik subyekti mulkdor bolmasa ham, lekin
mol-mulkka meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, xojalik
yuritish, operativ boshqarish huquqi asosida yoki qonun, yoxud
shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosga kora egalik qilayotgan
13
bolsa ham uning shu mol-mulkka bolgan huquqlari Fuqarolik
kodeksining 228231-moddalari qoidalariga muvofiq himoya
qilinadi.
Xojalik subyektining iqtisodiy manfaatlari ham, huquqi ham
qonun bilan himoya qilinadi. Jumladan, xojalik subyektlari boshqa
shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirishganida ularning
manfaatlarini himoya qilishda monopoliyadan himoyalash tamoyili
muhim ahamiyatga ega boladi. Bu tamoyilning mazmuni tovar
ishlab chiqaruvchilarning va xizmat korsatuvchilarning bozorlarda
erkin harakat qilishini taminlash maqsadida monopolistik faoliyatni
cheklashga, nosoglom raqobatning kelib chiqishiga yol qoymas-
likka qaratilgan chora-tadbirlar olib borilishida namoyon boladi.
Bu sohada Ozbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul
qilingan «Òovar bozorlarida monopolistik faoliyatini cheklash va
Do'stlaringiz bilan baham: |