Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари


TA’LIM – TARBIYA JARAYONIDA O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARNING



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/522
Sana24.02.2022
Hajmi5,98 Mb.
#245093
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   522
Bog'liq
03.Ilmiy to`plam-01

TA’LIM – TARBIYA JARAYONIDA O‘SMIR YOSHDAGI BOLALARNING 
MUAMMOLARNI YECHISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV 
 
D.Bekmuradova – Qashqadaryo viloyati 
XTXQTMOHM “Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi 
Yoshlarimizni mustaqil fikrlovchi faol, shijoatli, o‘ziga ishonuvchan, bilimdon, 
demokratik munosabatlarning sub’ekti qilib tarbiyalashni amalga oshirish uchun
so‘zsiz ijtimoiy psixologiya va uning metotlari muxim rol o‘ynaydi. U tarbiya 


Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари 
61 
jarayonini sof ijtimoiy munosabatlarning maxsuli deb qaraydi. Yangicha fikrlash va
tafakkurning muhim sharti sifatida demokratik munosabatlarga asoslangan muommala 
jarayonini taxlil qiladi. Uning asosida ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi
yangicha "subyekt - subyekt" shaklidagi muomala ustuvor bo‘lishi kerak.
O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat–bu o‘qish, muloqat hamda mehnat 
faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi 
elementar normalarini aniqlash va egallashdir. O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati 
shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysinadi.
O‘smirlarning ota–onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti asosan ularning katta 
bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Ular kattalar tomonidan qilinadigan haq–
huquqlarini cheklashlariga, qarshilik va e’tirozlariga qattiq qayg‘uradilar. Lekin shunga 
qaramasdan u muloqotda kattalarning qo‘llab–quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. 
Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushinishlari uchun yordam beradi. 
Yoshlar bilan ishlashdan avval ularning o‘smirlik xususiyatlarini o‘rganish lozim.
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan 
uziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va 
psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish 
ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik 
balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal 
masalalarning paydo bulishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smirning 
xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqkealarga 
munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur 
va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u muayyan tartib-qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan 
qaraydi.
O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham 
burilishlar seziladi. SHuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi 
muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida 
qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, 
ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. 
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. 
O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq 
tashvishga soladi.
O‘smirning psixik o‘sishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga 
keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik 
kamolotni tahminlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi 
psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.
O‘smirda ruy beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik 
dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi.
O‘smir o‘zining qobiliyati va kuchini to‘g‘ri baholamay turib, murakkab hayotiy 
masalalarni hal qilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli 
kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan 
ko‘ra kattalar bilan bahslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni il
o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslahatiga ehtibor bermaydi. 
Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga qo‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil 



Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   522




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish