Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
57
javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan
iborat deb biladi.
Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, gururiga tegmagan
holda, yakkama-yakka suhbatda bo’lish unga nasihat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy hususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy
birgalikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim
olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko'nikmaga aylantirib
borish lozim. Insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va aqlini peshlaydi.
Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson
asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani
talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e'tiborga olish zarur.
Xulosa qilib shuni ta’kidlaymizki, tarbiyaning samarali bo'lishi ko'p jihatdan
jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog'liq. Ma'naviy va insoniy
sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim
o'rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda
ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O’RNI
Bozorova Yulduz Etolmasovna
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 24-maktab psixologi
Jamiyatdagi o’zgarishlar oilaga ta’sirini ko’rsatganidek, oiladagi o’zgarishlar ham
jamiyatga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi ekan,
uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan jamiyat
manfaatdordir. Oilada ma`naviy va jismoniy yetuk avlodni shakllantirish, yoshlarni
oilaviy hayot qurishga tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish
lozim. Bola tarbiyasida oilaning o’rni juda muhim hisoblanadi.
Oilada sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirish doyicha amaliy ish quyidagicha
amalga oshiriladi:
-maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan
qolda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday
yordamga muqtoj ekanligini belgilash;
-Harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o’rnatishga doir
anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, taqlil etish, ularning tavsifiga ko’ra ota-
onalarni kichik guruqlarga ajratish va tashqis natijalari bilan tanishtirish kabi
faoliyatdir;
-diagnostika asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni
amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oilaviy tarbiyaning o’ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik,
avlod-ajdod xislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida
shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. Har bir oila o’ziga xos bir olam, olam ichidagi va
Do'stlaringiz bilan baham: |