Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
55
uchrashuvlar o‘tkazish, maxsus mashg‘ulotlarda ularning urf-odatlari, madaniyati,
san’ati, tabiati to‘g‘risidagi adabiyotlarni o‘qib berish, suhbat o‘tkazish, rasmlar
ko‘rsatish, video filmlar namoyish etish, turli millat bolalari hayoti to‘g‘risidagi
hikoyalarni o‘qib berish foydali bo‘ladi.
Ma‘naviy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish;
ma‘naviy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;
bolalarning faolligi;
oila va MTTlar tarbiyaviy ta’sirining birligi;
bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, maktabgacha yoshdagi bolalarda ma‘naviy va
axloqiy sifatlarni shakllantirish, shaxs ma’naviy barkamolligining asosini tashkil etib,
bunda bolalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi
axloqiy sifatlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni to‘la qondirishga yordam
beruvchi, pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik ishlanmalarni
tayyorlash va ularni amalga oshirishning mustahkam mexanizmini ishlab chiqish
muammoning amaliy yechimini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.U.Maxkamov. «Axloq-odob saboqlari». Toshkent, 1994 y.
2.O.Xasanboeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” T.2006 yil
3. M.Fayzullaeva, Z.Raximova “Yaxshi odatlar gulshani” Toshkent-2011y.
TARBIYA JARAYONIDA OTA-ONA VA TARBIYACHINING O`RNI
Rasulova SarvinozFarxodovna
Zarafshon shahar 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiya jarayonida sharq didaktikasining
rivojlanishning umumiy va o‘ziga xos jihatlari,
tarbiya jarayonida o'qituvchi,
tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta'lim-tarbiya berish, o'quvchilar bilim, ko'nikma,
malakalarini muttasil oshirib borish, haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar: Ta'lim-tarbiya, ilmu-ma'rifat mahsuli, ijtimoiy, yondashuv,
metodlar, axloqiy, irodaviy, taqlidchanlik, estetik.
Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi
va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta'sir etish imkoniyatini beradi.
Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z
ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari va
turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi,
tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari
mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |