Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
65
hojati yoq. Bog’cha tarbiyasini olgan bola bilan bog’chaga bormagan bolani
solishtirganda, uning fikrlash darajasi o’rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish
qiyin emas”
1
, degan edilar.
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarini
maktabgacha ta'limga joriy etish
sharoitida o’sib kelayotgan shaxslarda maxsus ijodiy salohiyatni rivojlantirish
masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Psihologik-pedagogik
adabiyotlarda
kreativlik
ko'p
holatlarda
shahsiy
harakteristika sifatida ko'riladi va ijodiylik tushunchasi bilan uzviy bog'langan xolda
yoritiladi. Ko'pgina tadqiqotchilar kreativlikka shahsning fazilati sifatida yondashgan
xolda, tanxo va betakror qadriyatlarni yarata olish, noodatiy qarorlarni qabul qila olish
kabi qobiliyatlarini aks etuvchi shahsning chuqur fazilati sifatida ta'rif beradilar.
Olimlarning bunday yondashuvi zamonaviy ta'lim konsepsiyalarida asosiy e'tiborning
ijodiy rivojlangan shahsni rivojlantirishga, uning nostandart qarorlar qabul qila olish,
o'rganilgan va ma'lum, standart fikrlash doirasidan tashqariga chiqa olish, o'ziga
yangilik jixatlarini qamrab oluvchi maxsulot yarata olishiga qaratilganligi bilan
bog'liqdir.
Bu yo’nalishning rivojlanishiga V.N. Druzhinin, A. V. Zaporozhets, A. N.
Leontiev, N. N. Poddyakov, D. B. Bogoyavlenskaya, V. A. Kudryavtsev, O. M.
Dyachenko, A. M. Matyushkin, K. Heller, N. S. Leites, J. Guilford va boshqa olimlar
o’z hissalarini qo’shishgan. Ular o’z ishlarida kreativlikni boshqa psixik jarayonlardan
ajralib turuvchi tafakkurning o’ziga xos jihati sifatida ta’rif berganlar. Ular kreativlikni
bolalarning shaxsiy fazilatlari va ularning tasavvuri bilan bog’laganlar. Ijodiy tafakkur
va ijodiy tasavvur – insonnig ijodiy qobiliyatining muhim tarkibiy qismidir.
Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni shakllanishi uchun eng samarali davri,
chunki aynan mana shu davrda psixik jarayonlar progressive o’zgarishlar (xotira, nutq,
diqqat, tafakkur, tasavvur, idrok) kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi,
qaysining zaminida qobiliyat, moyilliklar shakllanadi.
O’zbek olimlaridan E.G’oziyev, P.Sunnatova, Z.Nishonova tafakkur
psixologiyasi, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash psixo-fiziologik xususiyatlari ilmiy
jihatdan asoslab berishga katta hissa qo’shishgan.
A.V. Zaporojec, N.N. Podd'yakov, A.M. Matyushkin, D.B. Bogoyavlenskaya
L.A. Vengyer, V.N. Drujinin, O.M. D'yachenko psiholog olimlar kreativlikka bergan
ta'riflarida, qobiliyat muammosida kreativlik masalasini bilimlarni qayta ishlash
jarayonidagi umumiy ijodiy qobiliyat sifatida yondashadilar. Bunda ular kreativlik
tasavvur, xayol, gipotezalar tug'ilishi bilan bevosita bog'liq deb xisoblashadi.
Ijodiylik tushunchasining moxiyatini tushunmasdan turib, ijodiy qobiliyatlar
to'g'risida fikr yuritish mumkin emas, ilmiy adabiyotlarning taxlili aynan mazkur masala
bo'yicha ko'pgina: bir-biriga qarama-qarshi fikrlar, g'oyalar, nazariya va hulosalar
mavjudligi ko'rsatdi.
Xozirgi kunda ijodiy qobiliyat muammosiga kamida o’ta asosiy yondoshuv mavjud
bo'lib, ularni quyidagi tarzda ko'rib chiqishimiz mummkin:
1.Intellektga bog'liq bo'lmagan, ijodiy qobiliyat (kreativlik) -mustaqil omildir (K.
Teylor, G. Grubyer, Dj. Gilford, Ya. A. Ponomarev). Bu nazariyaning “yumshoqroq”
yondashish variantida, intellekt darajasi bilan kreativlik darajasi o'rtasida bir muncha
Do'stlaringiz bilan baham: |