Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
406
uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Insonlarda o`z ustida ishlash va vaqtini
mazmunli sarflashga xizmat qiladi. Lekin hozirgi yoshlarimiz mustaqillikga moyilligi
yuqoriligi, befarqlik va o`z vaqtlarini ijtimoiy foydali faoliyatga sarflagilari kelmaslik
kabi salbiy xislatlarning ko`payib borishiga, qaysidir ma`noda, oilada o`zaro
muloqotning yo`qligi cheklanishi kabilar sabab bo`lmoqda desak mubolag`a qilmagan
bo`lamiz. Aynan shu holatlar yoshlar va o`smirlarning xulq-atvorida salbiy
og`ishlarning boshlang`ich sababi va asosi bo`lib hisoblanadi.
Psixologik xizmat doirasida bola tarbiyasidagi salbiy o`zgarishlarni oldini olishda
eng avvalo bolaga ta`sir ko`rsatish zarurligi muhim hisoblanadi. Buning uchun oiladagi
muhitni o`rganish, ota-onaning bolaga munosabatini aniqlash, Oiladagi o`zaro muloqot
darajasini o`rganish va yaxshilashga yordamlashish hamda bolani o`zini o`zgartirishga
tayyorlash, ya`ni,
-turli muhit ta`siridan sarosimaga tushmaslikka
- turli xil qiyinchiliklarni yengib o`tishga o`rgatish lozimdir.
Bundan ko`rinib turibdiki, bolada mavjud noto`g`ri salbiy o`zgarishlarni ruhiy
rivojlanishning me`yor darajasiga yetkazish orqali hamda ota-onaning farzandiga
bo`lgan munosabatini yaxshilash orqali bola tarbiyasidagi qiyinchiliklarni yo`qotishga
erishish mumkindir. Demak, boladagi ruhiy rivojlanish muhim hisoblanib, bu avvalo,
oiladagi muhitni taqqozo etadi. Shu o`rinda buyuk mutafakkirimiz Beruniy bola xulq-
atvorining mo`tadilligi natijasida tan va ruh sog`lomligi , kelib chiqishini ilmiy asoslab
bergan.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasida oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud
emas ekan, u yerda ma`naviy poklik ham bo`lmaydi deb aytadi. Beruniyning bu fikrida
faqatgina tanani toza tutish bilan cheklanish bo`lmaydi, balki ko`proq harakat qilish
kerakligini uqtiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Bu narsa bola tarbiyasida
jismoniy sog`lomlik bilan ma`naviy kamolot o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik,
mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir.
Beruniy ota-onalarga qarata bolani mo`tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga
asosan bolani qattiq g`azablanishdan, qo`rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash
orqali yetilishini aytib, ularni xoxlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan
narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligi uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli
munosabati ularda turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarning paydo
bo`lishi bola ruhiyatiga ta`sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o`sishiga ham
yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishariga ham olib keladi. Aksincha
bola organizimidagi o`zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-xarakatidagi o`zgarishlarni
keltirib chiqaradi.
Dinimizda ham tarbiya borasida juda qimmatli fikrlar keltirilgan bo`lib,
tarbiya dinimizda vojib amal, deb e'lon qilingan. Biz eng ko‘p ishlatadigan tarbiya,
murabbiy so‘zlari Allohning «Rob» ismi bilan bitta o‘zakdan olingani tarbiyachilar, ota-
onalar mas'uliyatini oshirsa kerak, deb o‘ylayman. Demak, bu yengil ish emas. Tarbiya
– faqat ta'sir, tartib yoki nazorat, taftish emas, u ilohiy narsa. Tarbiya farzandni doim
nazoratga olish, kuzatib borish degani, chunki Alloh taolo surai Fotihaning birinchi
oyatida olamlarning robbisi Allohga maqtovlar bo‘lsin, degan.
Bu oyatda Alloh Rob ismini keltirgan. «Robbil a'lamiyn» – butun olamlarning
murabbiysi degani. Agar Alloh murabbiyligi, ya'ni nazorati, kuzatuvini lahza to‘xtatsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |