Фойдаланилган адабиётлар
1.Одам ва унинг саломатлиги И.Павлов
2.Умумий психология Иванов
3.Каронавирус инфо онлайн маълумот.
O`SMIR PSIXOLOGIYASIDA SALBIY SIFATLARNI KELTIRIB
CHIQARUVCHI TA`SIRLARNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI
Latipova Chinnigul Nasriddinovna
Buxoro davlat universiteti 1-bosqich magistranti
Annotatsiya. Mazkur maqolada, o`smir yoshlar tarbiyasiga salbiy ta`sir
ko`rsatadigan sabablar, ma`lumotlar o`rganilgan. Bola xulq-atvorining psixologik
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
405
xususiyatlari, o`smirlarning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga burishda yordam
beradigan diniy tarbiya usullari va sharq mutafakkirlari fikrlari, ularning tarbiyasida
uchraydigan turli salbiy og`ishlardan asrab qolish imkonini beruvchi o`g`itlar keltirib
o`tilgan.
Kalit so‘zlar: tarbiya, oila, barkamol shaxs, ota-ona, muloqot, ruhiy rivojlanish,
moddiylik, fitrat,
Tarbiya uzluksiz jarayon bo`lib, inson dunyoga kelishidan to umrining oxirigacha
davom etadi. Bu jarayon asosan oila tarkibida shakllanadi. Insoniy fazilatlarning qay
darajada shakllanganligi oilada olgan tarbiyasiga qarab belgilanadi. Bugungi kunda
jamiyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri kelajak avlodni komil, yetuk,
barkamol shaxs sifatida shakllanishini ta`minlashdan iboratdir. Afsuski, ayrim
o`smirlar orasida salbiy sifatlar avj olib ularning tarbiyasi va psixologiyasiga o`z
ta`sirini ko`rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda yoshlarimiz orasida hech birimizga xush
kelmaydigan so`z ya`ni “tarbiyasi og`ir” yoki “noqobil bolalar” iborasining ishlatilishi
achinarli holat bo`lishiga qaramay, bu muammolar tez-tez uchrab turishi va ular
sonining keskin ortishi ta`kidlanadi.
Xo`sh yoshlarimiz, o`smirlarimiz orasida yuqoridagi moammolarning kelib chiqish
sabablarini nima bilan bog`lashimiz mumkin? Salbiy sifatlarning kelib chiqishiga asosiy
sabab nimada? Bu muammolarni bir qancha tashqi sabablar bilan bog`lab ko`rsatish
mumkin, ya`ni
1. Hozirgi vaqtda axborot oqimining juda yuqoriligi(uzluksiz televizor ko`rish,
kompyuterdagi har xil o`yinlar epizodlariga taqlid qilish va internetdan notog`ri
foydalanish yoki norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o`zlashtirish),
2. Yoshlarning oila, ota-ona e`tiboridan chetda qolishi,
3. Oiladagi iqtisodiy yetishmovchilik yoki krizis .
Bu muammolarga asosiy tub sababini olib qaraydigan bo`lsak oilada
“MULOQOT” munosabatlarining yo`qligi va chegaralanib qolishi deb ko`rsatsa bo`ladi.
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgani sari insonlarning o`zlari ham,
ularning bir-biri bilan bo`ladigan munosabatlari ham, shaxslararo munosabatlar
orasidagi eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, shu
bilan birgalikda o`ziga xos tarzda murakkablashib bormoqda. Bularning sababini
hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va texnik
jarayonlarning jadal joriy etilshi deb qarash mumkin, ya`ni texnik texnologiyalarning
jadal sar`atlarda rivojlanishi inson oldiga o`ziga xos tarzda talablar qo`ymoqda.
Masalan: bundan 100 yil oldin ota-bobolarimiz yerga ishlov berishi uchun hech qanday
texnik texnologiya mavjud bo`lmagan va ulardan foydalanmagan ya`ni qo`l kuchi bilan
oila a`zolari bilan birgalikda yumushlar bajarilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, oila
a`zolari bilan birga olib borilgan mehnat oilada o`sib kelayotgan farzandlarning
tarbiyasiga o`ziga xos tarzda ijobiy , o`rnak namuna sifatida xizmat qilgan. Qolaversa,
birgalikdagi mehnat jarayonida oilada muloqot shakllangan. Bu muloqot oilada
farzandlar tarbiyasiga o`zining ijobiy xislatlarini tarkib topishiga zamin hozirlagan.
Endi, shu holatni, bugungi kun bilan ko`rib chiqadigan bo`lsak, hozirgi kunda
texnik-texnalogiyalarning yuqori sur`atda rivojlanishi har bir inson uchun qulayliklar
yaratmoqda. Biror yumushni bajarish kerak bo`lsa qo`l mehnati yoki inson kuchidan
foydalanish shart emas. Texnikaning o`zi yetarli. Albatta bu holat quvonarli va barcha
Do'stlaringiz bilan baham: |