BOLANING (SHAXSNING) JISMONAN, AQLAN VA RUHAN
RIVOJLANISHIDA SPORTNING AHAMIYATI
Risbayeva Nazira Tadjikulovna
Guliston olimpiya zaxirlari kolleji sport psixologi
“Har qanday rag’bat va mukofotlar bolaning yanada yuqori cho’qqilarga
erishishiga sabab bo’ladi!”
Albatta har bitta ota-ona borki, farzandi dunyoga sog’lom tug’ilashini va
sog’lom bo’lib voyaga yetishini istaydi. Jismonan, ruhan va aqlan sog’lom bo’lib
voyaga yetgan, baquvvat, chiniqqan farzand har qanday oilaning, ota onaning orzusidir.
Bola esa o’z o’zidan har tomonlama sog’lom, baquvvat va chidamli bo’la olmaydi. Bu
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
414
esa ota-ona, oila va atrof-muhitning o’z tasiriga bog’liq bo’ladi. Buning uchun bolaning
dunyoga kelishi bilanoq o’sayotgan organizmda tashqi muhit bilan moslashtira olishni
o’z vaqtida o’rganish va uni imkon qadar amalga oshirish lozim bo’ladi. Aks holda
yuqorida kutilgan natija o’z samarasini bermasligi mumkin. Birinchi navbatda bolani
tabiiy muhitga moslashtirish zarur. Ya’ni bolani issiq va sovuq ob-havo iqlimiga
organizmini moslashtirish orqali chiniqtirish mumkin. Organizmi chiniqqan bola
shamollashdan qo’rqmaydi, har qanday ob-havoda bemalol yuradi va jismonan sog’lom
bo’lib voyaga yetadi.
Bolaning jismonan sog’lom bo’lib voyaga yetishida sportning ahamiyati katta.
Sport inson hayoti davomidagi faoliyat turlaridan biridir. Yoshu qari borki umri
davomida sport bilan shunchaki xavaskorlik yoki professional shug’llanadilar.
Xavaskorlik bilan sportda shug’ullanuvchilar hayoti davomida turli sabablar bilan
shugullanishlari kuzatiladi. Masalan sog’ligini tiklash yoki qiziqish bilan, yani biron bir
sportchiga yoki sport turiga qiziqishi ustun bo’lsa, yana biron bir insonning taklifi va
maslahatiga ko’ra sport bilan shug’ullanadilar. Xavaskorlik bilan shug’ullanuvchi
sportchilar turli sabablar tufayli ham hammasi sport bilan umrining oxirigacha
shug’ullanishi yoki ko’p vaqt davomida shugullanmasligi yoki butunlay sportni tark
etishlari ham mumkin. Sport bilan shug’ullanishning dastlabki bosqichi asosan
bolalarda kuzatiladi. Ularda sportning turli yo’nalishiga qiziqishi mavjud bo’lib,
muayyan bir sport turini qat’iy tanlashi qiyin. Bola sport turini tanlashda eng avvalo
atrofdagi muhit sabab bo’ladi: oilada biror shaxsning sport bilan shug’ullanishi, tabiiy
shart-sharoitlar yoki biror sport bazasining yashayotgan uyiga yaqinligi va boshqa
sabablar. Lekin bolani sport turi bilan shug’ullantirishda eng avvalo bir qancha
omillarga e’tibor qaratish lozim. Masalan bolaning jinsi sport turini tanlashda eng
muhim omillardan biridir. Chunki ayrim sport turlari bolaning jinsiga qarab bir biridan
ancha farq qiladi. Masalan o’gil bolalar uchun ko’proq murakkab sport turlari tanlanadi.
Masalan, kurash sport turlarining barchasi (kurash, belbog’li kurash, erkin kurash,
dzyudo, yunon-rum kurashi, sambo), og’ir atletika, futbol, boks, karate, taekvondo,
velosport, qo’l jangi kabi sport turlari bilan asosan dunyo miqyosida ko’proq o’gil
bolalar shug’ullanishi kuzatilagan. Tabiatan esa erkak jins vakillari nisbatan ayollarga
qaraganda jismonan ko’proq kuchlidirlar. Chunki ushbu sport turlarida o’ta katta kuch
talab etiladi. Shuning bilan birga ushbu sport turlari bilan shugullanuvchilar o’z o’zidan
tanlagan sportiga ham tashqi tomondan va ruhan ma’lum vaqt davomida moslashadilar.
Masalan jangga tushganda yoki mashg’ulot davomida olgan tan jarohatlari hatto bir umr
o’z izini qoldirshi mumkin. Hatto o’ta og’ir olingan tan jarohati tufayli sportdan
butunlay xayrlashganlar ham kuzatilgan. Bunday murakkab bo’lgan sport turlarida
shug’ullanuvchilar fe’l-atvori ham ma’lum darajada o’zgarishi mumkin. Ya’ni qo’pol,
jaxldor, baqiroq bo’lib qoladilar. Hattoki o’z kuchini nafaqat jang maydonida, balki turli
muhitda o’zi bilmagan yoki atayin ham oshkora namoyish etishi va buning natijasida
ko’plab ko’ngilbuzarlik holatlarini yuzaga keltirb chiqarishlari mumkin. Bunday sport
turlariga bolaning qiziqishi bugungi kunda OAV orqali namoyish etiladigan sport
musobaqalari yoki turli jangovar kinofilmlar, komryuterda o’ynaladigan jangovar
o’yinlar ham ko’p sabab bo’lmoqda. Lekin ushbu sport turlariga qiziqishi
uyg’onayotgan bolani nima maqsadda shug’ullanmoqchi ekanligini ota-onalar o’z
vaqtida bilishlari va unga to’gri yo’l-yo’riq ko’rsatishlari va doimiy nazorat qilishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |