Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари 415
maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida bola boshqa sport turini tanlashi yoki sport
bilan qonun-qoidalariga rioya qilgan holda shug’ullanishi mumkin. Ba’zi ota-onalar esa
ushbu sport turlarini inson hayotiga xavfli deb biladilar va farzandining qiziqishini va
xoxish istagini so’ndiradilar. Bunday holatlarda esa farzandlarning ichki xis tuyg’ulari
va kechinmalari turli ko’rinishda o’tadi: ba’zi bolalarda vaqtinchalik bo’lib, ular bunga
tez ko’nikadilar va boshqa sport turini tanlashi va qiziqishi paydo bo’lishi yoki butunlay
boshqa faoliyat bilan shug’ullanishni davom ettirishi mumkin, ba’zi bolalarda esa
bunday taqiq uni uzoq vaqtgacha umidini uzolmaydi va asta-sekin o’z qalbini
jarohatlaydi. Bu esa ba’zi farzandlarning hayoti va kelajagi uchun juda katta salbiy
ta’sir qilishi mumkin. Masalan o’qishga bo’lgan qiziqishining so’nishi, do’stlari
davrasidan qochishi, qo’rs va qo’pol, ishyoqmas va umuman olganda hayotga bo’lgan
qiziqishini so’ndirishi mumkin. Bu esa inson hayoti faolyatidagi katta fojeadir. Chunki
shunday insonlar toifasi borki, ularga bolalik davridagi eng katta orzularidan birining
mahrum bo’lishi ular uchun butunlay boshqa bir hayotni boshlab beradi. Hayotga va
yashashga boshqacha nazar bilan qarashni boshlaydilar. Hattoki bunday holatlar ba’zi
insonlarda qalbi va ongida boshqalarga nisbatan nafrat tuygusi uyg’onishiga sabab
bo’ladi. Buning oqibatida esa bunday insonlar nafaqat o’zi, balki atrofidagi boshqa
insonlarga ham o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Shuning uchun har doim ham ota-
onalar farzandlarining hoh sport faoliyati bo’lsin yoki boshqa faoliyat bilan qiziqib
qolib shug’ullanmoqchi bo’lsa, avvalo farzandining kelajagi va salomatligi uchun
astoydil birgalikda qiziqayotgan faoliyat turi bilan yaqindan tanishib, birgalikda ushbu
faoliyat turi bo’yicha joylarga borib kuzatishlari va o’rganishlari maqsadga muvofiqdir.
Zarur bo’lsa ushbu faoliyat bo’yicha maxsus mutaxassislar bilan maslaxatlashish lozim.
Bu esa ota-ona va farzandning kelajagi va salomatligiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Mutaxassis tavsiyasi bilan bolaning tanlagan sport turi yoki umuman boshqa
bir faoliyat bilan shug’ullanishi yoki umuman davom ettirmasligi ham mumkin. Chunki
mutaxassis bolaning tanlamoqchi bo’lgan sport faoliyati uning kelagakda salomatligiga
salbiy ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bolada boshqa faoliyat bilan shugullanishi
uchun iqtidor va qobiliyatini aniqlab, to’g’ri tushuntirishlar, maslahat va yo’l-yo’riqlar
ko’rsatib berishi orqali fikrlarini va dunyoqarashini o’zgartirishi va yoki aksincha
bolaning harakatlarida qiziqqan va tanlagan sport turi bilan aynan to’g’ri tanlaganini va
ushbu faolyat bilan davom ettirishiga imkon beradi.
Bolaning sport faoliyati bilan oz vaqt shug’ullanganmi yoki ko’p vaqt davomida
shug’ullanmoqdami uni har doim ham qo’llab quvvatlamoq lozim. Chunki har qanday
rag’bat va mukofotlar bolaning yanada yuqori cho’qqilarga erishishiga sabab bo’ladi.
Shunday holatlar ham kuzatiladiki, bolaning xohish istagi emas ota-ona yoki biror oila
a’zolarining xohishiga qarab bolani majburan sport faoliyatiga shug’ullantirishga
harakat qiladilar. Bu esa bolaning sport faoliyatiga qiziqishi ma’lum vaqt davomida
ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Bunday holatlar oilada yoki sulolada
sport yoki biror faoliyat turi bilan ko’p yillar davomida shug’ullanib kelgan oilalarda
kuzatiladi va bu aksariyat hollarda bolaning faoliyat turi bilan shug’ullanishi ijobiy
natijalar ko’rsatgan. Chunki sport yoki biror faoliyat turi bo’lsinki, bu – nafaqat alohida
shaxslarning, balki, butun boshli bir oila, sulola, qolaversa jamiyat va davlatning sha’ni
va obro’sini yuksaklarga ko’tarishga sabab bo’luvchi ijtimoiy hodisadir.