Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
388
BOLA SHAXSIDA SALBIY O’ZGARISHLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI
TASHQI TA’SIRLARNING PSIXOLOGIK-PEDOGOGIK ASOSLARI
Jo’rayeva Shahnoza Shokir qizi,
O’zbekiston Milliy Universiteti talaba
Kalit so’zlar: stress,
biologic, omil, normal o’sish, psixolog, ruhiyat, irsiyat,
muloqot, rivojlanish, jinsiy tarbiya, ruhshunos, tashqi omil, intellect, kognitiv, tafakkur,
xotira.
Inson tug’ilganidan to umrining oxirigacha rivojlanishda bo’ladi. Inson
rivojlanishi murakkab jarayon. Bu rivojlanish tashqi ta’sirlar va ichki kuchlar ta’sirida
kechadi. Tashqi ta’sirlar bu insooni o’rab turgan atrof-muhit bo’lsa, ichki ta’sir esa
biologik, irsiy omillar hisoblanadi. Bolalarda ham xuddi shunday kechadi.
Bola shaxsining shakllanishida, ijtimoiylashuvida
ijtimoiy muhit muhim
ahamiyatga ega. Bola sekinlik bilan ijtimoiy muhitni o’zlashtiradi. Aksariyat bolalar
rivojlanishi dastlab oilada boshlanadi, keying rivojlanshi esa maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab, oliygoh, atrofidagi do’stlari davrasida kechadi. Bola doimo o’zi
uchun qulay bo’lgan, atrofdagilari uni tushunadigan, yaxshi aloqa o’rnata
oladigan
muhitni tanlaydi.
Bola shaxsining rivojlanishidagi dastlabgi “hududi” bu - oila. Bolaning
shaxsining rivojlanishida oila muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin shunday bo’lsa-da,
oilada bola shaxsida salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi bir necha omillarni
kuzatishimiz mumkin. Misol tariqasida shularni aytishimiz mumkin-ki, ota-ona ajrimi,
moddiy
yetishmovchilik, otasi bilan yoki bo’lmasa onasi o’rtasidagi tushunmovchilik,
oilada e’tiborning yetishmasligi, ota-onaning farzandlariga baravar muomulada
bo’lmasligi kabilar.
Ota-ona ajrimini ta’sir ko’satishini aytadigan bo’lsak, buning natijasida bolaning
oilada ota yoki onasining mehriga to’ymasligi, tengdoshlari yonida kamsitilishi o’ziga
bo’lgan ishonchning yo’qolishiga olib keladi. Bolaning dunyosi ikki qismdan iborat:
biri otasiga, boshqasiga onasiga tegishli.
Bu ikki qism ajrab ketsa, usha ikki dunyosi
parchalansa, bola ham haqiqiy iztirobni boshdan kechiradi. Katta yoshlilar buni yodda
saqlashi zarur. Usha holatda bolaning boshi og’riy boshlaydi, qo’rqinchli
tushlar
ko’radi. Ayrim vaziyatlarda o’zi uchun qaltis harakatlarni qilib, natijada biror joyiga
zarar ham yetkazishi mumkin.
Bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan muhim “hudud”lardan yana
biri bu - maktab hisoblanadi. Bu bosqichning boshlang’ich sinfdan boshlab yuqori
sinfgacha mujim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinfda ko’proq
bolaning nutqini
rivojlantirishga e’tibor qaratishga kerak. Agar e’tibor qaratilmasa salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin ya’ni muloqotga kirishga qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Shuningdek maktab davrida bola shaxsining rivojlanishi uchun muhim hisoblangan
tafakkur, intellekti, diqqat, kognitiv faoliyatini, xotirasini
ayniqsa shaxslararo
munosabatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Shaxslararo munosabat jarayoni ya’ni
bolaning atrofdagi kishilar bilan muloqoti, aloqasini rivojlantirish tufayli bolaning