Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
390
goh avvalo yolg’iz bolam deb, qimmatbaho kiyim-kechak, qizlarga rang-barang
taqinchoqlar olib beradilar. Bu bolalarda takabburlik, xudbinlik, kibrli yashash kabi
illatlar keltirib chiqaradi.
Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda bolani umuman shaxsni ma’lum
maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayoni hisoblanadi. Jamiyat
ma’naviyati va shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik,
iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari fazilatlar o’z-
o’zidan shakllanmaydi. Yuqorida aytib o’tganlarimizning asosida oila, maktabgacha
ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar tizimlarida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya
mazmuni yotadi.
O’sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos, barkamol inson bo’lib
shakllanishlari uchun ijtimoiy tarbiya ya’ni, aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat,
estetik, huquqiy, ekologik, iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etish bola shaxsining
rivojlanishiga albatta ijobiy ta’sir ko’rsata oladi va biz kutgan natijani beradi.
Hayot qarama-qarshiliklardan iborat. Ko’pincha qandaydir yangiliklar yaratilishi,
muhim ishlarning oshirilishi turli qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar haqida shunday qarama qarshi fikrlar ko’plab uchraydi.
Kompyuter, mobil telefon, planshet va smartfonlar foydalanuvchilarga yordam berish
maqsadida hayotimizga kirib kelgan bo’lsa, endi hayotimizning bir qismiga aylandi
desam adashmayman.
Hozirgi kunga kelib, nafaqat kattalar balki jajji bolajonlar ham ulardan foydalana
boshladilar. Ma’lumki, go’dak dunyoga kelgan kunidan boshlab onasi bilan emotsional
bog’liq. Ko’pincha go’daklik chog’idanoq atrof-olamni faqat onasi orqali taniy
boshlaydi. Bugungi kundagi yosh onalarimiz esa farzandlarining dunyoga kelgan
dastlabki kunlaridanoq go’daklari ko’z oldida zamonaviy qurilmalardan foydalanadilar.
Hatto smartfon kabi mobil telefon bilan birga “nafas oladilar”. Bunday holat tabiiy-ki
bola ulg’aygandan so’ng ham davom etadi. Ayrim ota-onalar o’z ishlarini bajarib olish
uhun bolalarning qo’liga mobil telefon berib qo’yadilar.
Bunday holatlarning tez-tez takrorlanishi bir necha omillarga sabab bo’lishi
mumkin. Bular: bola boshqalar bilan munosabat jarayonida qiyinchiliklarga duvh
keladi.doimo qiziqarli multifilm yoki o’yinlar bilan shug’ullanish imkoniyatini taqdim
etadigan qurilmalarga bog’lanib bog’lanib qolish odati shakllana boshlaydi. Haqiqiy
hayotdagi rivojlantiruvchi o’yin va kitob o’qib erish kabi mashg’ulotlardan bahra
olmaganlillari sababli qiziqish mavjud bo’lmaydi, kelgusi o’qish, dars tayyorlashlarida
qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu tariqa onalarimiz farzandlarining tarbiyaviy
jarayonlarida xatoga yo’l qo’yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |