Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
333
PEDAGOGIK MULOQOTDA O’QITUVCHI VA O’QUVCHI
O’RTASIDAGI PSIXOLOGIK TO’SIQLAR VA ULARNI BARTARAF QILISH
ZARURATI
Usmonova Mahmuda Nasibjonivna
Andijon viloyati Andijon tumani 30-umumta`lim maktabi psixologi
Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy
ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson
ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari va butun
o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari
kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat”
xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan
buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali
zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va
uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.
Ta`limni samarali tashkil etishda ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik
tamoyillarga asoslanganligi dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning asiosiy
masalasi ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta`minlash buir qator qonun va qarorlar
asosida belgilab berilgan. Shu asosda bolaning turli yosh davrlariga oid psixologik
taraqqiyoti xisobga olib ta’lim-tarbiyani tashkil qilishini taqozo qilmoqda.
Bu dolzarb vazifa barcha kasblarning onasi jamiyatda eng mo’tabar zot o’qituvchi
murabbiy shaxsi orqali amalga oshiriladi. Biroq o’qituvchi faoliyati davomida turli
muammolarga duch keladi. Ulardan biri pedagogik muloqotda o’qituvchi va o’quvchi
o’rtasidagi psixologik to’siqlardir.
Bular nimalar va ularni bartaraf qilish yo’llarini izlab toppish orqali ta’lim va
tarbiya sifatini yaxshilanishiga erishish mumkun.
Ma’lumki, pedogogik jarayon murakkab va turli xil vaziyatlarga boydir. Shunday
murakkab vaziyatlardan biri o’qituvchi fan asoslarini o’qitishi, o’zlashtirishi zarur,
o’quvchi esa o’qishi, o’zlashtirishi kerak. Mana shu “zarur”, “kerak” vaziyatlardagi
psixologik to’siqlarni asosiylari deb xisoblaymiz.
Bunda avvalo o’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro bir birini to’g’ri idrok etish,
tushunish yoki bir-birini qabul qila olish, olmaslik masalalarini qadryatlar tizimida
anglash mumkin, so’ngra anglab bo’lmaydigan xollarni kuzaatish, muloqot maromini
belgilay olmaslik, dunyoqarash va maqsadning mos kelmasligi xamda oxir oqibat shaxs
kamolot darajasi bilan bog’liq ko’pgina jixatlar ko’zga tashlanadi.
“Ta’lim to’g’risida qonun” har bir o’quvchidagi tashabbuskorlik , ijodiylik,
mustaqil fiklay olishlik o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotda to’siqlar
bo’lmasligi zaruratini taqazo qilib turibdi. Bu esa o’qituvchilar o’quvchisiga o’z fanini
fidoiylik bilan o’rtaga turib, shaxsiy namuna sifatida ularga fanni o’rganishiga qiziqish
uyg’otish yo’li bilan katta ta’sir ko’rsatadi.
Mavzuga oid fikr yuritgan D. Shabbozova “Umumiy ma’noda komunikativ
to’siq-bu pedogogik muloqot ishtirokchilari o’rtasidagi o’quv ma’lumotlarini to’g’ri
Do'stlaringiz bilan baham: |