Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
129
organizmi va ma’naviy dunyosini avaylab shakllantiruvchi kishi deb bilaman,”- deb
aytgan edi buyuk pedagoglardan biri V. Suxomlinskiy. O’qituvchi kelajak egalari
bo’lgan yoshlarni tarbiyalashdek mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli vazifani bajarar
ekan, u eng avvalo, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama rivojlanishiga e’tibor berishi
kerak.
Mantiqiy fikrlashga o’rgatish ma’lum bir darsda olib borilmaydi, balki har bir
dars ichida o’tkaziladi.Birinchi sinfda mashqlar asosan o’quvchining og’zaki nutqini
o’stirishga yordam beradi va fikrlashga undaydi.Ana shu fikrlash jarayonida mantiqiy
fikrlashga asta- sekin o’rgatib boriladi.Dars mavzusini o’quvchilar ongli ravishda
o’zlashtirib borsalar, keyingi bilimlarni egallashda turli xil qiyinchiliklarni kuchli
zo’riqishlarsiz yengib o’tadilar.Biz o’qitish jarayonni qanday tushunamiz? O’qitish
jarayoni- o’qituvchining va u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning- ularda aqliy
qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga
tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida –bilim, ko’nikma va malakalar tizimining
ongli hamda puxta o’zlashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi ishlarning majmuidir.
Maktabdagi o’qitish jarayoni qandaydir tasodifiy va ayniqsa, pedagogning
xususiy fikridan kelib chiqadigan narsa emas.O’qitish jarayoni bilish nazariyasi asosida
tarkib topadi va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni aks
ettiradi.O’quv jarayonining mohiyati o’quvchi bilish faoliyatining mantiqi bo’lib, u
birinchidan, bilish bizdagi bilimlarning yagona manbai bo’lmish amaliyotni
o’rganishdan boshlanishi va mavhum fikrlash asosida nazariy umumlashtirish
kerakligidan; ikkinchidan, bilish olingan bilimlarni nazariy umumlashtirishlarni
insondagi bilimlar haqiqatligining yagona ob’yektiv mezonlari sifatida ham xizmat
qiladigan amaliyotga taqqoslash zarurligidan kelib chiqadi.O’quv jarayoni bilish
jarayonining inson faoliyati sifatida psixologik- pedagogik jihatdan loyihalashga
asoslanishini va olingan bilimlarni amaliyotda qo’llashni albatta o’z ichiga olishi zarur.
Boshlang’ich sinf nomi bilan aytib turibdiki, o’quvchilarga barcha fanlarning
boshlang’ich
nuqtalari
o’rgatiladi.Aslida
mustahkam
poydevorga
g’isht
qo’yiladi.Mantiqiy fikrlash faqatgina katta sinf o’quvchilari uchun xos emas, balki,
boshlang’ich sinf o’quvchilarini ham o’z navbatida mantiqiy fikrlashga o’rgatib
boriladi.Masalan:O’qituvchi “Noto’g’ri jumla” degan metoddan foydalanib, ularni
qanday fikrlayotganini tekshirmoqchi, quyidagi jumlalarni o’qib beradi va
o’quvchilarga diqqat bilan tinglab, qaysi jumla mantiqan to’g’ri emasligini topish
vazifasi beriladi. “Bahor! Hammayoqni yam-yashil maysalar qoplagan.Daraxtlar oppoq
gulga burkangan.Tabiatda juda katta o’zgarishlar yuz bermoqda.Dehqonlar esa hosillarn
nes-nobutsiz yig’ishtirib olish uchun tinmay mehnat qilyaptilar.”O’quvchilar mantiqan
o’ylab, qaysi jumla noto’g’ri ekanligini topish bilan bir qatorda, nima uchun noto’g’ri
ekanligini aytib berishlari ham talab qilinadi.Bu metodikani o’tkazishdan asosiy
maqsad, bolalarni fikrlashga, diqqatini bir joyga to’plashga va e’tiborli bo’lib, mantiqan
fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.Agar o’quvchi fikrlashda adashsa, o’qituvchi unga
yo’llanma berib to’g’rilab turishi kerak.Uning fikrlarini xato deb qayirib tashlash
o’quvchiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Mаmlаkаtimiz Prеzidеnti I.Kаrimоv kelajak
avlodni mustaqil va mantiqiy fikrlashi, o’zining fikriga ega bo’lishi kerakligi haqida
quyidagi so’zlarida ta’kidlab o’tadi: “Dеmоkrаtik jаmiyatdа bоlаlаr, umumаn hаr bir
insоn mustаqil va mantiqiy fikrlаydigаn etib tаrbiyalаnаdi. Аgаr bоlаlаr mantiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |