Murakkab qirqimlar. Detalning chizmasida uning ichki ko‘rinishlarini
aniqlash maqsadida ikkita vа undan ortiq kesuvchi tekisliklardan foydalanishga
to‘g‘ri keladi (5.13 va 5.14-rasmlar). Bunday qirqimlar murakkab qirqimlar
deyiladi. 5.13-rasmda detal chizmasida V frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel
qilib olingan uchta tekislik bilan kesilmoqda. Bunday qirqimlarda tekisliklarning
buklangan joylari qirqimda tasvirlanmaydi va uchala tekislikdagi qirqimlar bitta
tekislikka keltirib shtrixlanadi. Shuning uchun detalning bosh ко ’rinishida qirqim
bitta tekislik orqali hosil bo‘layotgandek tuyuladi. Murakkab qirqimni 5.14-
rasmdagidek tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi.
Kesuvchi tekisliklardan birini V ga parallel, ikkinchisi V ga qiya qilib
joylashtirilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan qirqim siniq qirqim deyiladi (5.15-rasm).
Bunday hollarda V ga qiya vaziyatdagi tekislik va undagi kesim V ga parallel
bo‘lguncha aylantiriladi. Shunda ikkala tekislik bitta tekislikka o‘tadi va kesim
o‘zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Qiya kesuvchi tekkislikni aylantirish
jarayonida detal elementlari o‘z o‘rnilarini о’zgartirilmaydi (5.16-rasm).
5.13-rasm 5.14-rasm
5.15-rasm 5.16-rasm
95
Bu yerda silindr ustidagi to‘rtburchakli prizma tasvirda hech qanday
o‘zgarishsiz qoladi. Chunki tekislikdagi kesim V bilan fikran jipslashtriladi.
Kesimlar. Kesimlar ham qirqimlar kabi standartga muvofiq bajarilib,
kesuvchi tekislik bilan kesilib hosil qilinadi. Kesimda detalning faqat tekislik bilan
kesilgan joyining o‘zigina ko‘rsatiladi. Kesimlar chetga chiqarib ko‘rsatiladi yoki
bevosita ko‘rinishning o‘zi (usti)da tasvirlanadi. Chetga chiqarilib tasvirlargan
kesim konturi asosiy yo‘g‘on tutash chiziq bilan chiziladi (5.17-rasm, a). Bevosita
ko‘rinishning o‘zida tasvirlangan kesim konturi ingichka tutash chiziq bilan
chiziladi (5.17-rasm, b) va u ustiga chizilgan kesim deyiladi.
Tasvirlararo kesim konturi ham asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda chiziladi
(5.17-rasm, c). Kesim turidan qat’iy nazar unda simmetrik shakl hosil bo‘lsa,
kesuvchi tekislik izi uzuq chiziq ko‘rsatilmaydi (5.17-rasm, a, b, с). Lekin
chiqarilgan kesimda tekislik o‘rni, ya’ni izi shtrix-punktir chiziq bilan
almashtiriladi va kesim shu chiziqning davomida bajariladi (5.17-rasm, a).
5.17-rasm
Agar kesimda nosimmetrik shakl hosil bo‘lsa, chiqarilgan kesimda kesuvchi
tekislik izi uzuq chiziq detalning qaysi joyidan o‘tganligini ko‘rsatadi va kesim
ham bir xil yozuv bilan ta’minlanadi (5.18-rasm, a). Ustiga chizilgan va
tasvirlararo kesimda kesuvchi tekislik izi uzuq chiziq chizilib u belgilanmaydi
(5.18-rasm, b va c).
Kesuvchi tekislik aylanish sirti markaziy o‘qi orqali kesib o‘tsa, kesimda
aylanish sirti konturi to‘liq ko‘rsatiladi (5.19-rasm, a va b). Bitta detalga tegishli
bir nechta bir xil kesimlar uchun kesuvchi tekisliklar izi bir xil harflar bilan
belgilanadi va chiziladi (5.20-rasm).
96
5.18-rasm
5.19-rasm
5.20-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |