Chizmachilik


IV BOB. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

IV BOB. AKSONOMETRIK PROYEKSIYALAR 
 
6. Umumiy ma’lumotlar  


99 
 
Mashina detallarini yasashda shu detallarning ish chizmalaridan foydalaniladi. 
Lekin  ish  chizmasining  asosiy  kamchiligi  shundaki,  unda  detalning  ko‘rinishlari 
alohida-alohida tasvirlanadi. Shuning uchun, amalda, detalning ish chizmasi bilan 
birga  ularning  yaqqol  tasviri  ham  beriladi.  Yaqqol  tasviri,  ya’ni  aksonometrik 
proyeksiyasi yordamida berilgan ish chizmalari tez va osongina o‘qiladi. 
Ayniqsa,  ixtiro  qiliniayotgan  mashina  konstruksiyasi  chizmalarini  chizishda 
aksonometriya muhim ahamiyatga ega. 
Aksonometrik  tasvirlar  har  xil  bo‘ladi.  Lekin  ularning  ichida  ko‘proq 
qo‘llaniladigani parallel proyeksiyalar yordami bilan bajariladigan to‘g‘ri burchakli 
aksonometrik proyeksiyalardir, chunki ularni yasashda oddiy qonun va qoidalarga 
amal qilinadi. 
Aksonometriya grekcha so‘z
 
bo‘lib, “akson” – o‘q va “metreo” – o‘lchayman 
degan ma’noni anglatadi. 
Aksonometriya nazariyasi chizma geometriya fanida to‘liq ifoda qilingan. Biz 
bu yerda faqat konkret mashina detallari aksonometrik proyeksiyalarining yasalishi 
bilan tanishib chiqamiz. Biroq, mashina detallari sirtlardan, sirtlar esa chiziqlardan, 
chiziqlar  o‘z  navbatida  nuqtalardan  hosil  bo‘lganligi  tufayli,  bu  yerda 
aksonometrik  proyekslyalar  yasashni  nuqtaning  aksonometriyasini  qurishdan 
boshlaymiz. Masalan,  A  nuqta va uning  o‘zaro  perpendikular  joylashgan  H,  V,  W 
proyeksiyalar  tekisliklaridagi  ko‘rinishlari  (A

,  A

,  A

)ni  koordinata  o‘qlari  (Ox
Oy,  Oz)  bilan  birga  “s”  yo‘nalishda  P  tekisligiga  proyeksiyalasak,  aksonometrik 
tasvir hosil bo‘ladi (6.1-rasm). 
Bu  yerda  P  tekislik  aksonometriya  tekisligi,  o‘qlarning  O
1
x
1
,  O
1
y
1
,  O
1
z
1
 
ko‘rinishi  esa  aksonometriya  o‘qlari  deb  ataladi.  A  nuqtaning  P  tekisligidagi  A
1
 
tasviri nuqtaning aksonometrik proyeksiyasi deyiladi. 
Ox,  Oy,  Oz  o‘qlarning  har  biriga  biror  natural  (haqiqiy  kattalik)  masshtab 
birligiga  teng  Oe  kesma  o‘lchab  qo‘yib,  ularni  “s”  yo‘nalishda  P  aksonometriya 
tekisligiga proyeksiyalasak, ular O
1
e
x
 O
1
e
y
 O
1
e
z
 kesmalar tarzida tasvirlanadi. Bu 
O
1
e
x
,    O
1
e
y
,    O
1
e
z
  kesmalar  aksonometrik  masshtablar  deb  yuritiladi.  Bularning 
natural  masshtab  birligiga  nisbatlari 
e
e
,
e
e
,
e
e
z
y
x
  aksonometriya  o‘qlari  bo‘yicha 


100 
 
o‘zgarish  koeffitsientlari  deyiladi  O
1
e
x
  o‘q  bo‘yicha  o‘zgarish  koeffitsientini  m 
bilan,  O
1
e
y
  o‘q  bo‘yicha  o‘zgarish  koeffitsientini  n  bilan,  O
1
e
z
  o‘q  bo‘yicha  esa 
o‘zgarish  koeffitsientini  k  bilan  belgilaymiz.  U  vaqtda 
e
e
m
x


e
e
n
y


e
e
k
z

 
bo‘ladi.  
Aksonometrik 
proyeksiyalarda 
o‘zgarish  koeffitsientlari  o‘zaro  teng 
(m=n=k) 
bo‘lsa, 
bunday 
aksonometriya  izometrik  proyeksiya 
deyiladi.  Ikki  o‘zgarish  koeffitsienti 
o‘zaro 
teng 
bo‘lib, 
uchinchisi 
boshqacha  (masalan,  m=n

k  yoki 
m=k

n) bo‘lsa, bunday aksonometriya 
dimetrik  proyeksiya  deyiladi.  Agar 
o‘zgarish  koeffitsientlari  har  xil 
(m

n

k
bo‘lsa, 
bunday 
aksonometriya trimetrik proyeksiya deyiladi.  
s”  yo‘nalish  aksonometriya  tekisligiga  perpendikular  joylashgan  bo‘lsa, 
to‘g‘ri  burchakli  aksonometriya,  perpendikular  yo‘nalishda  joylashmagan  bo‘lsa, 
qiyshiq burchakli aksonometriya hosil bo‘ladi. 
To‘g‘ri  burchakli  aksonometriya  to‘g‘ri  burchakli  izometriya,  to‘g‘ri 
burchakli dimetriya va trimetriyalarni, qiyshiq burchakli aksonometriya esa qiyshiq 
burchakli  izometriya,  qiyshiq  burchakli  frontal  dimetriya  va  qiyshiq  burchakli 
trimetriyalarini o‘z ichiga oladi. 
Buyumlarning  aksonometrik  proyeksiyadagi  tasvirlarida  to‘g‘ri  burchakli 
proyeksiyasidagi tasvirlaridagidek o‘ziga xos xususuyatlari mavjud: 
1.  To‘g‘ri  chiziqning  aksonometrik  proyeksiyasi  to‘g‘ri  chiziq  yoki  nuqta 
bo‘lib tasvirlanadi. 
 
6.1-rasm 


101 
 
2.  Biror  AB  to‘g‘ri  chiziq  kesmasi  C  nuqta  bilan 
n
m
  nisbatda  bo‘linsa, 
aksonometrik  proyeksiyada  ham  o‘sha  nisbatda  bo‘linib  tasvirlanadi,  ya’ni 
n
m
BC
AC


3. O‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar aksonometrik proyeksiyalarda ham  o‘zaro 
parallel tasvirlanadi. 
4.  Aylana  aksonometrik  proyeksiyalar  tekisligida,  umumiy  holda,  ellips 
shaklida,  hususiy  hollarda  esa  o‘zining  haqiqiy  kattaligida,  ya’ni  aylana  yoki 
to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida tasvirlanadi. 
5. O
1
x
1
O
1
y
1
O
1
z
1
 lar shartli OxOyOz deb yuritiladi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish