Tekis shakllarning izometriyasini yasash. Kundalik turmushimizda uchrab
turadigan har qanday buyumlar geometrik sirtlardan tashkil topadi. Geometrik
jismning asoslari yoki yoqlari, umuman tekis shakllardan iborat bo‘ladi. Shunga
ko‘ra quyida kvadratning H, V, W tekisliklaridagi proyeksiyalarining
izometriyalarini yasashni ko‘rib chiqamiz.
Izometrik o‘qlarni chizib olib, to‘g‘ri burchakli proyeksiyadagi (7.4-rasm, a)
OA, OB, OC, OD kesmalarni O nuqtadan (7.5-rasm, b) Ox, Oy o‘qlari bo‘yicha
ikki tomonlama o‘lchab qo‘yamiz va Ox, Oy o‘qlariga parallel chiziqlar chizib,
o‘zaro kesishtiramiz. Kvadratning M, N uchlari Oz o‘qida kesishadi. E, F uchlari
esa Oz o‘qiga perpendikular o‘tgan chiziqda kesishadi. Demak, EF
MN, bu
yerda H tekisligiga parallel kvadratning izometriyasi hosil bo‘ladi. V tekisligiga
parallel kvadratning izometriyasini yasash uchun to‘g‘ri burchakli proyeksiyadagi
(7.4-rasm, a) OA, OB masofalarni Ox o‘qiga, OC, OD masofalarni esa Oz
izometrik proyeksiya o‘qlariga (7.5-rasm, b) o‘lchab qo‘yamiz. Keyin u
nuqtalardan (A, B, C, D) Ox va Oz larga parallel chiziqlar chizib, ularni o‘zaro
kesishtiramiz. Natijada MN
EF, Oy o‘qida EF uchlari va Oy o‘qiga perpendikular
chiziqda M, N uchlari kesishadi.
7.4-rasm, d da W tekisligiga parallel kvadratning izometrik proyeksiyasi
tasvirlangan. M, N uchlari Ox o‘qida, E, F uchlari Ox o‘qiga perpendikular
chiziqda kesishadi. Umumiy holda uchala (H, V, W) proyeksiya tekisligining
izometrik proyeksiyasi romb bo‘lib, xususiy hollarda to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak
yoki to‘g‘ri chiziq bo‘lib tasvirlanadi.
7.5-rasmda muntazam oltiburchakning to‘g‘ri burchakli proyeksiyasl bo‘yicha
uning H, V, W aksonometrik tekisliklaridagi izometriyasini yasash bosqichma-
bosqich to‘liq ko‘rsatilgan (7.5-rasm, b, c, d). Oltiburchakning 1 va 4 uchlari Ox va
Oy o‘qlarida yotadi. Lekin ularni 90
burchakka, Oz o‘qida yotishi niumkin. OA va
OB kesmalarni O dan H tekisligida Oy o‘qiga, V, W tekisliklarida Oz ga o‘lchab
qo‘yib, Ox ga (7.5-rasm, b, c) va Oy o‘qigalariga (7.5-rasm, c) parallel chizilib, A
104
dan 2 va 3, B dan 5 va 6 nuqtalarni olib qo‘yamiz hamda hosil qilingan nuqtalarni
o‘zaro tutashtiramiz.
7.4-rasm 7.5-rasm
Texnik detallarning aksonometrik proyeksiyalarini yasashda ham tekis
shakllarning aksonometriyasini yasashdagi usullardan foydalanamiz.
7.6-rasmda prizmatik detal (suxar)ning to‘g‘ri burchakli proyeksiyalari
berilgan bo‘lib, uning izometrik proyeksiyasini yasash uchun:
1. Chizishda qulaylik bo‘lishi uchun detalning ostki yoki ustki asosi tanlab
olinadi.
2. Detalning to‘g‘ri burchakli proyeksiyasida koordinata boshi va o‘qlari
tanlab olinadi hamda izometrik proyeksiya o‘qlari o‘tkazlladi. Masalan, detalning
ostki asosi uning izometriyasini yasash uchun asos qilib tanlandi.
7.7-rasm, a da detalning ostki asosining yasalishi ko‘rsatilgan. Prizmaning
asosi – oltiburchak 7.5-rasm, b dagidek bajarilib, oldingi qismi O dan (7.6-rasm)
O1 va O2 masofalar Ox o‘q bo‘yicha (7.7-rasm, a) o‘lchab qo‘yiladi. 1 nuqtadan
O
y
o‘qiga parallel chiziq chizib, uni 5,7 va 6,9 chiziqlar bilan kesishtiriladi. Hosil
bo‘lgan detalning asosidagi nuqtalardan yuqoriga Oz o‘qiga parallel vertikal
chiziqlar chizilib, 2A, 3B, 4C, … masofalarni to‘g‘ri burchakli proyeksiyadan
105
o‘lchab qo‘yamiz. O
1
markazli oltiburchak xuddi ostidagi O markazdagi
oltiburchak kabi yasaladi (7.7-rasm, b). Detal konturlari 7.7-rasm, c dagidek
yo‘g‘onlashtirilib, izometriyasi taxt qilinadi.
7.6-rasm 7.7-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |