Chizmachilik



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Taqrizchilar: 
A.N.Valiyev  -  Nizomiy nomidagi TDPU “Muhandislik grafikasi 
                             va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti 
O‘.N.Nurtoyev-    Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kolleji direktori  
 
S.S.Saydaliyev-  Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Chizma geometriya 
                      va kompyuterda loyihalash” kafedrasi mudiri dotsent, p.f.n. 
 
 
 
 



 
SO‘ZBOSHI 
 
2017-2021  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo‘nalishlari  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  “Yoshlarga  oid  davlat 
siyosatini  takomillashtirish,  jumladan  jismonan  sog‘lom,  ruhiy  va  intelektual 
rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  qat’iy  hayotiy  nuqtayi-nazariga  ega,  Vatanga 
sodiq  yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 
jamiyatini  rivojlantirish  jarayonida  ularning  ijtimoiy  faolligini  oshirish”  kabi 
vazifalar qo‘yildi
1

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  aytganlaridek 
“Albatta,  faqat  zamonaviy  bilim  va  kasb-hunarlarni  puxta  egallagan,  mustaqil 
fikrlaydigan,  doimo  el-yurt  taqdiriga  daxldorlik  tuyg‘usi  bilan  yashaydigan  siz, 
aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning  o‘zi oldimizga 
qo‘yayotgan  vazifalarni  hal  etishga  qodirsiz”
2
.  Yosh  avlodga  bildirilgan  bunday 
ishonchni  oqlaydigan  yoshlarni  tarbiyalab  voyaga  yetkazish  bugungi  kun 
ziyoliylarining oldidagi eng asosiy vazifa hisoblanadi.  
Shu  ma’noda  axborot  va  bilimlar  doirasi  tez  sur’atlar  bilan  kengayib 
borayotgan  hozirgi  sharoitda  chuqur  nazariy  va  amaliy  bilimlar  bilan  bir  qatorda 
tanlangan  sohasi  bo‘yicha  mustaqil  faoliyat  ko‘rsata  oladigan,  o‘z  bilimi  va 
malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda 
muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan 
mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. 
Texnika  taraqqiyotining  natijalari  bo‘lgan  yangi  buyum  va  mashinalar  bilan 
“tillasha”  oladigan,  zamonaviy  texnika  buyumlarini  va  qurilish  binolarining 
chizmalarini  tuza  oladigan  va  oʻqiy  biladigan  yosh  avlodni  tayyorlashda  ta’lim 
turlarida o‘qitiladigan chizmachilik fanining ham amaliy ahamiyati juda kattadir. 
Darslik  fanning  o‘quv  dasturida  belgilangan  quyidagi  bo‘limlarni  o‘z  ichiga 
olgan.  
                                                 
1
 http:strategy.regulation.gov.uz.  
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV 
qurultoyidagi nutqi. 



 
1-bo‘lim. Geometrik chizmachilik. 
2-bo‘lim. Proyeksion chizmachilik. 
3-bo‘lim. Mashinasozlik chizmachiligi.  
4-bo‘lim. Qurilish chizmachiligi. 
5-boʻlim. Topografik chizmachilik. 
Yuqoridagi bo‘limlar mazmunini ochib berish maqsadida fan o‘quv dasturida 
belgilangan  ma’ruza  va  amaliy  mashg‘ulotlar  uchun  nazariy  va  amaliy 
xarakterdagi  ma’lumotlar  batafsil  yoritilgan.  Ushbu  materiallar  asosida  talaba 
mustaqil ravishda model, detal, buyum va binolarning chizmalarini tuzishni va uni 
o‘qishni o‘zlashtiradi. Bundan tashqari yuqori natijaga erishish uchun talabaga turli 
grafik topshiriqlar berishni va uni mustaqil bajarishlarini ta’minlash lozim. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talabalar mustaqil ravishda shug‘ullansa va  o‘z 
ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur  o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning 
asosiy  bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  mustaqil  ta’lim  jarayonidagina  shakllanadi, 
mustaqil  faoliyat  ko‘rsatish  qobiliyati  rivojlanadi  va  ularda  ijodiy  ishlashga 
qiziqish paydo bo‘ladi. 
Shuning  uchun  talabalarning  mustaqil  ta’lim  olishlarini  rejalashtirish, tashkil 
qilish  va  barcha  zaruriy  shart-sharoitlarni  yaratish,  dars  mashg‘ulotlarida  ularni 
o‘qitish bilan  bir  qatorda  ularni  ko‘proq  o‘qishga  o‘rgatish,  bilim  olish  yo‘llarini 
ko‘rsatish,  mustaqil  ta’lim  olish  uchun  yo‘llanma  berish  yozilgan  o‘quv 
adabiyotlarining asosiy  vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Mazkur  darslikni  tayyorlashda  o‘z  maslahatlarini  ayamagan  ustozlarim 
I.Rahmonov,  A.Ashirboyev,  A.Valiyevlarga  samimiy  minnatdorchiligimni 
bildiraman. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish