sxemasi: 1 – qo‘zg‘almas stol; 2 – ag‘dariladigan kronshteyn;
3 – gidravlik ko‘targich; 4 – gidrosilindr
Ko‘p nuqtali payvandlash mashinalari bir nechta turga
ajratiladi. “Ochiq stol” turidagi payvandlash mashinasi ko‘p
avtomatik liniyalar tarkibiga kiradi. Bu turdagi mashinaning
qo‘zg‘almas stoli (1)ga (6.1-rasm) payvanlanadigan uzellar
o‘rnatiladi. Payvandlash pistoletlari va qisqichlari ag‘dariladigan
kronshteyn (2)larga o‘rnatiladi va payvandlanadigan uzellarga
gidrosilindr (4)lar yordamida uzatiladi. Tayyor detallarni stoldan
ajratib olish va konveyerga uzatish uchun mashina gidravlik
ko‘targich (3) bilan jihozlangan.