Mundarija
1.Kirish.
2.Payvandlanadigan konstruksiyaga va uning materiali tavsiflanadi.
3.Konstruksiyaning detallarini tayyorlash jarayoniga izoh berish.
4. Konstruksiyani payvandlash usulini tanlash va ta`riflash.
5. Payvandlash materiallarini tanlash va ularga tarif berish.
6. Payvandlash rejimini tanlash va hisoblash.
7. Pаyvаndlаsh jihоzini tаnlаsh.
8. Kоntаktli pаyvаndlаsh mаshinаsining elеktrоdlаrining turlari va joylashtirish tartibi.
9. Sanoat xavfsizligi.
10. Xulosa.
12dsdsdsublariiiariangan
Kirish
Barcha bosim bilan payvandlash jarayonlari ichida kontaktli payvandlash usuli eng ko‘p qo‘llaniladi, ya’ni payvandlashda foydalaniladigan uskunalarning deyarli 97 foizi ana shu usulning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bosim bilan kontaktli uchma-uch payvandlashni London qirollik jamiyatining a’zosi, Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy a’zosi ingliz fizigi E. Tompson birinchi bo‘lib 1877-yilda amalda qo‘lladi. 1887-yilda rus ixtirochisi N.N. Bernardes oddiy ombir yordamida ko‘mir elektrodlar orasida nuqtali payvandlashni ixtiro qilib, patent oldi. Birmuncha keyinroq, N.N. Bernardes tomonidan hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan mis elektrodlar bilan nuqtali va rolikli kontaktli payvandlash usuli ishlab chiqildi. 1903-yilda eritib kontaktli uchma-uch payvandlash ishlab chiqildi. Kontaktli payvandlash yigirmanchi asrning birinchi choragidayoq keng ko‘lamda qo‘llanila boshladi (ayniqsa AQSHda). Kontaktli payvandlashning MDH mamalakatlarida taraqqiy etishi kontaktli payvandlash mashinalari ishlab chiqarish rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Dastlabki kontaktli payvandlash mashinalari 1920-yilning oxirida „Elektrik“ zavodida ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik elektr payvandlash mashinasozligining bu turi anchagina rivojlandi, bu esa sanoatning birqator tarmoqlarida, ayniqsa, mashinasozlik, avtomobilsozlik, asbobsozlik va boshqa sohalarda kontaktli payvandlash keng qo‘llanila boshlashiga yordam berdi. A.A. Alekseyev, A.S. Gelman, K.A. Kochergin, E.D. Orlov, V.P.Nikitin va boshqa ko‘pgina ixtirochi konstruktorlarning ilmiy ishlari tufayli MDH mamlakatlarida kontaktli payvandlash mashinalarining barcha asosiy turlari ishlab chiqarilardi. Sobiq ittifoqdagi GAZ zavodi va Lixachev nomidagi Moskva avtomobil zavodi kontaktli nuqtali va uchma-uch payvandlash usuli keng ko‘lamda qo‘llanilishining kashshoflari sanaladi. O‘zbekistonda kontaktli payvandlash Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va „UzDEUavto“ avtomobilsozlik zavodida keng qo‘llanilmoqda.
Bosim bilan payvandlashda tanavorlar (zagotovkalar)ni biriktirishga biriktiriladigan yuzalarini tashqi kuch qo‘yish hisobiga birgalikda plastik deformatsiyalash yo‘li bilan erishiladi. Bunda biriktirish joyidagi material, qoidaga ko‘ra, plastikligini oshirish maqsadida qizdiriladi. Deformatsiyalash jarayonida notekisliklar eziladi, oksid pardalari yemiriladi, natijada toza yuzalarning tegish kontakti kattalashadi. Atomlararo bog‘lanishlarning yuzaga kelishi detallarning mustahkam birlashishiga olib keladi. Materiallarni payvandlash deb, ularni atomlarning o‘zaro ta’sirlashish kuchlari hisobiga biriktirish jarayoniga aytiladi. Ma’lumki, metall detallarning sirtqi atomlari to‘yinmagan erkin bog‘larga ega bo‘ladi, bu bog‘lar atomlararo kuchlar ta’sir qiluvchi masofada yaqinlashgan turli atomlar yoki molekulalarni qamrab oladi. Agar ikkita metall detallarning yuzalari atomlararo kuchlarning metall ichida turadigan masofada yaqinlashtirilsa, ular (yuzalar) tegish yuzasida birlashib yaxlit bir narsaga aylanadi, uning mustahkamligi yaxlit metallning mustahkamligi bilan barobar bo‘ladi. Birikish jarayoni energiya sarflanmasdan va juda tez, deyarli bir zumda o‘z-o‘zidan yuz beradi. Oddiy metallar xona haroratida nafaqat bir-biriga oddiy tekkizilganda, hatto katta kuch bilan bosilganda ham o‘zaro birikmaydi. Qattiq metallarning birikishiga, eng avvalo, ularning qattiqligi halaqit beradi, ular yaqinlashtirilganda rosmana tegish (kontakt), ularga qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, faqat bir necha nuqtada sodir bo‘ladi. Birikish jarayoniga metallar sirtidagi iflosliklar — oksidlar, yog‘ pardalari va boshqalar, shuningdek gazlar molekulalarining singigan qatlamlari kuchli ta’sir qiladi. Sirtning tozaligini faqat yuqori vakuum sharoitida (kamida 1—108 mm simob ustunida) birmuncha uzoq muddat saqlab turish mumkin. Mazkur qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun payvandlashda qizdirish va bosimdan foydalaniladi. Qizdirilganda harorati ko‘tarilishi bilan metall plastik bo‘lib qoladi. Haroratni yanada ko‘tarish orqali metallning erishiga erishish mumkin. By holda suyuq metallning hajmlari umumiy payvandlash vannasiga o‘zo‘zidan birlashadi. Biriktiriladigan qismlarga beriladigan bosim metallning anchagina plastik deformatsiyalanishini yuzaga keltiradi va u suyuqlik kabi oqa boshlaydi. Metall ajralish yuzasi bo‘ylab siljib o‘zi bilan iflosliklar, pardalar 5 va singigan gazlar bo‘lgan sirtqi qatlamni olib ketadi. Yuzaga chiqib qolayotgan yangi qatlamlar bir-biriga zich tegadi va yaxlit bir narsani hosil qiladi. Payvandlash usuliga qarab metallda plastik deformatsiya yoki erish jarayonlari sodir bo‘lib, eritmalar, kimyoviy birikmalar, suyuq holatdan kristallanish jarayonlari va boshqa hodisalar yuz beradi.
Nuqtali payvandlash kontaktli payvandlashning bir usuli bo‘lib, bunda detallar chegaralangan alohida tegish joylari bo‘yicha (nuqtalar qatori bo‘yicha) payvandlanadi. Nuqtali payvandlashda detallar ustma-ust yig‘ilib, elektr toki manbayi (masalan, payvandlash transformatori) ulangan elektrodlar yordamida F pay kuchi bilan siqiladi. Qisqa muddati payvandlash toki I pay o‘tganda detallar ularning o‘zaro erish zonasi paydo bo‘lguncha qiziydi. Bu zona o‘zak (yadro) deb ataladi. Payvandlash joyi (zonasi) qiziganda detallarning bir-biriga tegish joyida (o‘zak atrofida) metall plastik deformatsiyalanadi. Bu joyda zichlovchi belbog‘ hosil bo‘lib, u suyuq metallni chayqalib to‘kilishdan va atrof havosidan ishonchli tarzda himoyalaydi. Shu bois payvandlash joyini maxsus himoyalash talab qilinmaydi. Tok uzib qo‘yilgandan so‘ng, o‘zakning erigan metali tez kristallanadi va biriktirilayotgan detallar orasida metall bog‘lanishlar vujudga keladi. Shunday qilib, nuqtali payvandlashda detallarning birikishi metallning erishi bilan sodir bo‘ladi. Nuqtali payvandlashda detallar 50 Hz sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok impulslari bilan, shuningdek o‘zgarmas yoki unipolyar tok impulslari bilan qizdiriladi. Nuqtali payvandlashda payvand chok to‘rt bosqichda hosil bo‘ladi. B i r i n c h i tayyorgarlik (siqish) bosqichida payvandlanadigan 14 yuzalar muayyan kuch ta’sirida bir-biriga tegadi. Tegish joylaridagi mikronotekisliklar deformatsiyalanadi va oksid pardalari yemiriladi. Tegish qarshiliklari kamayadi va barqarorlashadi, birikma payvandlash tokini ulashga tayyorlanadi. Ikkinchi bosqich payvandlash toki ulangan paytdan boshlanib, quyma o‘zakning eriy boshlashi bilan nihoyasiga yetadi. Mazkur bosqich vaqtida metall qiziydi va birikish joyida kengayadi. Metall qizishi bilan plastik deformatsiyalar ortadi, bu deformatsiyalar ta’sirida metall tirqishga siqib chiqariladi va belbog‘ hosil bo‘lib, u o‘zakni zichlaydi. Uchinchi bosqich erigan zona paydo bo‘lishidan va uning quyma o‘zakning nominal diametrigacha kattalashishidan boshlanadi. Bu bosqichda oksid pardalari bo‘linib va yemirilib, o‘zakning erigan metalida aralashadi. Elektr-dinamik kuchlarning ta’sir ko‘rsatishi ushbu jarayonga yordam beradi va suyuq metall jadal aralashishiga hamda turli xil metallarni payvandlashda o‘zakning tarkibi tekislanishiga olib keladi. Bunday aralashishida oksid pardalar va iflosliklarning erimaydigan zarralari erigan metall chetida to‘planadi. T o ‘ r t i n c h i b o s q i c h tok uzib qo‘yilgan paytdan boshlanadi. Ushbu bosqich vaqtida metall soviydi va kristallanadi hamda payvandlash joyi cho‘kichlanadi