3
KIRISH
Respublikamizda avtomobilsozlik tarmog‘i yuksak sur’atlar
bilan rivojlanib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida tarmoqda ko‘plab
qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda 40
qa yaqin
loyihalar asosida ehtiyot qismlar va boshqa materiallar ishlab
chiqaruvchi mahalliy kor xonalar ishga tushirildi. Hozirgi kunda
avtomobillarning elektronika asboblari, o‘rindiqlar, bamperlar,
uskunalar
panellari, tovush so‘ndirgich lar, ichki bezak
detallari, yoqilg‘i baklari, avtomobil emallari va bo‘yoqlari ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda butlovchi qismlarning
lokalizatsiyasi 55 % dan ortdi.
1999-yilda respublikada ikkinchi
avtomobil zavodi ishga
tushirildi. Bu korxonada kichik sig‘imdagi avtobuslar, turli
vaznda yuk ko‘tarish qobilyatiga ega bo‘lgan yuk va maxsus
avtomobillar ishlab chiqaril moqda.
Yengil avtomobil va avtobuslar kuzovini ishlab chiqarish
tannarxi jami avtomobilni ishlab chiqarishga sarflanadigan
xarajatlarning 38-52 foizini tashkil qiladi. Shuning uchun
yangi
avtomobil deyilganda, birinchi navbatda yangi kuzov
tushuniladi. Yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda
kuzov ishlab chiqarish ishlari rejalashtiriladi.
Yengil avtomobil va avtobus kuzovlari,
yuk avtomobillarning
kabinalari, haydovchi va yo‘lovchilarni shamol, chang, qor-
yomg‘ir, sovuqdan saqlaydi, shuning uchun ularga
yuqori
talablar qo‘yiladi. Qanotlar, kapot, yuk bo‘linmasi qobig‘i,
bamperlar ham kuzov tarkibiga kiritiladi.
Avtomobil komponovkasi,
kuzovning shakli va
konstruksiyasi avtomobilning texnik xarakteristikalariga
4
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan, uning komfortabelligi,
xavfsizligi va chidamliligi (uzoq muddat ishlashi) yuqori
darajada ta’minlangan bo‘lishi lozim. Kuzovning ishdan
chiqishi, bu avtomobilni ishdan chiqishidir.
Avtomobil va avtobus kuzovi,
yuk avtomobilining kabinasi
chiroyli bo‘lishi, aerodinamik qarshiligi minimal bo‘lishi,
haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi
kerak. Yengil avtomobil va avtobus kuzovi kichik bukrilikka
ega, katta o‘lchamli va murakkab shaklli detallardan yig‘iladi.
Kuzovni sifatli qilib ishlab chiqarish uchun bir qator tadbirlar
amalga osh iriladi: ishlab chiqarish
tizimini tashkil qilish,
kuzovni loyihalash, shtamplar, yig‘ish-payvandlash va nazorat
jihozlarini tayyorlash shular jumlasidandir. Ushbu o‘quv
qo‘llanmada avtomobilning kuzov
va ramalarini tayyorlash
texnologiyasining muhim bosqichlari keng yoritilgan.
Shuningdek, kuzovlarni tayyorlashda ishlatiladigan yengil
qotishmalar va materiallarning tasnifi hamda avtomatik qatorda
yig‘ish-payvandlash ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar
berilgan. O‘quv qo‘llanma to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini
bildirgan kitobxonlarga mualliflar minnatdorchilik bildiradilar.