6
va rama detallarini shtamplash, kuzovlarni yig‘ish-
payvandlash,
bo‘yash va b.)
Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayonining bir
qismi bo‘lib, mahsulotning holat o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan
operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lgan ishlarni bajarish
ketma-ketligini belgilaydi. Texnologik jarayon mexanik ishlov
berish, termik ishlov berish, payvandlash, yig‘ish va shunga
o‘xshash texnologik usullarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Texnologik jihoz deb, shunday ishlab chiqrish vositalariga
aytiladiki, masalan metall qirqish stanoklari, payvandlash-
yig‘ish avtomatlari va boshqalar, ularga berilgan texnologik
jarayonda tayyorlash uchun mo‘ljallangan obyektlar,
shuningdek, texnologik uskunalar joylashtiriladi.
Texnologik uskuna – texnologik jihozlash vositalari. Ular
xomakilarni o‘rnatish va mahkamlash
yoki ularga ishlov berish,
tashish va boshqa ishlar uchun mo‘ljallangan to‘ldiruvchi
jihozlardir. Moslamaga patron, qisqich, press qolip kabilar,
asboblarga - keskich, parma, freza, protyajka, shtamp (xomaki
shaklini o‘zgartiruvchi asboblar), o‘lchash asboblari va
hokazolar kiradi.
Ish o‘rni – korxona tuzilmasining eng oddiy birligi bo‘lib,
bu yerga ishlarni bajaruvchilar, ular xizmat ko‘rsatadigan ishlab
chiqarish hamda transport jihozlari va mehnat buyumlari joylash
tiriladi.
Xomaki – ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, shakli, o‘lchami,
yuza g‘adir-budirliklarini, material xususiyatlarini o‘zgartirish
yo‘li bilan detalga aylantiriladigan obyekt.
Detal – bir xil materialdan yig‘ish
operatsiyalarini
qo‘llamasdan tayyorlangan mahsulot. Bir bo‘lak metalldan
tayyorlangan val, kuzov eshigining tashqi paneli, quyma korpus
detallari shular jumlasidandir.
7
Yig‘ma birlik – tashkil etuvchi elemetnlar yig‘ilishi
natijasida hosil qilingan mahsulot (kuzovning eshigi, porshen
halqalari bilan birga va h.k.).
Texnologik operatsiya – texnologik jarayonning tugal
qismi bo‘lib, bir ish o‘rnida bajariladi.
Dastgohda qirqib ishlov
berishda operatsiya ishchining dastgohni boshqarish bo‘yicha,
jihoz harakatlarining detalni dastgohdan yechishgacha bo‘lgan
oraliqdagi barcha ishlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Masalan,
valning ikki chet qismlari bo‘yicha silindrik yuzalariga ishlov
berish bitta yoki ikkita operatsiya bilan amalga oshirilishi
mumkin. Detalni bir dastgohda, oldin bir tomoni bo‘yicha,
so‘ngra ikkinchi tomoni bo‘yicha ishlov berilsa, bu bitta
operatsiya hisoblanadi. Agar detalning bir tomoniga birinchi
dastgohda, ikkinchi tomoniga ikkinchi dastgohda ishlov berilsa,
bu ikkita operatsiya bo‘ladi.
Оperatsiyalar tashkil qilinishiga qarab, differensiallashgan
va konsentratsiyalashgan bo‘lishi mumkin.
Texnologik operatsiya o‘z navbatida o‘tish, o‘rnatish,
pozitsiya (holat), yurish va boshqa elementlardan tashkil topadi.
Bu elementlarning operatsiyadagi son miqdori va o‘zaro
nisbat
ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan texnologik jarayonning texnik-
iqtisodiy samaradorligini belgilab beradi.
O‘tish deb, o‘zgarmas texnologik rejimlarda va qurilmada
ayni bitta asbob bilan bajariladigan operatsiyaning qismiga
aytiladi. Ba’zi hollarda o‘tishlar o‘tib olishlarga bo‘linadi, ya’ni
ayni bitta sirtda, asbob o‘zgartirilmagan holda bir necha bor
takror ishlanadi.
Kuzov, kabina va rama detallarini shtamplashda o‘tish
operatsiyani tugallangan qismini tashkil qiladi va tnavor yoki
detalning geometrik shaklini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan
bo‘ladi. Yupqa tunukali listdan detalni tayyorlash jarayonida
xomaki turli usullarda deformatsiyalanadi (cho‘zib shakl
8
berish,
qirqib olish, teshik ochish, detalda gardish hosil qilish
va b.). Agar operatsiyada yuqorida keltirilgan deformatsiyalash
turlaridan biri bajarilsa, operatsiya bitta o‘tishdan iborat bo‘ladi.
Kuzovlarni ishlab chiqarishda detalni bir nechta alohida
operatsiyalar yordamida tayyorlash (operatsiya bitta o‘tishdan
iborat bo‘lsa) iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib keladi.
Shuning uchun bitta operatsiya jarayonida detallar ikkita yoki
bir nechta o‘tishlar birlashtirilgan shtamplarda tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: